www.ziyouz.com kutubxonasi
26
anjomlariga toyilib ketib, hovli egalariga «Bu anjomlar nima uchun yo‘lga tashlab
qo‘yilgan, nima uchun joyiga qo‘yilmagan?» deydi. Hovli egalari unga javoban
«Anjomlarning hammasi o‘z o‘rnida, lekin sen ko‘rliging uchun to‘g‘ri yo‘ldan
yurmayapsan, toyilishingni ko‘rligingdan ko‘rmasdan birovlarning kamchiligiga burishing
ajablanarli ishdir», deyishadi. Bu zikr qilgan narsalarimiz diniy ilmlarning aqliy ilmlarga
munosibligidir.
Aqliy ilmlar dunyoviy va uxroviyga bo‘linadi.
Dunyoviy ilm tabiblik, hisob, muhandislik, munajjimlik va boshqa sanoat hamda
hunarmandchilik ilmlaridan iborat. Uxroviysi esa «Ilm kitobi»da batafsil bayon
qilganimizdek, qalb holatlarini, amallarning ofatlarini, Alloh taoloni sifatlari va af’ollari
bilan bilishdir. Bu ikkisi, ya’ni dunyoviy va uxroviy ilm bir-biriga muvofiq kelmaydigan
ilmdir. Ya’ni, qay bir kishi himmatini bularning biriga sarflab, unga chuqur kirishib
ketadigan bo‘lsa, aksar holatda ikkinchisiga qalb ko‘zi bilan qarashdan ojiz bo‘ladi.
Shuning uchun Ali roziyallohu anhu dunyo va oxiratga uchta misol keltirganlar: «U ikkisi
tarozining ikki pallasiga o‘xshaydi. (Birini og‘irlatsangiz, ikkinchi yengillashadi.) Mashriq
va mag‘ribga o‘xshaydi. (Biriga yaqinlashsangiz, ikkinchisidan uzoqlashasiz.) Yana ikki
kundoshga o‘xshaydi. (Birini rozi qilsangiz, ikkinchisi xafa bo‘ladi)». Shu sababli dunyo
ishlari to‘g‘risida, ya’ni tabobat, hisob, muhandislik va falsafada o‘ta dono bo‘lgan
kishilarning din ishlarida johil ekanliklarini va aksincha, oxirat ilmlarining nozik
nuqtalarigacha xabardor bo‘lgan olimlarning dunyoviy ilmlarning ko‘pidan
bexabarliklarini ko‘rasiz. Chunki aqlning quvvati ko‘p holatlarda ikkalasini birgalikda
egallashga yetmaydi. Albatta ularning biri (bilan chuqur mashg‘ul bo‘lish) ikkinchisining
mukammal bo‘lishidan to‘sib qo‘yadi va shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Jannat ahlining ko‘plari sodda kishilar bo‘ladi», deganlar (Bazzor rivoyat
qilgan va zaif, degan). Ya’ni, dunyo ishlari to‘g‘risidagi soddalik nazarda tutilyapti.
Hasan Basriy rahmatullohi alayh ba’zi ma’ruzalarida aytgan ekanlar: «Agar sizlar biz
ko‘rgan zotlarni ko‘rganingizda albatta ular jinni bo‘lsalar kerak, der edingiz va agar u
zotlar sizlarni ko‘rganlarida bular shaytonlar bo‘lsa kerak, deyishardi». Siz qachon din
ishlaridan boshqa ilmlarda dono kishilar inkor qilgan ajoyib hodisalarni eshitganingizda
bularning inkor etib, haqiqatni qabul qilmasliklari sizni aldab qo‘ymasin. Zero, mashriq
tomonga qarab yo‘l bosib ketayotgan kishi mag‘rib tomonda topiladigan narsalarga ega
bo‘lmog‘i mumkin emas. Dunyo va oxirat ishlari ham xuddi shu kabi joriy bo‘ladi.
Shuning uchun ham Alloh taolo quyidagi oyatida aytadiki:
Do'stlaringiz bilan baham: |