Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Download 458,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/182
Sana29.07.2021
Hajmi458,82 Kb.
#132329
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   182
Bog'liq
Imom G'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
Bunga Alloh taoloning kalomida ham ishora bor: 
 
«Albatta Biz bu omonatni (ya’ni, shariati Islomiyyadagi toat-ibodatlarni) 
osmonlarga, yerga va tog‘u toshlarga ko‘ndalang qilgan edik, ular uni 
ko‘tarishdan bosh tortdilar va undan qo‘rqdilar, inson esa uni o‘z zimmasiga 
oldi» (Ahzob surasi, 72-oyat). 
 
Alloh taoloning bu so‘zida albatta insonda osmonlardan, yerdan va tog‘lardan ajrab 
turadigan xususiyat borligiga ishora bor. Ana shu xususiyat bilan u Alloh taoloning 
omonatini ko‘tarishga toqati yeta oladigan bo‘ldi. U omonat esa ma’rifat va tavhiddir. 
Har bir odamning qalbi aslida omonatni ko‘tarishga tayyor va toqati yetadigan bo‘ladi. 
Lekin yuqorida zikr qilingan sabablar uni qiyinchiliklarni ko‘tarishdan va uning haqiqatiga 
yetishdan to‘xtatib qoladi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: 
«Har bir tug‘ilgan go‘dak Islom fitratida tug‘iladi. Ammo ota-onalari uni yahudiy, nasoro 
va majusiy qilib qo‘yadilar» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamning «Agar shaytonlar odam farzandlari qalblari atrofida aylanib 
yurmaganlarida osmon podshohligiga qarardilar», degan gaplari ham qalblar bilan molik 
o‘rtasida parda bo‘lib qoladigan ba’zi sabablarga ishoradir (Imom Ahmad rivoyati). 
Bunga Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda ishora bordir. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallamdan «Ey Rasululloh, Alloh qaerda, yerdami yoki osmondami?» 
deb so‘ralganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh mo‘min bandalarning 
qalblarida», dedilar (Tabaroniy boshqa lafz bilan rivoyat qilgan). Yana bir xabarda 
kelishicha, Alloh taolo aytadi: «Meni yerim, osmonim ham o‘ziga sig‘dirolmadi. Meni 
yumshoq, beozor mo‘min bandamning qalbi sig‘dira oldi» (asli yo‘q hadis). Yana bir 
xabarda kelishicha, «Ey Rasululloh, insonlarning yaxshisi kim?» deyildi. Shunda 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir qalbi maxmum mo‘mindir», dedilar. Yana: 
«Qalbi maxmum nima degani?» deb so‘raldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Aldoqchiligi, zulmi, xiyonati, kin va hasadi bo‘lmagan, pokiza, taqvodor kishidir», 
dedilar (sanadi sahih). Shuning uchun Umar roziyallohu anhu: «Qalbim Robbimni 
ko‘rdi», dedilar. Zero, u kishi taqvo tufayli hijobni o‘rtadan ko‘targandilar. 
 
Kim qalbi bilan Alloh o‘rtasidagi hijobni ko‘tarsa, qalbida molik surati ravshan bo‘ladi. 
Ba’zilar kengligi yeru osmonlarchalik bo‘lgan jannatni ko‘radi. Ammo jannatning kengligi 
yer va osmonlardan ham katta, chunki yer va osmonlar mulk va shahodat olamidan 
iboratdir. Mulk va shahodat olami garchi atroflari keng, tomonlari bir-biridan uzoq bo‘lsa 
ham, lekin hammasi nihoyalanuvchidir. Malakut olami esa ko‘zlar ko‘ra olishidan pinhon 
sirli bir olamdir. Uni faqat qalb ko‘zlarigina idrok eta oladi. U olamning nihoyasi ham 
yo‘q. To‘g‘ri, shunday narsa borki, qalb uchun uning nihoyalanuvchi miqdori bo‘lib 
tuyuladi. Lekin bu qalbning o‘zigadir. Alloh taoloning ilmiga nisbatan uning nihoyasi 
yo‘qdir. Mulk va malakut olamining hammasi bir daf’ada olingan vaqtda rububiyati 
ilohiyya, deb nomlanadi. Chunki rububiyati ilohiyya mavjudotlarni ihota qilguvchidir. 
Zero, borliq ichida Alloh taolo va Uning af’olidan boshqa narsa yo‘qdir. Alloh mamlakati 
(ya’ni, mulklari) va Uning bandalari O’zining af’olidandir. 
 
Bu narsalardan qalbga ravshan bo‘lganlari esa bir qavm uchun jannatning o‘zginasidir va 
haqiqat ahllariga esa bu narsa jannatga mustahiq bo‘lishlarining sababidir. Ularning 
jannatdagi mulklarining kengligi ma’rifatlarining kengligi va Alloh taolodan, Uning 
sifatlaridan, af’ollaridan unga ravshan bo‘lgan miqdoriga binoan bo‘ladi. Albatta 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
 
 

Download 458,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish