www.ziyouz.com kutubxonasi
112
do‘stlardan shubhasiz unga o‘tadi. Bolalarga odob berishning asli ham uni yomon
do‘stlardan saqlashdir.
Yana muallimi urgan vaqtda ovozini ko‘tarib baqirmasligi lozim. Kaltak yeganida bir
kishidan yordam so‘ramaydi. Balki sabr qiladi. Ana shu holat erkak va botirlarning
odatlaridan, deb eslatib turiladi. Ko‘p baqirish esa qullarning va ayollarning odatidir,
deyiladi.
Unga maktabdan qaytganidan so‘ng hordiq chiqarish uchun charchaydigan darajada
emas, balki chiroyli holda o‘ynashga ruxsat berishi lozim. Chunki o‘yindan man qilish va
doimiy o‘qishga majburlash uning qalbini o‘ldirib qo‘yadi, zakovatini yo‘q qiladi, umrini
zaharlaydi. Keyin bola undan butkul qutulish chorasini axtarib qoladi.
Ota-onasiga, muallimiga, odob o‘rgatuvchiga, o‘zidan katta yoshdagi kishilarga, xoh
qarindosh bo‘lsin, xoh yot bo‘lsin, itoat qilishni, ularga ehtirom va ta’zim ko‘zi bilan
qarashni, oldilarida o‘ynashni tark qilishni o‘rgatish lozim. Oq-qorani ajratish yoshiga
yetganda namozni va tahoratni tark qilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Ramazon oyining
ba’zi kunlarida ro‘za tutishga buyurish, ipak liboslardan va tilladan uzoq qilish,
shariatdan unga kerakli har bir narsani o‘rgatish, o‘g‘rilik, harom yeyish, xiyonat,
yolg‘onchilik, fahsh va bolalarga qiziq tuyulgan har bir yomon ishlardan qo‘rqitish lozim.
Agar uning ulg‘ayishi mana shunday tarzda bo‘lsa, balog‘at yoshiga yaqinlashganida bu
ishlarning sirini bilishga qodir bo‘ladi.
Unga taomlar bir doriga o‘xshaydi, ular insonlarning Alloh azza va jallaga toat qilishga
quvvatli bo‘lishida yordamchi, xolos, deb aytib turiladi. Yana dunyoning asli yo‘q, zero u
doimiy emas, o‘lim uning ne’matlarini to‘xtatadi va dunyo doimiy qarorgoh emas, balki
o‘tkinchi diyordir, oxirat esa o‘tkinchi diyor emas, balki doimiy qarorgohdir, o‘lim har bir
soatda kutiladi, aqlli va dono kishi oxirat uchun dunyoda tayyorgarlik ko‘rgan kishidir,
hatto uning Alloh taolo huzurida darajasi ulug‘ va jannatdagi ne’matlari ko‘p bo‘ladi, deb
ta’kidlanadi.
Bolaning ulg‘ayishi yaxshi bo‘lsa, balog‘atga yetgan vaqtda bu so‘zlar unga ta’sir
qiluvchi, foydali, qalbida go‘yo toshga naqsh o‘rnashganday mustahkam joy oladi. Agar
bolaning ulg‘ayishi buning aksi bo‘lib, u o‘yin, yomonlik, behayolik, taom va libos
ochko‘zligi, ziynat, faxrlanishga (maqtanchoqlikka) o‘rganib qolsa, uning qalbi haqiqatni
qabul qilishdan devorning tuproqdan uzoqligiga o‘xshash uzoqlashib ketadi. Ishlarning
eng muhimi tarbiyaga e’tibor berishdir, chunki bola fitratan yaxshilik va yomonliklarni
baravar qabul qiluvchi etib yaratilgandir. Albatta ota-onalari uni ikki tarafning biriga
moyil qilishadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Har bir go‘dak fitratda
tug‘iladi. Ota-onasi uni yo yahudiy, yo nasoro, yo majusiy qilib qo‘yishadi» (Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Sahl ibn Abdulloh Tustariy aytadilar: «Uch yoshligimda kechasi turar edim va tog‘am
Muhammad ibn Sivorning namozlariga qarab turardim. Bir kuni menga «Seni yaratgan
Allohni eslaysanmi?» dedilar. Men: «Uni qanday eslayman?» dedim. Shunda u kishi:
«Ko‘rpangga yotayotgan vaqtingda tilingni qimirlatmasdan uch marta qalbing bilan
«Alloh men bilan birga, Alloh menga qarab turuvchi, Alloh meni ko‘rib turuvchi», degin»,
dedilar. Ana shuni bir necha kun aytdim, so‘ngra u kishiga buni izhor qildim. Menga
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |