www.ziyouz.com kutubxonasi
90
sodir bo‘lsa, keyinchalik esa unda qiyinchiliksiz, tabiatan sodir bo‘ladi. Uning xatini
chiroyli qilgan narsa ham chiroyli yozishning o‘zi bo‘ladi. Lekin avvalda o‘zini majburlash
bo‘lsa ham, undan qalbga bir ta’sir ko‘tariladi. Keyin esa qalbdan a’zolarga tushadi.
Natijada husnixatni tabiatan yozadigan bo‘ladi.
Shuningdek, qaysi bir odam tasavvuf ahliga aylanishni xohlasa, unga faqihlarning, ya’ni
tasavvuf ahllarining fiqh ilmini takror qilish bilan tasavvuf ilmining sifati qalbiga
o‘tgunicha shug‘ullanishdan boshqa yo‘l yo‘q. Shunda ahli tasavvufga aylanadi.
Shuningdek, saxiy, nafsi pok, halim, kamtar insonga aylanishni xohlagan kishiga ham
mashaqqatni bo‘yniga olib, shunday sifati insonlarning ishlari bilan to o‘sha sifatlar
o‘zining tabiatiga aylangunicha shug‘ullanishi lozim bo‘ladi. Unga bundan boshqa
muolaja yo‘q. Mutasavviflikni talab qiluvchi kishi bir kecha sustkashligi bilan bu
martabaga yetishdan umidini uzmaydi va bir kecha takror qilishi bilan ham erishib
bo‘lmaydi. Shuningdek, nafsini tarbiyalashni, uni mukammal qilishni va chiroyli amallar
bilan ziynatlashni talab qilayotgan kishi ham bir kungi ibodati bilan unga yetolmaydi yoki
bir kun qilmaslik bilan undan mahrum ham bo‘lib qolmaydi. Bu esa «Albatta bitta katta
gunoh abadiy badbaxtlikni vojib qilmaydi, lekin bir kungi sustkashlik esa yana boshqa
sustkashliklarni chaqiradi. So‘ngra sekin-sekin bir-birini taklif qilib, nafs dangasalikka
o‘rganadi, ustiga-ustak ilm tahsilini tark qiladi va undan tasavvuflik fazilati yo‘qoladi»,
degan gapimizning ma’nosidir.
Kichkina osiyliklar ham xuddi shu kabi ba’zisi ba’zisini o‘ziga tortadi. Hatto umr
tugayotgan vaqtda iymon negizi buzilishi bilan abadiy saodatning ham negizi yo‘q
bo‘ladi. Mutasavvif bo‘lishda bir kecha takror qilishning ta’siri sezilmaydi. Balki
badanning o‘sishiga va qomatning ko‘tarilishiga o‘xshab ozgina-ozgina, darajama-daraja
zohir bo‘ladi.
Shuningdek, nafsni tabiyalash va poklash to‘g‘risida bir marta qilingan toatning ta’siri
o‘sha zahoti sezilmaydi. Lekin toatning ozini ham yengil sanamaslik kerak. Chunki ana
shu ozginalardan jamlanib ko‘paygan toat ta’sirchan bo‘ladi. Ko‘paygan toatlar ham
bitta-bittadan bo‘lib jamlangan. Bulardan har birining ta’siri bor. Qanday toat bo‘lmasin,
maxfiy bo‘lmasa ham, uning ta’siri, shubhasiz, savobi ham bor, chunki beriladigan savob
ta’sirning barobariga bo‘ladi.
Gunoh ham xuddi shundaydir. Qanchadan-qancha mutasavvif kishilar bir kecha-kunduz
va bir necha kunni paydar-pay sustkashlik qilib, yengil sanab qo‘yib, nafsini kunba-kun
to tabiati tasavvuflikni qabul qilishdan chiqquncha susaytiradi. Shuningdek, kichik
gunohlarni yengil sanab, nafslariga tavba qilishni o‘lim chang solishigacha yoki
qalblarida gunoh ko‘payib zichlashib qolgunicha orqaga suradilar. Keyin ularga tavba
qilish imkonsiz bo‘lib qoladi. Zero, ozgina gunoh ko‘p gunohlarni chaqiradi. Natijada qalb
shahvat zanjirlari bilan kishanlanib qoladi. Uning changalidan qutilish mumkin bo‘lmaydi.
Tavba eshigining berkilib qolish ma’nosi ham shudir. Bu Alloh taoloning mana bu
kalomidan muroddir:
Do'stlaringiz bilan baham: |