«Muhammad Allohning payg‘ambaridir. U bilan birga bo‘lgan (mo‘min)lar
kofirlarga qahrli, o‘z oralarida (mo‘minlar bilan) esa rahm-shafqatlidirlar» (Fath
surasi, 29-oyat).
Alloh taolo mo‘minlarni qahr bilan sifatladi. Albatta qahr g‘azabdan sodir bo‘ladi. Agar
g‘azab yo‘q bo‘lsa, albatta jihod ham yo‘q bo‘lardi. Endi qanday qilib g‘azab va shahvatni
butkul yo‘qotishni qasd qilib bo‘ladi? Vaholanki, payg‘ambarlar alayhimussalom ham
bulardan xoli bo‘lishmagan. Zero, Payg‘ambar alayhissalom aytganlar: «Albatta men
ham basharman, bashar g‘azablanganidek men ham g‘azablanaman» (Imom Muslim
rivoyati). Agar u kishining (s.a.v.) huzurlarida karih ko‘radigan narsalari haqida
gapirilsa, g‘azablanardilar, hatto ikki yuzlari qizarib ketardi. Lekin faqat haqiqatni gapirar
edilar. Payg‘ambar alayhissalomning g‘azablari u kishini haqdan chiqarib qo‘ymasdi.
Alloh taolo aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |