«Ular infoq-ehson qilgan vaqtlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, (balki
ehsonlari) ana shu (xasislik bilan isrofning) o‘rtasida - mo‘‘tadil bo‘lur» (Furqon
surasi, 67-oyat).
Yana Alloh taolo aytadi:
«(Baxillik bilan) qo‘lingizni bo‘yningizga bog‘lab ham olmang, (isrofgarchilik
qilish bilan) uni butunlay yozib ham yubormang» (Al-Isro surasi, 29-oyat).
Shuningdek, taom shahvatida ham ochko‘z va qattiq bo‘lmasdan, o‘rtacha bo‘lish talab
qilingan.
Yana Alloh taolo aytadi:
«Yenglar, ichinglar, faqat isrof qilmanglar, zotan U isrof qilguvchi kimsalarni
sevmas» (A’rof surasi, 31-oyat).
Alloh taolo g‘azab to‘g‘risida shunday deydi:
«Kofirlarga qahrli, o‘z oralarida (mo‘minlar bilan) esa rahm-shafqatlidirlar»
(Fath surasi, 29-oyat).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Ishlarning yaxshisi o‘rtachalaridir»
(Bayhaqiy rivoyati). Bu so‘zda bir sir va haqiqat bor. Bu saodat dunyo to‘siqlaridan qalb
salomat bo‘lishiga bog‘liqdir.
Alloh taolo aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |