IMMUN PATOLOGIYA. YUQORI SEZUVCHANLIK
(ALLTRGIYA).
Immunopatologiya antigen stimulga javoban immun tizimning nosoz yoki
yetarli bo'lmagan reaksiyasi natijasida kelib chiqadi va uch yo'nalishda rivojlanishi
mumkin:
- gipersezgirlik, ya'ni antigenga yuqori reaksiya bilan bilan javob berilishi,
buning natijasida to'qimaning shikastlanishi va yallig'lanishlar kuzatiladi;
- giporeaktivlik yoki immunitet tanqisligi, natijada bakterial va virusli
antigenlarga nisbatan qarshilikni sustlashuvi kuzatiladi;
- autoimmun holat оrganizmning o'z hujayralari va to'qimalariga qarshi
immunitetning" reaksiyasi " bilan bog'liq patologik jarayonlar.
Yuqori sezgirlik (allergiya) .Tabiiy sharoitda immun javob himoya qilish
uchun mo'ljallangan, ayrim hollarda yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini o'z ichiga
olgan patologik jarayonlarga olib keladi. Yuqori sezuvchanlik antigen bilan qayta
aloqa qilishda rivojlanib, jarayonda to'qimalarga o'ziga xos shaklda zarar yetkazish
kuzatiladi. Yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining asosida оrganizmning ma'lum
allergenga (antigen) nisbatan sezgirligini oshishi yotadi.
Allergenlar-to'la qimmatli antigen yoki gaptenlar bo'lib, ular оrganizmga
tushganda allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Allergenlar bir qator o'ziga xos
xususiyatlarga ega bo'lib, immun javob rivojlanishida Tx2 immun javob yo'nalishi
va IgE ishlab chiqarish xususiyatlari bilan ifodalanadi. Allergenlar tabiatan
proteinlardir, chunki, faqat oqsillarga nisbatan T-hujayra immun javobni keltirib
chiqarishi mumkin. Allergenlar shilliq pardalar orqali va past kontsentratsiyada
kirishi mumkin – bu omillar sodda antigenspetsifik T–xelper hujayralarni T-
xelperlarning 2-tipigacha shakllantirishi mumkin. Ko'pgina hollarda allergenlar
epiteliy hujayralarning hujayralararo aloqalarini buzadigan fermentlar bo'lib,
allergenlarning shilliq qavatlar orqali оrganizmga kirib borishiga yordam beradi.
Allergenlarning past molekular og'irligi (10-40 kDa), ularning yuqori
eruvchanligini ifodalaydi va shilliq qavatlar orqali osongina оrganizmga kirishini
ta'minlaydi.
Allergenlar kelib chiqishi bo'yicha quyidagicha tasniflanadi: polenli; shartli
patogen mikroоrganizmlar va zamburug'larning allergenlari (mog'orlar);
epidermal; ingalatsion; oziq-ovqat; hayvon va hasharotlar allergenlari; sanoat; uy
xo'jaligi; dorivor moddalar.
Tanaga kirish usuliga qarab: -ekzoallergenlar (tashqaridan kiradi): kontakt
(teri orqali); ingalyator(nafas olish yo'li orqali); alimentar (oshqozon-ichak trakti
orqali); parenteral (qon orqali); -endoallergenlar (autoallergenlar) – оrganizm
uchun zararli omillar ( masalan, "nur allergiyasi", kuyish, yallig'lanish) ta'siri
ostida paydo bo'ladi.
Allergiya sabablari-allergik kasallikning sezilarli o'sishi bilan bog'liq holda,
so'nggi o'n yilliklarda olimlarning e'tiborini asosan (IgE ning kelib chiqish
sabablari va allergik patologiyaning shakllanishidagi o'rni va boshqa omillar bilan
bog'liqligi) tortib kelmoqda.
O'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, rivojlanish ehtimoli allergik
kasalliklarda 50% hollarda genetik omillar bilan belgilanadi vaatrof-muhit omillari
esa 50% ga to'g'ri keladi. Allergiya kelib chiqish ehtimoli bolada, agar ota-
onalardan har ikkisi allergiyaga duchor bo'lmagan bo'lsa 10% dan oshmaydi, agar
ota – onalardan birida allergiya bo'lsa -, 30- 40%, har ikkalasi xam ota – ona
allergiyaga chalingan taqdirda-50-70% allergiya kelib chiqish ehtimoli bolalarda
kuzatilishi mumkin.Boshqa tomondan, allergik kasalliklarni kelib chiqish
chastotasi yuqori kuzatilgan, ayniqsa bronxial astmani,iqtisodiy jihatdan
rivojlangan hududlarda, uning kelib chiqish ehtimoli,atrof-muhit omillari bilan
bog'liqlig'i inkor etilmaydi.
Allergiyaga moyillikni meros qilib olish ma'lum bir genga bog'liq emas, bu
genlar majmuasini o'z ichiga oladi. Buning uchun mas'ul bo'lgan inson genetik
kodida bir necha o'nlab joylar topilgan. Allergiya rivojlanishida ishtirok etish
ba'zilarda zaif bo'lishi mumkin, boshqalari esa kuchliroqdir. Asosiy joy beshinchi
X xromosoma hisoblanadi. Bu xromosomalarda allergik reaksiyada ishtirok etishi
mumkin bo'lgan tanadagi turli oqsillar va moddalarni ishlab chiqarishni nazorat
qiluvchi joylar mavjud. Xususan, allergiya rivojlanishida muhim rol o'ynaydigan
antitelalarni ishlab chiqarishni boshqarilishi misol bo'la oladi.
Hozirgi kunda yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining ikki shakli-tipi mavjud:
darhol yuzaga chiquvchi sezuvchanlik (gumoral immunitet reaksiyasi
ko'rinishida); sekin yuzaga chiquvchi sezuvchanlik (hujayraviy immunitet
reaksiyasi ko'rinishida).
Djella va Kumbs tasnifiga ko'ra, rivojlanish mexanizmiga ko'ra barcha
allergik reaksiyalar to'rt tipga bo'linadi.