mutakallimlar deb ataladi va ilk namoyandalari - al-Ash’ariy (873-935), Maturidiy (944
yilla vafot etgan) islom aqidalarini ijodiy tafsir etishga karshi chiqqanlar. Mutakallimlar
musulmon ruhoniylarining an’anaviy davomchilari tomonidan tanqidga uchraganlar.
Mutakallimlar barcha narsa va hodisalar asosida Olloh irodasi yotgakligini ta’kidlaydilar.
Ular, jumladan, Qur’oni karimning yaratilishiga oid ayrim fikrlarni ham olg’a suradilar.
Qur’oni karimniig ilohiy kelib chiqishi to’g’risidagi g’oyani himoya qilib, muqaddas
kitobni emas, balki uni ifoda etuvchi harflarni, siyoh va qog’oznigina inson tomonidan
yaratilgan deb hisoblaydilar.
Mutakkalimlarga qarama-qarshi mu’taziliylar (arabchada - ajralib chiqqanlar,
uzoqlashganlar degan ma’nolarni anglatadi) oqimi VIII asrda yuzaga kelgan. Oqimga
Vosil ibn Ato (699-748) asos solgan. Uning a’zolari falsafa va mantiqning metod va
tushunchalarini ilohiyotga tadbiq etib, mistikaga qarshi chiqqanlar, Qur’on va sunnatni
aql-idrokka mos talqin etish hamda islomga ratsionalistik elementlarni kiritish tarafdorlari
bo’lganlar. Mu’taziliylar ta’limoti VIII asrning birinchi yarmida rasmiy e’tiqod sifatida
qabul qilingan. VIII asrning o’rtalaridan boshlab ortodoksal e’tiqod tarafdorlarining
hokimiyatda ustunlikni qo’lga kiritganliklari sababli, bu oqim taqiqlangan va ta’qib
qilingan. U xukumat tomonidan to’xtovsiz taqib qilinganligi sababli O’rta Sharqda XI—
XII asrlarda, Markaziy Osiyoda ХSh—XIV asrlarga kelib yo’q bo’lib ketgan. Mazkur
oqimning mintaqadagi so’nggi vakillaridan biri — Zamahshariydir.
32
Islom dinida mistik va tarkidunyochilik g’oyasiga asoslangan sufizm oqimi ham
mavjud bo’lib, u taxminan VIII asrda arab mamlakatlarida vujudga kelgan. Uning keng
yoyilishi XI asrga to’g’ri keladi. Sufizmning (arabchada – jun, qo’pol jun kiyim, jun
kiyim kiyib yuruvchi degan ma’nolarni anglatadi) asosiy g’oyasi barcha
musulmonlarning Olloh oldida tengligi to’g’risidagi aqidaga asoslanadi. Sufiylar
odamlarni halol pok bo’lishga, kasb xunar egallab o’z mehnati bilan yashashga,
boshqalarning mehnatidan foydalanmaslikka, tenglik va ijtimoiy adolat qoidalariga
amal qilishga da’vat etadilar.
Sufizm ta’limotida buddizm va neoplatonizm elementlari ham mavjud bo’lib, ular
sufizmning panteistik ta’limotida yaqqol ko’rinadi. Panteizmning mohiyati shundaki,
unda barcha narsa va hodisalar jonli hisoblanib, Olloh irodasining ifodasi deb ta’kidlanadi.
Sufiylarning asosiy g’oyasiga ko’ra, kishi bu dunyodagi faoliyatini faqat bir maqsadga
— Olloh bilan uyg’unlashishga, birlashishga safarbar etmog’i
lozim. Ilohiy haqiqatga kishi
asta-sekin, bosqichma-bosqich erishadi.
Islom dinining asosiy yo’nalishlari va oqimlari xususida to’xtalganda undagi ikki
asosiy tamoyil yoki yo’nalish hakida gapirmaslik mumkin emas. U islom dini paydo
bo’lganidan buyon o’tgan 1400 yillik ijtimoiy taraqqiyot davomida shakllangan. Shu
32
Ўрта Осиё халқлари ҳурфикрлилиги тарихидан. Т., 1990. 36-37 бетлар.
71
o’tgan davr mobaynida insoniyat feodalizmdan kapitalizmgacha, bozor
munosabatlari shakllangan davrlargacha teokratik davlatdan respublika, prezidentlik
boshqaruviga asoslangan davlat tuzilishigacha bo’lgan tarixiy bosqichlarni bosib
o’tgan. Islomdagi bu ikki yo’nalish fanda traditsionalizm va modernizm nomi
bilan mashhur.
Do'stlaringiz bilan baham: |