Toshkent farmatsevtika instituti



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/127
Sana29.07.2021
Hajmi2,34 Mb.
#132091
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   127
Bog'liq
маруза матни ЛОТИН

Nazorat savollari 
1. 
Dori preparatlarini yozish va tayinlash tartibi 
2. 
Retsept va uni yozish qoidalari 
3. 
Retseptlarning tarkibiy qismlari 
4. 
Retseptning funksiyalari 
5. 
Shifokor 
tomonidan 
yoziladigan 
retseptura 
blankasining turlari 
6. 
Retseptura  blankasidagi  asosiy  va  qo’shimcha 
rekvizitlar 
7. 
Retseptlarni  ekspertiza  qilish,  ro’yhatga  olish  va 
berish tartibi 


8. 
Dori  preparatlarini  berishga  qo’yiladigan  umumiy 
talablar 
9. 
Dori  preparatlarini  berish  tartibi,  dorixonada  olib 
qolinadigan retsept blankalarini saqlash muddatlari. 
 
10-MAVZU: FARMATSEVTIK ETIKA VA DEONTOLOGIYA 
REJA: 
10.1.  Farmasevtik tashkilotlarda ahloq va deontologiya haqida tushuncha va 
ularga qo‘yilgan talablar. 
10.2.  Farmasevt ahloqi va deontologiyasining asosiy vazifalari. 
10.3.  Dorixona jamoasi va uning ijtimoiy-ruhiy muhiti. 
10.4.  Jamoani boshqarish jarayonida rahbar ahamiyati va tadbirkorlik ahloqi. 
Tayanch  so‘zlar  va  iboralar:  aloq,  odob,  etika,  fe'l-atvor,  burch,  ahloq  me'yorlari, 
deontologiya, 
hamkasaba, 
jamoa, 
rasmiy 
murojaat, 
ishbilarmon 
odob, 
kelishmovchilik, nizolar. 
 
Farmasevtik  tashkilotlarda  ahloq  va  deontologiya  haqida  tushuncha  hamda  ularga 
qo‘yilgan talablar 
 
Dorixona  xodimlari  faoliyatida ahloq  va deontologiya,  ya'ni  farmasevt  xodimlarni 
kasbiy  burchlarini  bajarishlaridagi  fe'l-atvor  va  ahloq  me'yorlari  majmui  muhim 
o‘rin tutadi. 
Etika so‘zi yunoncha «aeyyuz» degan so‘zdan kelib chiqib, “yurish-turish, ahloq” 
degan  ma'nolarni  bildiradi.  “Ahloq;”  deganda  kishilarning  bir-biriga  munosabati, 
jamiyat,  davlat,  vatan,  kasb  hamda  oilaga  bo‘lgan  munosabatlarni  tartibga  solib 
turadigan  va  shaxsiy  e'tiqod  an'analari,  tarbiyasi  butun  jamiyat  yoki  guruhning 
kuchi  bilan  qo‘llab-quvvatlanadigan  qoidalar,  xulq-atvorlar  talablari  tushuniladi. 
Qadimda  birinchi  bor  bu  so‘z  (termin)  ni  qadimgi  buyuk  yunon  faylasufi 
mutafakkir olim Aristotel' qo‘llagan. 
Farmasevtik ahloqning asosiy kategoriyalari: 



burch,  majburiyat,  xalollik,  vijdonlilik,  raxm-shavqat,  ziyraklik  bo‘lib,  ular 
bemor  va  uning  qarindoshlarini  dori-darmon  bilan  ta'minlashda  asosiy  rol' 
o‘ynaydi. 
Ahloqning kasb turlariga qarab bir necha turlari mavjud: 

tibbiyot xodimining; 

farmasevt xodimning 

yuristning; 

o‘qituvchining va hokazolar ahloqi. 
Deontologiya - kasbiy burch  xavddagi  fan. Deontologiya  - bu etikaning  bir qismi. 
Deon (yunoncha) - bo‘lishi lozim, logos - ta'limot demakdir. Shifokor va farmasevt 
faoliyati,  inson  salomatligini  mustahkamlashga  qaratilganligidan  farmasevtik 
deontologiya  tibbiy  deontologiya  bilan  uzviy  bog‘liq.  Farmasevt  bemor  va 
atrofdagilar bilan xushmuomalada bo‘lishi, sekin gapirishi, o‘z ishini tez va sifatli 
qilishi,  ish  joyini  toza,  saranjom  tutishi,  yumushini  tashlab  ketmasligi,  hujjatlarni 
qonuniy yuritishi, kasb sirlarini saqlashi lozim. 
U  hamisha  ish  kiyimida,  sochlar  qalpoq ostiga  yig‘ilgan,  tirnoqlari kalta  olingan, 
ish  vaqtida  har  xil  taqinchoqlar  taqmagan  bo‘lishi  kerak.  Farmasevt  Hamma 
bemorga  kelib  chiqishi,  dunyoqarashi,  yoshi,  jinsi  millatidan  qat'iy  nazar  bir  xil 
namunali  xizmat  ko‘rsatishi  shart.  Doimo  o‘z  ustida  ishlab,  bilimini  va  amaliy 
ko‘nikmalarini oshirib borishi zarur. 
Farmasevtik  deontologiya  farmasevtlarning  jamiyat,  bemorlar,  shifokorlar  va 
hamkasabalar bilan o‘zaro munosabatlari masalalarini o‘z ichiga oladi. Dorixonaga 
murojaat  etuvchilarning  o‘zaro  munosabati  farmasevtik  deontologiyaning  bosh 
yo‘nalishidir. 
Azaldan  farmasevtlarning  ahloqiy  va  ma'naviy  jihatlariga  alohida  talablar 
qo‘yilgan  va  bu  kasb  egasi  o‘z  navbatida  jamiyatga,  hamkasblariga,  bemorlarga 
nisbatan ma'lum bir ahloqiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. 
Bemorlar bilan muloqotdagi deontologik me'yorlarga quyidagi talablar quyiladi: 

tashqi  qiyofa  (bejirim  tashki  qiyofa  bemorlarning  ishonch  bilan  qarashiga 
sharoit hozirlaydi); 

fe'l-atvor (bemorlar bilan  munosabatda bo‘lganda ularga diqqat bilan e'tibor 
berish va o‘zini tuta bilish zarur); 



nutq  (ko‘p  hollarda  shirinsuhanlik  doriga  nisbatan  yaxshiroq  davolaydi, 
o‘ylanmay  aytilgan  so‘z  esa,  bemorni  farmasevtga  bo‘lgan  ishonchiga  putur 
yetkazishi mumkin); 

bemorni  tinglay  bilish,  uning  holiga  achinish,  o‘zgalar  qayg‘usiga 
hamdardlik - deontologiyaning muhim talabidir. 
Bundan  tashqari,  farmasevtning  diqqat  bilan  e'tibor  bermasligi  bemor  ruhiyatiga 
zarar yetkazadi; 

dori  vositalarni  estetik  rasmiylashtirish  (bemorni  tayyorlangan  dorilarga 
ishonchini  mustahkamlash  maqsadida  dorilarni  rasmiylashtirishga  e'tibor  berish 
zarur.  Noto‘g‘ri  rasmiylashtirilgan,  o‘ziga  jalb  etmaydigan  dori  bemorda  uning 
sifatiga shubha tug‘diradi); 

bemordan ba'zi noxush ma'lumotlarni sir saqlash (xastalik jarayoniga va uni 
davolashga  ijobiy  ta'sir  etishi  mumkin.  Xastalikni  emas  balki  dorining  muntazam 
ta'sirini ko‘rsatish tavsiya etiladi); 

malaka  oshirish  (nihoyat,  oqibatda  inson  salomatligi  farmasevt  xodim 
malakasining  darajasiga  bog‘liqligi  boisidan  ham,  ish  usullarini  takomillashtirish 
deontologiya  omillar  orasida  muhim  o‘rin  tutadi.  Farmasevt ishida  yo‘l  qo‘yilgan 
xato tuzatilmas, qayg‘uli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini doim yodida tutishi 
lozim); 

dorixona  xodimi  dorilarni  qabul  qilish  qoidalarini  batafsil  tushuntirishi, 
dorilarning qo‘shimcha ta'sirlari haqida bemorni ogohlantirishi lozim. 
Deontologiyada  farmasevt  bilan  shifokor  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatga  muhim 
o‘rin ajratiladi. Farmasevtlar shifokorlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan holda faoliyat 
ko‘rsatishlari 
lozim. 
Farmasevtlarning 
shifokorlar 
bilan 
aloqasini 
mustahkamlanishi dorixonada axborot ishini yaxshilaydi. 
Bemorning  davolanishga  bo‘lgan  ishonchini  saqlab  qolish  maqsadida  farmasevt 
shifokor fikrini qo‘llab-quvvatlashi kerak. 
Farmasevt ahloqi va deontologiyasining asosiy vazifalari 
Farmasevt shlosining asosiy vazifalaridan biri - jamiyat va bemor kishi salomatligi 
yulida  holis  mehnat  qilish,  hamisha  va  har  qanday  sharoitda  ham  tibbiy  yordam 
ko‘rsatish,  bemorga  diqqat-e'tibor,  g‘amxo‘rlik  bilan  munosabatda  bo‘lishdir. 
O‘zining  barcha  xatti-harakatlarida  yuksak  insoniy  qoidalarga  rioya  qilish, 
farmasevt xodimining  yuksak  vazifasini anglash, o‘z Vataniga  mehr-muxabbat va 
sadoqatni,  burchiga  sodiqlikni  tarbiyalash,  yuksak  insonparvar  kasbning  olijanob 


an'analarini  saqlash  hamda  ko‘paytirishdan  iboratdir.  Buyuk  allomalar  fikricha, 
ahloqda  diyonat,  qanoat,  shijoat,  ilm,  sabr,  intizom,  vijdon,  burch,  javobgarlik, 
mas'uliyat,  iffat,  hayo,  idrok,  hayrixohlik,  sadoqat,  muxabbat,  qadr-qimmat, 
nomus,  xulq-atvor,  baxt  kabi  insoniy  hislatlar  mujassamlashgandir.  Yuksak 
ahloqiy  sifatlarga  ega  bo‘lgan  farmasevt  xodimi  o‘z  burchini  aniq  va  sifatli 
bajaradi. 
Farmasevt  xodimlar  bemor  bilan  muomala  qilishda  ahloq  qoidalariga  amal 
qilishdan  tashqari,  sabr-toqat  bilan  va  o‘zini  tuta  bilishi  ham  kerak.  Farmasevt 
shifokor  bilan  bemor  o‘rtasida  ishonchni  yaratishi,  shifokor  va  farmasevtlarning 
obro‘-e'tiborini oshirishga hissa qo‘shishi kerak. 
Farmasevt deontologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

tibbiyot  va  farmasevt  xodimlar  xulq-atvorining  natijasini  yana  ham 
oshirishga qaratilgan qoidalarni o‘rganish; 

farmasevtika sohasidagi noqulay omillarga chek qo‘yish; 

farmasevt  xodimlar  bilan  bemorlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarni 
o‘rganish; 

samarali bo‘lmagan farmasevtik faoliyatining zararli oqibatlarini tugatish. 
Korxona  rahbari  yoki  dorixona  mudirining  topshiriqlari,  ko‘rsatmalarini  o‘z 
vaqtida  aniq  bekamu-ko‘st,  vijdonan  bajarishi  hamda  kasbiy  faoliyatining  ahloqiy 
asoslarini  va  madaniyatini  yuksaklikka  ko‘tarishni  tadbiq  etish  farmasevtning 
asosiy deontologik vazifalaridan biridir. 
 
Dorixona jamoasi va uning ijtimoiy-ruhiy muhiti 
 
Jamiyatimizning  asosiy  bir  ligi  mexnat  jamoasidir.  Jamoadagi  barcha  a'zolarni 
uning  rax,bari  ostidagi  jipsligi,  dustona  uzaro  munosabatlari,  bir-birlarini  hurmat 
qilishlari, oshkora samimiy tanqid ishning sifatini oshiradi. 
Shuning uchun ham ko‘p hollarda farmasevtik deontologiyada mehnat jamoasidagi 
shaxslar  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlar,  kasbiy  tayyorgarlik  darajasi, 
muassasadagi anik sharoit,  ma'lum  holatda rahbar shaxs, uning  uslubiy tomonidan 
belgilanuvchi ahloqiy muhit alohida o‘rin tutadi. 


Farmasevtik  muassasalarning  ruhiy  muhitiga  alohida  talab  qo‘yiladi.  Bu  yerda  na 
bemorlarga  nisbatan,  na  hamkasblarga  nisbatan  qo‘pollik  o‘rinsiz  harakat  va 
e'tiborsizlikka yo‘l qo‘yilmaydi. 
Bir  jon,  bir  tan  bo‘lib  ishlovchi  ahil  jamoani  shakllantirish,  unda  mehnat  uchun 
sog‘lom  muhitni  yaratish  rahbarning  muhim  vazifalaridan  biridir.  Jamoani 
uyushtirish  uchun  rahbar  rasmiy  va  norasmiy  munosabatlarni  e'tiborga  olib, 
xodimlar o‘rtasida o‘zaro aloqa va munosabatlar o‘rnatilishini ta'minlashi kerak. 
Agar  rasmiy  tizim  jamoa  a'zolarining  ma'muriyat  tomonidan  biriktirilgan 
aloqalarini  tasvirlasa,  norasmiy  aloqalar  shaxsiy  xush  ko‘rish  va  xush  ko‘rmaslik, 
manfaatlar  umumiyligi,  harakterlar  mushtarakligi,  bir-  birini  tushunish  kabilar 
asosida  tashkil  topadi.  Ular  o‘ta  mos  yoki  yaqin  kelganda  nuxsonsiz  ideal  holat 
hisoblanadi. 
Modomiki, dorixonada ishlovchilarning ko‘pchiligi xotin-qizlar tashkil k;ilar ekan, 
ularning  o‘ziga  xos  ruhiyati  nazarda  tutilishi  lozim.  Shuningdek,  xodimlarning 
yoshi,  mehnat  staji,  faoliyatining  tavsifi,  ma'lumoti,  oilaviy  ax;voli  kabilar  ham 
e'tiborga  olinadi.  Masalan,  turli  yoshdagi  kishilardan  tashkil  topgan  jamoalarda  - 
intizom yuqori darajada ustozlar g‘amxo‘rligi tufayli yoshlarda tezrok o‘sish kuzga 
tashlanadi,  ruhiy  va  ruhiy-jismoniy  mos  kelishlik  muammosi  osonlik  bilan 
yechiladi. 
Mehnat jamoasida talab darajasidagi  o‘zaro  munosabatlar  xodimlar qo‘nimsizligi, 
kelishmovchilik  kabi  ko‘ngilsiz  hodisalarning  oldini  olib,  ularning  salomatligi  va 
o‘zlarini his etishlariga ijobiy ta'sir etadi. 
Jamoani boshqarish jarayonida rahbarning ahamiyati va tadbirkorlik ahloqi 
Rahbar  jamoadagi  asabiy  tanglikni  bartaraf  eta  bilishi  lozim.  X,ar  bir 
kelishmovchilik  tahlil  etiladi  va  eng  muhimi  uni  keltirib  chiqaruvchi  sabablar 
bartaraf  etiladi.  Kelishmovchiliklar  tabiatiga  ko‘ra,  ishlab  chiqarish  va  shaxsiy 
xarakterga  ega.  Mehnatni  tashkil  etish  va  me'yorlashdagi  kamchiliklar,  xususan, 
xodimning qaysi ishni, qanday hajmda bajarilishi lozimligi haqida aniq tasavvurga 
ega  emasligi,  rahbarning  noo‘rin  harakatlari,  jamoa  a'zolari  o‘rtasidagi  nomoslik 
kelishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
Kelishmovchiliklarni  hal  etishning  ikki  usuli  mavjud:  pedagogik  va  ma'muriy. 
Ishontirish usuli asosiy pedagogik usulidir. 
Hozirgi  zamon  rahbarining  faoliyatida  ijtimoiy  vazifalarni  hal  eta  olish,  odamlar 
bilan  ishlay  olish,  jamoada  mehnat  natijalaridan  ma'naviy-  ahloqiy  va  moddiy 


manfaatdorlikni  vujudga  keltirish,  xodimlarga  topshirilgan  ish  uchun  ma'suliyat 
xissini tarbiyalash qobiliyati alohida ahamiyat kasb etadi. 
Dorixona rahbari, ishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik uchun jazoni qo‘l ostidagi xodim 
tomonidan adolatli deb qabul qilinishiga ishonch hosil qilgandagina beradi. Jazoni 
tee-tez  qo‘llash  rahbarning  qat'iyatsizligidan,  uning  bo‘shligidan  va  ishni  tashkil 
eta olmasligidan guvohlik beradi. 
Xodimni  maqtash,  har  doim  jamoa  oldida  bo‘lishi,  beriladigan  tanbex  esa  uning 
izzat-nafsoniyatiga  tegmasligi  va  qadr-qiymatini  kamsitmasligi  lozimligini  yodda 
tutish  kerak.  Qo‘l  ostida  ishlayotgan  har  bir  kishi  shaxsini  xurmat  qilish, 
xodimlarga  nisbatan qo‘pollikka  yo‘l qo‘ymasligi zarur. Rahbarni  qo‘l ostidagilar 
tomonidan qilingan tanqidga qanday qarashi  uning  faoliyatining  muhim  qirrasidir. 
Agar rahbar tanqid qiluvchiga emas, o‘ziga nisbatan chora ko‘rib, xatolarini tuzatar 
ekan,  bu  uning  yetuklik  sinoviga  bergan  bardoshi.  Tanqid  muammosi  -  qo‘l 
ostidagi xodimning fikriga, uning tashabbusiga hurmat muammosidir. 
Rahbarning  yaxshi  tashkilotchiligida  hamma  tarmoqlarda  ahil,  intizomli, 
mehnatsevar jamoa shakllanadi. 
O‘ta  rivojlangan  ishbilarmon  o‘z  mehnatini  faqat  o‘zi  uchungina  emas,  balki 
boshqalar uchun, jamiyat va davlat uchun ham foydali ekaniga ishonadi. 
Ishbilarmon rahbarning ish uslubidan: 

raqqobat zaruriyatini e'tirof etadi, hamkorlik lozimligini tushunadi; 

har bir shaxsni o‘zi kabi xurmat qiladi; 

mulkning  har  bir  shaklini,  davlat  hokimiyatini,  ijtimoiy  tartibni,  qonunlarni 
xurmat qiladi; 

ma'rifatni,  fan  va  texnikani,  informatikani,  madaniyatni  qadrlaydi, 
ekologiyani xurmat qiladi. 

yangiliklarni ishga takdim etishga intiladi. 
Tadbirkorlik  ahloqi  -  butun  dunyo  ishbilarmonlarining  amaliyotida  kup  yillar 
davomida  orttirilgan  tajribalardan  kelib  chikdan  xatti-xarakat  me'yorlarining 
majmuidir. Bunday me'yorlarning uzagi - xalk;aro xushmuomalalik tamoyillaridir, 
boshqacha  aytganda,  nimaiki  hamkor  davlat  timsoli  va  vakili  bo‘lsa,  hammasini 
qat'iy hurmatlash va yod etishdan iborat. 


“Har  kanday  sharoitda  ham  xodimlaringizni,  buyurtmachilaringizni,  nazoratchi 
hokimiyatni, 
aksiyadorlaringizni, 
boshlig‘ingizni, 
hamkasabalaringizni, 
ta'minlovchilaringizni, hatto raqiblaringizni ham hech qachon aldamang”. 
Tadbirkorning  bu  burchlarini  amerikalik  menejer  Robert  Cheyz  o‘zining 
“Boshqarish  sirlari”  degan  kitobida  aytib  o‘tgan.  Biznesda  halollik  -  har  qanday 
amaliy  munosabatlarning  zaminidir.  Unga  bepisandlik  qilish  oxir  -  oqibatda 
obro‘ni  yo‘qotishga  olib  keladi.  Obro‘ni  bir  marta  yo‘qotgandan  keyin,  qayta 
tiklash juda qiyin. 
Ishonch  -  tadbirkorlik  amaliyotining  asosiy  tamoyillaridan  biri  bo‘lib,  uning 
ahamiyati  ortib  borayapti.  O‘zaro  ishonch  juda  muhim  omil.  Ishbilarmonlik 
munosabatlarida  ikki  pog‘ona  mavjud:  rasmiy  va  norasmiy.  Rasmiylari  o‘zaro 
tuzilgan 
turli 
kelishuvlar, 
shartnomalarga 
asoslanib, 
sheriklarining, 
sotuvchilarning, xaridorlar va boshqalarning huquqlarini aks ettiradi. Norasmiylari 
o‘zaro  munosabatlar  jarayonida  shakllanib  qoladi  va  hech  qanday  yozma 
majburiyatlar  bilan  bog‘lik  bulmasligi  mumkin.  Bunday  xolda  umumiy  ishning 
yutugi hamkorlar urtasidagi uzaro ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Madaniylashgan 
tadbirkorlik 
odobining 
shakllanish 
shart-sharoitlari 
kuyidagilardan iborat: 

siyosiy  va  iktisodiy  erkinlik,  demokratik  davlat,  ko‘p  partiyaviylik,  so‘z, 
matbuot  va  e'tiqod  erkinligi,  tovar  ishlab  chiqaruvchilarning  erkin  raqobati, 
tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirishda  istalgan  jismoniy  va  huquqiy 
shaxslarning tengligi, iste'molchining mustaqilligi va shu kabilar; 

barqarorlik  -  kuchli  ijrochi  hokimiyat,  siyosiy  kurashning  parlament 
vositalari, qonunlarning barqarorligi; 

tashviqot  -  ommaviy  axborot  vositalari  yordamida  muvoffaqiyat 
qozonayotgan,  yuksak  ma'naviy  tamoyillarni  egallagan  ishbilarmon  qiyofasini 
yaratish, poraxo‘rlik, ta'magirlik, noxalol raqobatni qoralash; 

huquq  -  nafakat  tadbirkor  faoliyatini  cheklab  qo‘yadigan  eng  umumiy, 
ijtimoiy  standart  hatti-harakatlarini  me'yorlarini  belgilaydi,  balki  undan  kam 
bo‘lmagan  darajada  mamlakat  biznesida  uchraydigan  salbiy  xodisalar  bilan 
kurashish hamdir. 
Uyushma  -  tadbirkorlarning  kasaba  uyushmalarini  yaratish.  Ular  a'zoliylik 
darajasiga baho berishda  xolis turishlari va guruh  ma'naviyati  me'yorlari buzulgan 
paytda eng qat'iy choralar ko‘rishlari lozim. 


“Biznesda  toza  qo‘l,  moslashuvchanlik,  tadbirkorlik,  xalollik  -  jamiyatga  xizmat 
kiladi”. 
D.Kornegi va boshka mashhur kishilarning nasihatlarini o‘rganing. Ularni kundalik 
va  ish  bilan  bog‘liq  xdyotimizning  me'yori  va  tamoyili  k;ilib  oling.  Birok;  uzil-
kesil  koidalar  bilan  bir  katorda  bizning  endi  oyokka  turatgan  biznesimizda  ishni 
yaxshi  yurtishning  yashirin  nozik  tomonlari  uchraydi.  Ularni  ko‘ra  bilish  va  ular 
yetuk  uslubga  aylanishiga  ko‘maklashish  -  amaliy  munosabatlar  nazariyasining 
masalalaridan  biri.  Shuning  uchun  ham  ish  munosabatlarining  tadbirkorlik 
amaliyotida  nazariy  jihatdan  hali  shakllanib  ulgurmagan  uslubini  me'yorlashtirish 
o‘rinli emas. 
Tadbirkorning  80-90%  vaqti  muloqotlarga  sarf  bo‘ladi.  Tadbirkor  bo‘lish  - 
muloqot ila olish demakdir. 
Amaliy  va  ishchan  munosabatning  asosiy  vazifasi  -  hamkorlik.  Xdmkorlik 
sheriklarning  uzlarini  bir-birlariga  tanishtirishdan  boshlanadi.  Shuni  unutmaslik 
kerakki, bunday paytda xar bir tomonning xayolida sherigi haqida: “Bu aslida kim 
uzi?”  degan  savol  tugiladi.  Shu  savolga  javob  bera  turib,  biz  munosabat  turini 
tanlaymiz.  Agar  uzini  tanishtirish  amalda  isbotlanmasa,  kungil  soviydi, 
munosabatlar uzilishiga boradi. Sheriklar bir-birining xatosi va kamchiliklariga kuz 
yumishlari  mumkin,  lekin  bularni  kechirmaydilar.  Shuning  uchun  ishchan 
munosabatning  muhim  tamoyillaridan  biri  -  so‘zning  ustidan  chikish  va  amalda 
isbotlashdir. 
Ishchan  munosabatning  aksariyat  qismi  muzokaralardan  iborat.  Muzokara 
mahorati  ham  -  fan  va  san'at.  Muzokara  usullarini  o‘rganish  kerak.  Suhbat 
mavzuidan qat'iy nazar bu usullari bir xil. 
 
Muzokara - kundalik hayotimizning omili. O‘z maqsadlarimizga erishish uchun biz 
hamma yerda turli sabablar bilan gaplashamiz. Biz ko‘pincha yomon gaplashamiz. 
Betoqat,  xudbin,  yon  bermaydigan  bo‘lib,  ikkinchi  tomonning  manfaatlarini 
hisobga olmasdan ko‘pincha munosabatni buzib qo‘yamiz. 
Xulosada  shuni  ta'kidlash  joizki,  odob  muammolari  hamma  mamlakatda  (milliy, 
xududiy,  mahalliy)  muhim  o‘rin  tutadi.  Eski  muammolar:  korrupsiya  manfaatlar 
kurashi,  beodoblik,  kamsitish  kabilar  bilan  bir  qatorda,  xususiylashtirish, 
mustaqillik,  axborot  texnologiyasi  va  boshka  yangiliklar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
yangi muammolar yuzaga keladi. 


Hozirgi  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ishbilarmon  quyidagi  hollarda:  stul  atrofida, 
jamoat,  mehmondorchilik  tashriflarida,  jamoat  joylarida  va  kuchada,  chet  ellik 
deligasiyani  qabul  qilish  vaqtida,  tabriklar  va  tanishuvlarda,  deligasiyani  kutib 
olish  jarayonida,  avtomobillarga  o‘tkazish  vaqtida,  ishtirokchilarni  muzokaralar 
stoli tevaragiga joylashtirishda, rasmiy shaxslar bilan telefon orqkali gaplashishda, 
ishbilarmonlar  qkabulida,  yangi  xodimni  hamkasblarga  tanishtirishda  va 
hokazolarda ishbilarmonlik odobi me'yorlariga rioya qilishi kerak. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish