Nazorat savollari
1.
Dori preparatlarini yozish va tayinlash tartibi
2.
Retsept va uni yozish qoidalari
3.
Retseptlarning tarkibiy qismlari
4.
Retseptning funksiyalari
5.
Shifokor
tomonidan
yoziladigan
retseptura
blankasining turlari
6.
Retseptura blankasidagi asosiy va qo’shimcha
rekvizitlar
7.
Retseptlarni ekspertiza qilish, ro’yhatga olish va
berish tartibi
8.
Dori preparatlarini berishga qo’yiladigan umumiy
talablar
9.
Dori preparatlarini berish tartibi, dorixonada olib
qolinadigan retsept blankalarini saqlash muddatlari.
10-MAVZU: FARMATSEVTIK ETIKA VA DEONTOLOGIYA
REJA:
10.1. Farmasevtik tashkilotlarda ahloq va deontologiya haqida tushuncha va
ularga qo‘yilgan talablar.
10.2. Farmasevt ahloqi va deontologiyasining asosiy vazifalari.
10.3. Dorixona jamoasi va uning ijtimoiy-ruhiy muhiti.
10.4. Jamoani boshqarish jarayonida rahbar ahamiyati va tadbirkorlik ahloqi.
Tayanch so‘zlar va iboralar: aloq, odob, etika, fe'l-atvor, burch, ahloq me'yorlari,
deontologiya,
hamkasaba,
jamoa,
rasmiy
murojaat,
ishbilarmon
odob,
kelishmovchilik, nizolar.
Farmasevtik tashkilotlarda ahloq va deontologiya haqida tushuncha hamda ularga
qo‘yilgan talablar
Dorixona xodimlari faoliyatida ahloq va deontologiya, ya'ni farmasevt xodimlarni
kasbiy burchlarini bajarishlaridagi fe'l-atvor va ahloq me'yorlari majmui muhim
o‘rin tutadi.
Etika so‘zi yunoncha «aeyyuz» degan so‘zdan kelib chiqib, “yurish-turish, ahloq”
degan ma'nolarni bildiradi. “Ahloq;” deganda kishilarning bir-biriga munosabati,
jamiyat, davlat, vatan, kasb hamda oilaga bo‘lgan munosabatlarni tartibga solib
turadigan va shaxsiy e'tiqod an'analari, tarbiyasi butun jamiyat yoki guruhning
kuchi bilan qo‘llab-quvvatlanadigan qoidalar, xulq-atvorlar talablari tushuniladi.
Qadimda birinchi bor bu so‘z (termin) ni qadimgi buyuk yunon faylasufi
mutafakkir olim Aristotel' qo‘llagan.
Farmasevtik ahloqning asosiy kategoriyalari:
-
burch, majburiyat, xalollik, vijdonlilik, raxm-shavqat, ziyraklik bo‘lib, ular
bemor va uning qarindoshlarini dori-darmon bilan ta'minlashda asosiy rol'
o‘ynaydi.
Ahloqning kasb turlariga qarab bir necha turlari mavjud:
-
tibbiyot xodimining;
-
farmasevt xodimning
-
yuristning;
-
o‘qituvchining va hokazolar ahloqi.
Deontologiya - kasbiy burch xavddagi fan. Deontologiya - bu etikaning bir qismi.
Deon (yunoncha) - bo‘lishi lozim, logos - ta'limot demakdir. Shifokor va farmasevt
faoliyati, inson salomatligini mustahkamlashga qaratilganligidan farmasevtik
deontologiya tibbiy deontologiya bilan uzviy bog‘liq. Farmasevt bemor va
atrofdagilar bilan xushmuomalada bo‘lishi, sekin gapirishi, o‘z ishini tez va sifatli
qilishi, ish joyini toza, saranjom tutishi, yumushini tashlab ketmasligi, hujjatlarni
qonuniy yuritishi, kasb sirlarini saqlashi lozim.
U hamisha ish kiyimida, sochlar qalpoq ostiga yig‘ilgan, tirnoqlari kalta olingan,
ish vaqtida har xil taqinchoqlar taqmagan bo‘lishi kerak. Farmasevt Hamma
bemorga kelib chiqishi, dunyoqarashi, yoshi, jinsi millatidan qat'iy nazar bir xil
namunali xizmat ko‘rsatishi shart. Doimo o‘z ustida ishlab, bilimini va amaliy
ko‘nikmalarini oshirib borishi zarur.
Farmasevtik deontologiya farmasevtlarning jamiyat, bemorlar, shifokorlar va
hamkasabalar bilan o‘zaro munosabatlari masalalarini o‘z ichiga oladi. Dorixonaga
murojaat etuvchilarning o‘zaro munosabati farmasevtik deontologiyaning bosh
yo‘nalishidir.
Azaldan farmasevtlarning ahloqiy va ma'naviy jihatlariga alohida talablar
qo‘yilgan va bu kasb egasi o‘z navbatida jamiyatga, hamkasblariga, bemorlarga
nisbatan ma'lum bir ahloqiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Bemorlar bilan muloqotdagi deontologik me'yorlarga quyidagi talablar quyiladi:
-
tashqi qiyofa (bejirim tashki qiyofa bemorlarning ishonch bilan qarashiga
sharoit hozirlaydi);
-
fe'l-atvor (bemorlar bilan munosabatda bo‘lganda ularga diqqat bilan e'tibor
berish va o‘zini tuta bilish zarur);
-
nutq (ko‘p hollarda shirinsuhanlik doriga nisbatan yaxshiroq davolaydi,
o‘ylanmay aytilgan so‘z esa, bemorni farmasevtga bo‘lgan ishonchiga putur
yetkazishi mumkin);
-
bemorni tinglay bilish, uning holiga achinish, o‘zgalar qayg‘usiga
hamdardlik - deontologiyaning muhim talabidir.
Bundan tashqari, farmasevtning diqqat bilan e'tibor bermasligi bemor ruhiyatiga
zarar yetkazadi;
-
dori vositalarni estetik rasmiylashtirish (bemorni tayyorlangan dorilarga
ishonchini mustahkamlash maqsadida dorilarni rasmiylashtirishga e'tibor berish
zarur. Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan, o‘ziga jalb etmaydigan dori bemorda uning
sifatiga shubha tug‘diradi);
-
bemordan ba'zi noxush ma'lumotlarni sir saqlash (xastalik jarayoniga va uni
davolashga ijobiy ta'sir etishi mumkin. Xastalikni emas balki dorining muntazam
ta'sirini ko‘rsatish tavsiya etiladi);
-
malaka oshirish (nihoyat, oqibatda inson salomatligi farmasevt xodim
malakasining darajasiga bog‘liqligi boisidan ham, ish usullarini takomillashtirish
deontologiya omillar orasida muhim o‘rin tutadi. Farmasevt ishida yo‘l qo‘yilgan
xato tuzatilmas, qayg‘uli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini doim yodida tutishi
lozim);
-
dorixona xodimi dorilarni qabul qilish qoidalarini batafsil tushuntirishi,
dorilarning qo‘shimcha ta'sirlari haqida bemorni ogohlantirishi lozim.
Deontologiyada farmasevt bilan shifokor o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga muhim
o‘rin ajratiladi. Farmasevtlar shifokorlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan holda faoliyat
ko‘rsatishlari
lozim.
Farmasevtlarning
shifokorlar
bilan
aloqasini
mustahkamlanishi dorixonada axborot ishini yaxshilaydi.
Bemorning davolanishga bo‘lgan ishonchini saqlab qolish maqsadida farmasevt
shifokor fikrini qo‘llab-quvvatlashi kerak.
Farmasevt ahloqi va deontologiyasining asosiy vazifalari
Farmasevt shlosining asosiy vazifalaridan biri - jamiyat va bemor kishi salomatligi
yulida holis mehnat qilish, hamisha va har qanday sharoitda ham tibbiy yordam
ko‘rsatish, bemorga diqqat-e'tibor, g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishdir.
O‘zining barcha xatti-harakatlarida yuksak insoniy qoidalarga rioya qilish,
farmasevt xodimining yuksak vazifasini anglash, o‘z Vataniga mehr-muxabbat va
sadoqatni, burchiga sodiqlikni tarbiyalash, yuksak insonparvar kasbning olijanob
an'analarini saqlash hamda ko‘paytirishdan iboratdir. Buyuk allomalar fikricha,
ahloqda diyonat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, intizom, vijdon, burch, javobgarlik,
mas'uliyat, iffat, hayo, idrok, hayrixohlik, sadoqat, muxabbat, qadr-qimmat,
nomus, xulq-atvor, baxt kabi insoniy hislatlar mujassamlashgandir. Yuksak
ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan farmasevt xodimi o‘z burchini aniq va sifatli
bajaradi.
Farmasevt xodimlar bemor bilan muomala qilishda ahloq qoidalariga amal
qilishdan tashqari, sabr-toqat bilan va o‘zini tuta bilishi ham kerak. Farmasevt
shifokor bilan bemor o‘rtasida ishonchni yaratishi, shifokor va farmasevtlarning
obro‘-e'tiborini oshirishga hissa qo‘shishi kerak.
Farmasevt deontologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
tibbiyot va farmasevt xodimlar xulq-atvorining natijasini yana ham
oshirishga qaratilgan qoidalarni o‘rganish;
-
farmasevtika sohasidagi noqulay omillarga chek qo‘yish;
-
farmasevt xodimlar bilan bemorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni
o‘rganish;
-
samarali bo‘lmagan farmasevtik faoliyatining zararli oqibatlarini tugatish.
Korxona rahbari yoki dorixona mudirining topshiriqlari, ko‘rsatmalarini o‘z
vaqtida aniq bekamu-ko‘st, vijdonan bajarishi hamda kasbiy faoliyatining ahloqiy
asoslarini va madaniyatini yuksaklikka ko‘tarishni tadbiq etish farmasevtning
asosiy deontologik vazifalaridan biridir.
Dorixona jamoasi va uning ijtimoiy-ruhiy muhiti
Jamiyatimizning asosiy bir ligi mexnat jamoasidir. Jamoadagi barcha a'zolarni
uning rax,bari ostidagi jipsligi, dustona uzaro munosabatlari, bir-birlarini hurmat
qilishlari, oshkora samimiy tanqid ishning sifatini oshiradi.
Shuning uchun ham ko‘p hollarda farmasevtik deontologiyada mehnat jamoasidagi
shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, kasbiy tayyorgarlik darajasi,
muassasadagi anik sharoit, ma'lum holatda rahbar shaxs, uning uslubiy tomonidan
belgilanuvchi ahloqiy muhit alohida o‘rin tutadi.
Farmasevtik muassasalarning ruhiy muhitiga alohida talab qo‘yiladi. Bu yerda na
bemorlarga nisbatan, na hamkasblarga nisbatan qo‘pollik o‘rinsiz harakat va
e'tiborsizlikka yo‘l qo‘yilmaydi.
Bir jon, bir tan bo‘lib ishlovchi ahil jamoani shakllantirish, unda mehnat uchun
sog‘lom muhitni yaratish rahbarning muhim vazifalaridan biridir. Jamoani
uyushtirish uchun rahbar rasmiy va norasmiy munosabatlarni e'tiborga olib,
xodimlar o‘rtasida o‘zaro aloqa va munosabatlar o‘rnatilishini ta'minlashi kerak.
Agar rasmiy tizim jamoa a'zolarining ma'muriyat tomonidan biriktirilgan
aloqalarini tasvirlasa, norasmiy aloqalar shaxsiy xush ko‘rish va xush ko‘rmaslik,
manfaatlar umumiyligi, harakterlar mushtarakligi, bir- birini tushunish kabilar
asosida tashkil topadi. Ular o‘ta mos yoki yaqin kelganda nuxsonsiz ideal holat
hisoblanadi.
Modomiki, dorixonada ishlovchilarning ko‘pchiligi xotin-qizlar tashkil k;ilar ekan,
ularning o‘ziga xos ruhiyati nazarda tutilishi lozim. Shuningdek, xodimlarning
yoshi, mehnat staji, faoliyatining tavsifi, ma'lumoti, oilaviy ax;voli kabilar ham
e'tiborga olinadi. Masalan, turli yoshdagi kishilardan tashkil topgan jamoalarda -
intizom yuqori darajada ustozlar g‘amxo‘rligi tufayli yoshlarda tezrok o‘sish kuzga
tashlanadi, ruhiy va ruhiy-jismoniy mos kelishlik muammosi osonlik bilan
yechiladi.
Mehnat jamoasida talab darajasidagi o‘zaro munosabatlar xodimlar qo‘nimsizligi,
kelishmovchilik kabi ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olib, ularning salomatligi va
o‘zlarini his etishlariga ijobiy ta'sir etadi.
Jamoani boshqarish jarayonida rahbarning ahamiyati va tadbirkorlik ahloqi
Rahbar jamoadagi asabiy tanglikni bartaraf eta bilishi lozim. X,ar bir
kelishmovchilik tahlil etiladi va eng muhimi uni keltirib chiqaruvchi sabablar
bartaraf etiladi. Kelishmovchiliklar tabiatiga ko‘ra, ishlab chiqarish va shaxsiy
xarakterga ega. Mehnatni tashkil etish va me'yorlashdagi kamchiliklar, xususan,
xodimning qaysi ishni, qanday hajmda bajarilishi lozimligi haqida aniq tasavvurga
ega emasligi, rahbarning noo‘rin harakatlari, jamoa a'zolari o‘rtasidagi nomoslik
kelishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Kelishmovchiliklarni hal etishning ikki usuli mavjud: pedagogik va ma'muriy.
Ishontirish usuli asosiy pedagogik usulidir.
Hozirgi zamon rahbarining faoliyatida ijtimoiy vazifalarni hal eta olish, odamlar
bilan ishlay olish, jamoada mehnat natijalaridan ma'naviy- ahloqiy va moddiy
manfaatdorlikni vujudga keltirish, xodimlarga topshirilgan ish uchun ma'suliyat
xissini tarbiyalash qobiliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Dorixona rahbari, ishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik uchun jazoni qo‘l ostidagi xodim
tomonidan adolatli deb qabul qilinishiga ishonch hosil qilgandagina beradi. Jazoni
tee-tez qo‘llash rahbarning qat'iyatsizligidan, uning bo‘shligidan va ishni tashkil
eta olmasligidan guvohlik beradi.
Xodimni maqtash, har doim jamoa oldida bo‘lishi, beriladigan tanbex esa uning
izzat-nafsoniyatiga tegmasligi va qadr-qiymatini kamsitmasligi lozimligini yodda
tutish kerak. Qo‘l ostida ishlayotgan har bir kishi shaxsini xurmat qilish,
xodimlarga nisbatan qo‘pollikka yo‘l qo‘ymasligi zarur. Rahbarni qo‘l ostidagilar
tomonidan qilingan tanqidga qanday qarashi uning faoliyatining muhim qirrasidir.
Agar rahbar tanqid qiluvchiga emas, o‘ziga nisbatan chora ko‘rib, xatolarini tuzatar
ekan, bu uning yetuklik sinoviga bergan bardoshi. Tanqid muammosi - qo‘l
ostidagi xodimning fikriga, uning tashabbusiga hurmat muammosidir.
Rahbarning yaxshi tashkilotchiligida hamma tarmoqlarda ahil, intizomli,
mehnatsevar jamoa shakllanadi.
O‘ta rivojlangan ishbilarmon o‘z mehnatini faqat o‘zi uchungina emas, balki
boshqalar uchun, jamiyat va davlat uchun ham foydali ekaniga ishonadi.
Ishbilarmon rahbarning ish uslubidan:
-
raqqobat zaruriyatini e'tirof etadi, hamkorlik lozimligini tushunadi;
-
har bir shaxsni o‘zi kabi xurmat qiladi;
-
mulkning har bir shaklini, davlat hokimiyatini, ijtimoiy tartibni, qonunlarni
xurmat qiladi;
-
ma'rifatni, fan va texnikani, informatikani, madaniyatni qadrlaydi,
ekologiyani xurmat qiladi.
-
yangiliklarni ishga takdim etishga intiladi.
Tadbirkorlik ahloqi - butun dunyo ishbilarmonlarining amaliyotida kup yillar
davomida orttirilgan tajribalardan kelib chikdan xatti-xarakat me'yorlarining
majmuidir. Bunday me'yorlarning uzagi - xalk;aro xushmuomalalik tamoyillaridir,
boshqacha aytganda, nimaiki hamkor davlat timsoli va vakili bo‘lsa, hammasini
qat'iy hurmatlash va yod etishdan iborat.
“Har kanday sharoitda ham xodimlaringizni, buyurtmachilaringizni, nazoratchi
hokimiyatni,
aksiyadorlaringizni,
boshlig‘ingizni,
hamkasabalaringizni,
ta'minlovchilaringizni, hatto raqiblaringizni ham hech qachon aldamang”.
Tadbirkorning bu burchlarini amerikalik menejer Robert Cheyz o‘zining
“Boshqarish sirlari” degan kitobida aytib o‘tgan. Biznesda halollik - har qanday
amaliy munosabatlarning zaminidir. Unga bepisandlik qilish oxir - oqibatda
obro‘ni yo‘qotishga olib keladi. Obro‘ni bir marta yo‘qotgandan keyin, qayta
tiklash juda qiyin.
Ishonch - tadbirkorlik amaliyotining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, uning
ahamiyati ortib borayapti. O‘zaro ishonch juda muhim omil. Ishbilarmonlik
munosabatlarida ikki pog‘ona mavjud: rasmiy va norasmiy. Rasmiylari o‘zaro
tuzilgan
turli
kelishuvlar,
shartnomalarga
asoslanib,
sheriklarining,
sotuvchilarning, xaridorlar va boshqalarning huquqlarini aks ettiradi. Norasmiylari
o‘zaro munosabatlar jarayonida shakllanib qoladi va hech qanday yozma
majburiyatlar bilan bog‘lik bulmasligi mumkin. Bunday xolda umumiy ishning
yutugi hamkorlar urtasidagi uzaro ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Madaniylashgan
tadbirkorlik
odobining
shakllanish
shart-sharoitlari
kuyidagilardan iborat:
-
siyosiy va iktisodiy erkinlik, demokratik davlat, ko‘p partiyaviylik, so‘z,
matbuot va e'tiqod erkinligi, tovar ishlab chiqaruvchilarning erkin raqobati,
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda istalgan jismoniy va huquqiy
shaxslarning tengligi, iste'molchining mustaqilligi va shu kabilar;
-
barqarorlik - kuchli ijrochi hokimiyat, siyosiy kurashning parlament
vositalari, qonunlarning barqarorligi;
-
tashviqot - ommaviy axborot vositalari yordamida muvoffaqiyat
qozonayotgan, yuksak ma'naviy tamoyillarni egallagan ishbilarmon qiyofasini
yaratish, poraxo‘rlik, ta'magirlik, noxalol raqobatni qoralash;
-
huquq - nafakat tadbirkor faoliyatini cheklab qo‘yadigan eng umumiy,
ijtimoiy standart hatti-harakatlarini me'yorlarini belgilaydi, balki undan kam
bo‘lmagan darajada mamlakat biznesida uchraydigan salbiy xodisalar bilan
kurashish hamdir.
Uyushma - tadbirkorlarning kasaba uyushmalarini yaratish. Ular a'zoliylik
darajasiga baho berishda xolis turishlari va guruh ma'naviyati me'yorlari buzulgan
paytda eng qat'iy choralar ko‘rishlari lozim.
“Biznesda toza qo‘l, moslashuvchanlik, tadbirkorlik, xalollik - jamiyatga xizmat
kiladi”.
D.Kornegi va boshka mashhur kishilarning nasihatlarini o‘rganing. Ularni kundalik
va ish bilan bog‘liq xdyotimizning me'yori va tamoyili k;ilib oling. Birok; uzil-
kesil koidalar bilan bir katorda bizning endi oyokka turatgan biznesimizda ishni
yaxshi yurtishning yashirin nozik tomonlari uchraydi. Ularni ko‘ra bilish va ular
yetuk uslubga aylanishiga ko‘maklashish - amaliy munosabatlar nazariyasining
masalalaridan biri. Shuning uchun ham ish munosabatlarining tadbirkorlik
amaliyotida nazariy jihatdan hali shakllanib ulgurmagan uslubini me'yorlashtirish
o‘rinli emas.
Tadbirkorning 80-90% vaqti muloqotlarga sarf bo‘ladi. Tadbirkor bo‘lish -
muloqot ila olish demakdir.
Amaliy va ishchan munosabatning asosiy vazifasi - hamkorlik. Xdmkorlik
sheriklarning uzlarini bir-birlariga tanishtirishdan boshlanadi. Shuni unutmaslik
kerakki, bunday paytda xar bir tomonning xayolida sherigi haqida: “Bu aslida kim
uzi?” degan savol tugiladi. Shu savolga javob bera turib, biz munosabat turini
tanlaymiz. Agar uzini tanishtirish amalda isbotlanmasa, kungil soviydi,
munosabatlar uzilishiga boradi. Sheriklar bir-birining xatosi va kamchiliklariga kuz
yumishlari mumkin, lekin bularni kechirmaydilar. Shuning uchun ishchan
munosabatning muhim tamoyillaridan biri - so‘zning ustidan chikish va amalda
isbotlashdir.
Ishchan munosabatning aksariyat qismi muzokaralardan iborat. Muzokara
mahorati ham - fan va san'at. Muzokara usullarini o‘rganish kerak. Suhbat
mavzuidan qat'iy nazar bu usullari bir xil.
Muzokara - kundalik hayotimizning omili. O‘z maqsadlarimizga erishish uchun biz
hamma yerda turli sabablar bilan gaplashamiz. Biz ko‘pincha yomon gaplashamiz.
Betoqat, xudbin, yon bermaydigan bo‘lib, ikkinchi tomonning manfaatlarini
hisobga olmasdan ko‘pincha munosabatni buzib qo‘yamiz.
Xulosada shuni ta'kidlash joizki, odob muammolari hamma mamlakatda (milliy,
xududiy, mahalliy) muhim o‘rin tutadi. Eski muammolar: korrupsiya manfaatlar
kurashi, beodoblik, kamsitish kabilar bilan bir qatorda, xususiylashtirish,
mustaqillik, axborot texnologiyasi va boshka yangiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan
yangi muammolar yuzaga keladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmon quyidagi hollarda: stul atrofida,
jamoat, mehmondorchilik tashriflarida, jamoat joylarida va kuchada, chet ellik
deligasiyani qabul qilish vaqtida, tabriklar va tanishuvlarda, deligasiyani kutib
olish jarayonida, avtomobillarga o‘tkazish vaqtida, ishtirokchilarni muzokaralar
stoli tevaragiga joylashtirishda, rasmiy shaxslar bilan telefon orqkali gaplashishda,
ishbilarmonlar qkabulida, yangi xodimni hamkasblarga tanishtirishda va
hokazolarda ishbilarmonlik odobi me'yorlariga rioya qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |