ZAMONAVIY ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARIDA ELEKTR
ENERGIYA ISHLAB CHIQARISHNING IQTISODIY ASOSLARI
Z.Z. To’ychiyev, B.B.Boynazarov, N.D Jaloliddinova
Farg’ona politexnika instituti
Elektr energiya ishlab chiqarishni XXI asrga kelib an-anaviy bo’lmagan
yangi usullari ko’payib kelmoqda. Bunga asosiy sabab sifatida birlamch iyoqilg’i
manbaalarini zaxiralari keskin qisqarib borishi ko’rsatilib kelinmoqda. Elektr
energiya ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan energiya manbaalari orqali elektr
energiya ishlab chiqarish ulishi ham ortib bormoqda, albatta bu quvonarli hol, lekin
juda ko’p davlatlarda asosiy elektr energiyani aynan bugungi kunda ham birlamchi
yoqilg’i hisobiga elektr energiya ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalari ishlab
chiqarib bermoqda. Shunday ekan issiqlik elektr stansiyalarida an-anaviy turdagi
Kondensatsion issiqlik elektr stansiyalaridan (KES) ko’ra zamonaviy Bug‘-gaz va
gaz-turbina qurilmali issiqlik elektr stansiyalar iqtisodiy samarador hisoblanadi.
Iqtisodiy samaradorlikni energiya balansi orqali ham ko’rishimiz mumkun.
Kondensatsion issiqlik elektr stansiyasining (KES) issiqlik balansi.
KESda energiyaning ko‘p sonli o‘zgartirilishi amalga oshiriladi va bunda isroflar
yuz beradi. Yoqilg‘ining kimyoviy energiyasini elektr energiyasiga aylantirishning
iqtisodiyligi va har bir bosqichdagi isrofni elektrstansiyasining issiqlik balansidan
aniqlash mumkin (2.6-rasm). Agar yoqilg‘ining kamerada yonishi natijasida hosil
bo‘luvchi issiqlik energiyasini 100% deb olsak, uning taxminan 30% qismi elektr
energiyaga aylantiriladi, qozon qurilmasida 12%, quvurlarda 2%,
turbogenerator (elektrgeneratori)da 6% va kondensatorda 50% energiya isrof
bo‘ladi.
Kondensatsion issiqlik elektr stansiyasining taxminiy issiqlik balansi.
Bug‘-gazqurilmasi (BGQ) tuzilishi bo‘yicha ikkita qismga gaz-turbina va
bug‘-turbina qismlaridan iborat bo‘ladi. Bunga mos holda ularda yoqilg‘ining
yonishida paydo bo‘luvchi issiqlik energiyasi ikkita bosqichda elektr energiyasiga
aylantiriladi. Ularda mavjud texnologiya bo‘yicha gaz yoki suyuq yoqilg‘idan
foydalaniladi.
Bug‘-gaz qurilmali IESning ish jarayonini prinsipial sxemasi quyidagi rasmda
tasvirlangan. Yonish kamerasida yonishdan hosil bo‘lgan mahsulot gaz-turbina va
mosholda elektr generatori rotorlarini harakatlantirib, elektr energiya ishlab
chiqaradi (1- bosqich). Bunda gaz-turbinaning foydali ish koeffitsiyenti 0,3
(samaradorligi 30%) dan ortiqroq bo‘ladi. Gaz-turbinadan chiquvchi gaz hali
o‘zining yuqori haroratini saqlab qolgani holda, issiqlik almashtirgich, ya’ni qozon-
475
utilizator (bug‘ generatori)ga yuboriladi. Bu yerda bug‘ 500
0
Cga chaqizishi
natijasida uning bosimi 80 atmosferagacha yetadi. Hosil bo‘lgan bunday
parametrdagi bug‘ yordamida bug‘-turbinasi va navbatdagi elektr generatorining
rotorlari harakatga keltiriladi (2-bosqich). Bu yerda birlamchi energiyaning 20-30%
qismi elektr energiyasiga aylantiriladi.
Bug‘-turbinasidan chiqqan suv bug‘I an’anaviy kondensatsion IESlardagi
singari kondensatorda kondensatsiyalanib, qaytadan bug‘ generatoriga haydaladi.
Shunday qilib, butun BGQning foydali ish koeffitsiyenti taxminan 0,6
(samaradorligi 60%) ni tashkil etadi.
Bunday kombinatsiyalangan texnologiya elektr energiya ishlab chiqarish
uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘I sarfini an-anaviy kondensatsion siklda ishlaydigan
qurilmalardagiga nisbatan sezilarli darajada kamaytiradi. Buni ushbu qurilmalarning
samaradorliklari va ularda shartli yoqilg‘ining solishtirma sarfini taqqoslash orqali
aniq ko‘rish mumkin: BGQning samaradorligi 50-60% bo‘lib, ularda shartli
yoqilg‘ining solishtirma sarfi 200-240 g/kVt.soat bo‘lsa, an-anaviy kondensatsion
siklda ishlovchi qurimalar uchun bu ko‘rsatkichlar mosholda 32-38% va 320-360
g/kVt.soatni tashkil etadi.
BGQning ikkala qismi mustaqil, ya’ni oddiy gaz-turbina qurilmasi (GTQ) va
kondensatsion IES sifatida alohida ishlatilishi mumkin. Qurilmaning bunday
xususiyatidan uning qismlaridan birini ta’mirlash davrida foydalanish mumkin.
Bug‘-gaz qurilmali IES ishlash jarayonining prinsipial sxemasi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki zamonaviy issiqlik elektr
stansiyalarda elektr energiya ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan samarador eken.
Bunday turdagi issiqlik elektr stansiyalarni ulushini orttirish energetika tizimini
asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
476
Do'stlaringiz bilan baham: |