G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Qiyosiy  pedagogika  taraqqiyotining  ikkinchi  bosqichi  –  ilmiy  qiyosiy



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/169
Sana26.07.2021
Hajmi1,32 Mb.
#129653
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   169
Bog'liq
qiyosiy pedagogika (1)

Qiyosiy  pedagogika  taraqqiyotining  ikkinchi  bosqichi  –  ilmiy  qiyosiy 
pedagogikaning paydo bo’lishi (XIX asr oxiridan XX asr boshlarigacha).   Bu 
davrda  qiyosiy  pedagogika  fan  sifatida  ilmiy asoslandi va pedagogikaning mustaqil 
sohasiga  aylandi.  Mohiyatan  olib  qaraganda,  bu  davr  qiyosiy  pedagogikaning 
alohida  fan  sohasi  sifatida  pedagogik  hodisalarni  ilmiy  asosda  o‘rgana  boshlangan  
ilk  davri  edi,  desak  xato  bo‘lmaydi.  Bu  davrda  turli  davlatlarning  ta‘lim  tizimidagi 
rivojlanish  tendensiyalari  va  qonuniyatlari  ajratila  boshlandi,  ularning  ilk  qiyosiy 
tahliliga  ilmiy  yondashildi.  
 
Ayrim  Yevropa  pedagoglari  XIX  asrda  ta‘lim  taraqqiyotining  xorij 
tajribasini  diqqat  bilan  o‘rgandilar.  Bu  tajribalardan  o‘z  mamlakatlarida  maktab 
ishlarini  yaxshilashda  foydalanishga  harakat  qilishdi.  Bu  izlanishlar  ta‘limda 
statistika  mavjud  emasligi,  maktab  qonunchiligi  va  pedagogik  hujjatlalarni 
yuritishni  tizimlashtirish,  materiallarning  kamchiliklari  tufayli  katta  muammoga 
duch  keldi.  Xorijiy  ta‘lim bilan tanishuv asosan «pedagogik sayohat» tarzida, ya‘ni 
pedagoglarning  xorijiy  mamlakatlarga  tashrifi  orqali  amalga  oshirilgan.  Bunday 
tadbirlar  ko‘pincha  shaxsiy  tashabbus  natijasida  yuzaga  kelgan.  Lekin  ba‘zida 
hukumat  topishirig‘i  bilan  amalga  oshirilgan  «sayohat»lar  qayd  etilgan,  chunki 
ta‘lim  taraqqiyoti  masalalari  asta-sekin  davlat  hokimiyati  etiborini  o‘ziga  jalb  qila 
boshlagan.  
―Vaterlo  yonidagi  jang  Itona  sport  maydonlarida  yutilgan  edi‖,  ―Sad 
yonidagi  jangda  pruss  maktab o‘qituvchisi g‘olib chiqdi‖. Bular ingliz qo‘mondoni 
gersog  Vellington  va  nemis  konsleri  Bismarkning  mashhur  iboralari  bo‘lib,  XIX 
asrdayoq  Yevropa  davlatlarining  yetakchi  arboblari  maktab  ahamiyatini  ―katta 
siyosat‖dagi  dastaklardan  biri  sifatida  tushunganligini  isbotlaydi.  Deyarli  barcha 
Yevropa  mamlakatlarida  maktab  islohoti  amalga  oshirildi.  Bu  mamlakatlarning 
islohotchilari  quyidagi  savollarga  javob topishi kerak edi.   
Milliy  ta‘lim  tizimida  qanday  turdagi  o‘quv  muassasalarini  tashkil  qilish 
kerak? 
Ta‘lim  tizimini  nazorat  qilish  vakolatini  kimga  berish  kerak-davlatgami, 
cherkovgami,  o‘quvchilarning  ota - onasigami?    
Ta‘lim qay yo‘sinda moliyalashtiriladi?  Mumkinmi? 
Markaziy  va mahalliy  hokimiyat  bog‘liqligi   qanday bo‘ladi? 


 
17 
Turli  shakldagi  o‘quv  muassasalari  uchun  o‘qituvchilar  qanday 
tayyorlanashi  kerak?  Tabiiyki,  hukumat  va  pedagogik  jamiyat  xorij  tajribasi  haqida 
ishonchli  va  batafsil  ma‘lumot  olishga    qiziqish  bildiradi.  Lekin  ularning  bari 
qiyosiy-pedagogik  tadqiqotlar sohasidagi dastlabki urinishlar  edi, xolos. 
   XIX  asr  ishlab  chiqarish  inqilobi  hamda  ishlab  chiqarish  mehnati  va 
urbanizastiya  sharoitida  fan  va  maorif  yuqori  sur‘atlarda  rivojlana  boshladi.  Aynan 
an  shu  davrda  fan  kasbiy  xususiyatga  ega  bo‘la  boshladi.  Dastlabki  davriy  ilmiy 
jurnallar  chop  etila  boshlandi,  bilimlarni  tizimlashtirish  jarayoni  ham  keng  quloch 
yozdi, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida  ensiklopediyalar  chop etildi.  
 
Ishlab  chiqarishning  rivojlanishi  bilan  bolalarni  maktablarga  keng  jalb  etish 
va  kasbiy  ta‘limni  tashkil  etish  borasida ilk qadamlar qo‘yildi, ko‘pgina davlatlarda 
xalq  maorifining  davlat  asoslari  yaratildi.  Aynan  shu  davrda  ko‘pgina  yirik 
rivojlangan  davlatlar  –  AQSH  (1852),  Buyuk  Britaniya  (1870),  Fransiya  (1882)da  
majburiy    maktab  ta‘limiga  o‘tila  boshlandi.  Dastlabki  qiyosiy  pedagogika  va 
qiyosiy  ta‘lim  markazlari  –  milliy  va  xalqaro  axborot  muassasalari  paydo  bo‘la 
boshladi.  Bu  erda    turli  mamlakatlardagi  ta‘lim  tizimi  to‘g‘risida  axborotlar 
tanlanib,  tahlil  qilinar  edi  (Vashintondagi  maoriy  xizmati  (1866),  Parijdagi 
pedagogika Muzeyi  (1879)  va b.). 
 
XIX  asrda  ko‘pgina  milliy  ta‘lim  tizimlarida  islohotlar  o‘tkazila  boshlanadi. 
Ular  quyidagi  shart-sharoitlar  bilan  bog‘liq  holda  amalga  oshiriladi:  birinchidan, 
boshlang‘ich  maktab  ta‘limini  joriy  etish  va  takomillashtirish  zarurati.  Bu 
rivojlangan  industrial  davlatlarda  muayyan  yoshdagi  bolalar  uchun,  ularning 
ijtimoiy  mavqeyi  va  moddiy  ta‘minlanganlik  darajasidan  qat‘iy  nazar  boshlang‘ich 
ta‘limning  majburiyligi,  ya‘ni  boshlang‘ich  ta‘lim  davlat  tizimini  barpo  etishga 
olib  keldi.  Ikkinchidan,  turli  davlatlarning  maktablarida  mazmuniy,  tashkiliy  va 
metodik  ko‘lamdagi  salmoqli  o‘zgarishlarning  sodir  bo‘la  boshlaganligi. 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish