G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/169
Sana26.07.2021
Hajmi1,32 Mb.
#129653
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   169
Bog'liq
qiyosiy pedagogika (1)

davrlardan XIX arsgacha.  
Bu  davr  qiyosiy-pedagogik  tadqiqotlar  rivojlanishining  boshlang‘ich 
bosqichi  hisoblanadi.  Yoki  bu  davrni  boshqacha  qilib,  falsafiy  davr  deb  atash 
mumkin.  Chunki  barcha  muammolar  falsafa  fani  doirasida  ko‘rilgan.  Turli 
mamlakatlarda  ta‘lim-tarbiya  masalalari,  ya‘ni  ―Ular  qanday  o‘qitadilar?‖  degan 
savol  qadim  davrlardanoq  ko‘pchilikni  qiziqtirib  kelgan.  Ko‘pgina  davlatlar  o‘z 
bolalarini,  yosh  avlodni  tarbiyalash  uchun  qo‘shni  davlatlarning  tajribalarini  ham 
qo‘llaganlar.  Masalan,  qadimgi  grek  faylasufi  Platon  spartaliklarning  tarbiya 
metodlarini  o‘z  vatani  Afina  maktablarida  qo‘llash  imkoniyatlarini  ochib  bergan. 
Qadimgi  Rim  tarixchisi  Tastit  esa  o‘zining  ―Nemislarning  kelib  chiqishi  va 
Germaniyaning  joylashgan  o‘rni‖    deb  nomlangan  asarida  o‘sha  vaqtlardagi  nemis 
qabilalarida  bolalar  va  yoshlar  tarbiyasining  o‘ziga  xos  jihatlarini  bayon  etadi. 
Qadimgi  yunon  tarixchisi  Gerodotning  ―Tarix‖  kitobida  qadimgi  forslar,  saklar, 
massagetlarning  ta‘lim-tarbiyaviy  qarashlariga  oid  muhim  ma‘lumotlar  berilgan. 
Bunda  forslarning  eng  sharaflaydigan  narsasi  jasurlik  ekanligi,  shunga  ko‘ra  ular 
oilada  ko‘p  o‘g‘illarning  bo‘lishidan  faxrlanishlari  va  o‘g‘il  bolalar  tarbiyasiga 
alohida  e‘tibor  berilishini  ta‘kidlaydi.  Faylasuf  forslarning  zodagon  yoshlari 
tarbiyasi  xususiyatlarini  tasvirlar  ekan,  yunon  yoshlarini  tarbiyalashning  o‘ziga  xos 
xususiyatlarini  shakllantirishda  ulardan o‘rnak olishni  maslahat  beradi.  
Ammo  bular  qisqa  va  unchalik  dalillanmagan  kuzatishlar  bo‘lib,  etnografik 
yoki  tarixiy  xotiralarda  izini  qoldirgan  xolos.  Shuning  uchun  bunday  kuzatishlarni 
o‘sha  davrga  xos  bo‘lgan  ilmiy  tasavvurlar  doirasiga  kiritish  qiyin.  Deyarli 


 
15 
dunyoning  barcha  faylasuflarini  yosh  avlod  tarbiyasi  qiziqtirgan va bu to‘g‘risidagi 
o‘z  qarashlarini  ular  qo‘shni  davlat  urf-odatlari  va  an‘analarini  taqqoslagan  holda 
bayon  etganlar.  Ularning  ba‘zilari  bevosita  ta‘lim-tarbiya  ishiga  ishtirok  etganlar. 
Masalan,  Djon Lokk (Angliya)  yoki Konfustiy (Xitoy).   
Sharq  Uyg‘onish  davri  yirik  mutafakkiri  Abu  Nasr  Forobiy  o‘zining  ―Fozil 
odamlar  shahri‖  nomli  asarida  ta‘lim  –  tarbiyaga,  inson  kamolotiga  munosabat 
nuqtai  nazaridan  ikki  xil  shahar  yoki  mamlakat  –  fozil  hamda  johil  odamlar 
shahrini  o‘zaro  qiyoslaydi.  Ta‘lim-tarbiya  borasidagi  eng  nodir  va  qimmatli 
tajribalarni  ―Fozil  shahar‖  timsolida  ko‘rsatsa,  ta‘lim-tarbiya  borasidagi  eng 
nomaqbul  va  xunuk  hodisalarni  (didaktogeniya)  ―Johil  odamlar  shahri‖  misolida 
ko‘rsatadi.  Yusuf  Xos  Hojibning  ―Qutadg‘u  bilig‖  asari  ham  komil  inson tarbiyasi 
to‘g‘risidagi  eng  qimmatli  qadriyatlarni  o‘zida  mujassamlashtiradi.  Alisher 
Navoiyning  ―Mahbub  ul-qulub‖  asarida  ham  ta‘lim,  tarbiya,  mudarris,  dars, 
komillik,  ilm,  kasb-hunar  to‘g‘risigi  g‘oyalar  bayon  etiladi.  Bunda  mudarris  va 
shogird munosabatlari  odobi to‘g‘risida qimmatli  ma‘lumotlar  keltiriladi.    
O‘rta  asrlarda  G‘arbiy  Yevropadagi  madaniy  vaziyat  ta‘lim-tarbiya 
sohasining  xalqaro  qiyoslashga  qiziqishini  muvofiqlashtirmagan  edi.  Ming  yillar 
davomida  ta‘limda  ham  boshqa  madaniy  sohalar  kabi  cherkov  yakka  hokimligi 
mavjud  bo‘lib,  o‘qitishning  asosiy  tili  hisoblangan.  Buning  natijasida  turli 
mamlakatlarda  o‘quv  muassasalari  tashkil  qilinishi;  ta‘lim  maqsadi,  metod  iva 
mazmuniga  ko‘ra o‘xshash, bir-biridan deyarli  farqlanmagan. 
  
So‘nggi  o‘rta  asrlarda  Yevropa  millatlar  shakllanish  jarayonini  boshdan 
kechirdi.  XVIII  asrga  kelib  bir  qadar  rivojlangan  mamlakatlarda  bu  jarayon  o‘z 
yakuniga  yetdi.  Milliy  birlik  hayotning  turli  sohalarga  va  xalqlarning  milliy 
o‘zligiga  ijobiy  ta‘sir  qildi.  O‘z  navbatida  bu  ta‘sir  madaniyat  va  ta‘lim  sohasida 
ham  kuchli  namoyon  bo‘ldi.  Milliy  tillar  uzluksiz  ravishda  lotin  tilini  siqib  chiqara 
boshladi.  Har  bir  mamlakatning  o‘quv  muassasalari  o‘zining  milliy  xususiyatlarini 
shakllantira  boshladi va cherkovga tobeligi  ancha susaydi.  
O‘rta  asrlarda  Yevropaning  ko‘plab  mamlakatlarida  qo‘shni  mamlakatlarda 
ta‘lim  tizimi  tashkil  qilinishi  bilan  tanishish  ehtiyoji  kuchaydi.  Turli  davlatlardagi 
ta‘lim-tarbiya  tizimi  to‘g‘risidagi  qiyosiy  tahlil  namunalarini  Ya.A.Komenskiy  va 
boshqa  mashhur  pedagoglarning  asarlarida  ham  ko‘rish  mumkin.  Boshlang‘ich 
maktabdan  universitetgacha  bo‘lgan    ta‘lim  tizimining  uzluksiz  strukturasi  va 
tamoyillarini  ishlab  chiqishda  Ya.A.Komenskiy  Chexiya,  Vengriya,  Gollandiya, 
Shvetsiya  kabi  mamlakatlar  tajribasiga  ko‘p  marta  murojaat  qiladi.    Shuningdek, 
badiiy-falsafiy  asarlarda  ham  qiziqarli  ma‘lumotlarni  uchratish  mumkin.  M.Moten 
(Fransiya)  yoki  Chesterfeld  (Angliya)  shular  jumlasidan.  M.Monten  o‘zining 
―Tajribalar‖  deb  nomlangan  asarida  Uyg‘onish  davrida  Fransiyadagi  ta‘lim-
tarbiyaning  o‘ziga  xos  jihatlari  to‘g‘risida  ma‘lumot  beradi.  Uning  bola  shaxsini 
har  tomonlama    shakllanishida  tarbiyaning  va  rivojlantiruvchi  ta‘lim  muhitining 
roli  to‘g‘risidagi  qarashlari  keyinchalik,  D.Lokk    va  J.J.Russo  singari  pedagogika 
fanining  rivojlanishiga  katta  hissa  qo‘shgan  mutafakkirlarning  pedagogik 
qarashlariga  o‘z ta‘sirini o‘tkazdi.  
1641  yilda  ingliz  milliy  ta‘lim  tizimini  shakllantirishda  uning  bilimlaridan 
foydalanish  uchun  Londonga  taklif  qilinadi.  Yirik  mashina  sanoati  yaratilish 


 
16 
davrida  bolalarga  maktab  ta‘limi  berish  keng  tus  oldi.  Kasbiy  ta‘lim  shakllanishiga 
dastlabki  qadamlar  qo‘yildi.  Qator  mamlakatlarda  davlat  ta‘lim  tizimi  asoslari 
yuzaga  kela  boshladi.  Yevropa  pedagogik  tafakkuri  evolyutsiya  bosqichlarida 
XVIII  asr  oxiri  XIX  asr  boshlari  juda  muhim  davr  hisoblanadi.  Bu  esa,  xorijiy 
pedagogik  tajriba  va  uni  milliy  ta‘lim  muammolariga  qiyoslashga  qiziqishni 
kuchaytirdi.  Shu  tarzda  yangi  ilmiy  yo‘nalish-qiyosiy  pedagogika  yuzaga  kelishi 
uchun  obyektiv  manbalar  hosil  bo‘la  boshladi.  Bu  ilmiy  yo‘nalish  ta‘lim-tarbiya‘ni 
xalqaro qiyoslab o‘rganishga ixtisoslashishi  ko‘zda tutilgan  edi.  
Bu  g‘oyalar  pedagogik  fikr  taraqqiyotiga  katta ta‘sir o‘tkazgan bo‘lsada, biz 
ularda  qiyosiy  pedagogikaning  ilmiy  asoslanganligini  ko‘rmaymiz.  Qiyosiy 
pedagogika  fan  sifatida  XIX  asrda  shakllana  boshladiki,  bunga  qator  ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va madaniy  shart-sharoitlar  ta‘sir ko‘rsatdi.  
 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish