48-§. O‘ZGARUVCHAN INDUKSION TOK
Induksion tokning yo‘nalishi
Induksion tokni hosil qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar induksion
tokning yo‘nalishi magnit kuch chiziqlarining vaqt bo‘yicha o‘zgarish
yo‘nalishiga va o‘tkazgich harakatining yo‘nalishiga
bog‘liq ekanini ko‘rsatadi.
Galvanometrga ulangan o‘tkazgich taqasimon
magnit orasida pastga harakat qilsa, hosil bo‘lgan
induksion tok bir tomonga, o‘tkazgich yuqoriga
harakat qilganda esa induksion tok qarama-qarshi
tomonga yo‘naladi (182-rasm). Xuddi shuningdek,
g‘altak ichida magnitni pastga va yuqoriga harakat-
lantirilganda g‘altak chulg‘amlarida hosil bo‘ladigan
induksion tok qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan
bo‘ladi (183-rasm).
186-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |