Magnit maydonning vaqt bo‘yicha o‘zgara- yotgan kuch chiziqlari berk o‘tkazgichni kesib o‘tayotganda o‘tkazgichda elektr tokining hosil bo‘lish hodisasi elek- tromagnit induksiya deb ataladi. Bu hodisa natijasida hosil bo‘lgan tok induksion tok deyiladi. «Induksiya» so‘zi lotinchada «uyg‘otish» ma’nosini
bildiradi.
Induksion elektr maydon O‘tkazgichda elektr maydon ta’sirida elektr toki
hosil bo‘ladi. Yuqorida o‘tkazilgan tajribalarda
o‘tkazgich yoki g‘altakning chulg‘amlari magnit
maydonning o‘zgaruvchan kuch chiziqlarini kesib
o‘tganda elektr maydon hosil bo‘ladi. Bu elektr
maydon o‘tkazgichda (g‘altak chulg‘amlarida)
induksion tokni vujudga keltiradi.
183-rasm
184-rasm
185-rasm
a b d 5– Fizika 8