nduksion tokni hosil qiluvchi elektr maydon induksion elektr
maydon deb ataladi.
Om qonuniga ko‘ra,
tok kuchi kuchlanishga proporsional,
ya’ni I
∼
U.
Demak, induksion tokning kuchiga qarab, induksion elektr maydon
haqida ma’lumot olish mumkin.
183- va 184-rasmlarda tasvirlangan qurilmalar asosida o‘tkazilgan
tajribalarda magnit (g‘altak) qancha tez harakatlantirilsa, induksion tok
kuchi shuncha katta bo‘lishi aniqlangan. Shuningdek, g‘altak chulg‘a-
midagi o‘ramlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, hosil bo‘lgan induksion tok
kuchi shuncha katta bo‘ladi.
Induksion elektr maydon kuchlanishi g‘altakni kesib o‘tayotgan
magnit maydon kuch chiziqlarining o‘zgarish tezligiga va g‘altak
o‘ramlari soniga bog‘liq.
1. Faradey tajribalarining maqsadi nimadan iborat bo‘lgan?
2. 182–185-rasmlar bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalarni va ulardan kelib chiqadigan
xulosalarni tushuntirib bering.
3. Elektromagnit induksiya deb nimaga aytiladi? Induksion tok nima?
4. Induksion elektr maydon deb qanday maydonga aytiladi?
5. Induksion maydon kuchlanishi qanday kattaliklarga bog‘liq?
183-rasmda ko‘rsatilgan tajribani o‘tkazing. Tajriba natijalariga asoslanib, xulosa chiqaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |