Pirovard mahsulot deganda sotish yoki qayta ishlov berish uchun
emas, balki pirovard iste’mol qilish uchun sotib olingan mahsulot
(tovarlar va xizmatlar) tushuniladi. Pirovard mahsulot, ya’ni iste’mol
uchun sotib olingan tovar va xizmatlar bozor qiymati joriy bozor
baholarida hisoblanadi.
YaIM (YaMM) qiymat ko‘rsatkich bo‘lganligi sababli, turli
yillarda ishlab chiqarilgan va tarkibi bo‘yicha har xil tovar (xizmat)lar
hajmini qiyosiy taqqoslash imkonini beradi.
Masalan: iqtisodiyotda birinchi yili 3 ta apelsin va 2 ta olma,
ikkinchi yili 2 ta apelsin va 3 ta olma ishlab chiqarilgan deb faraz
qilsak, ularning qiymatini baholamasdan qaysi yili ishlab chiqarish
hajmi kattaligini aniqlash mumkin emas.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |