2-§. Yalpi ichki mahsulot (YaIM), yalpi milliy mahsulot (YaMM)
va uning harakat shakllari
Yalpi ichki mahsulot (YaIM), resurslar manbaidan qat’i nazar
mamlakat hududida barcha subyektlar (milliy va chet ellik)
tomonidan yil davomida yaratilgan pirovard mahsulot qiymatidir.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) mamlakatning resurslari (yer,
mehnat, kapital, tadbirkorlik) qayerda joylashtirilishidan qat’i nazar, ular
evaziga yaratilgan pirovard mahsulot qiymati (olingan daromad)dan iborat.
YaIM (YaMM) yillik ishlab chiqarishning bozor qiymati
hisoblanib, u o‘z tarkibiga joriy yilda sotilgan tovarlar (xizmatlar) va
zaxirada bo‘lgan barcha mahsulotlarni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |