178
3-§. Inflatsiya, uning turlari va kelib chiqish sabablari
Inflatsiya (lotincha
inflatio – shishirilgan) tushunchasi birinchi
marta shimoliy Amerikada 1861–1865-yillardagi fuqarolar urushi
davrida ishlatilgan va muomaladagi qog‘oz pullarning ko‘payib
ketishini anglatgan.
Iqtisodiy adabiyotlarda bu tushuncha XIX asrda, birinchi jahon
urushidan keyin keng qo‘llanila boshlagan.
Inflatsiya – muomalada keragidan ortiqcha pul paydo bo‘lib,
narx-navo o‘sib, pul qadr-qiymati, ya’ni xarid qobiliyatining
pasayishi, pulning obro‘sizlanishidir. Inflatsiya – bu barcha tovar va
xizmatlarga bo‘lgan narx indeksining ko‘tarilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: