TEST SAVOLLARI 1. Shaxsiy daromad bu – A) yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymati;
V) yil davomida uy xo‘jaliklari tomonidan olingan daromad;
S) individual soliqlar to‘langandan so‘ng shaxsiy xarajatlarga mo‘l-
jallangan daromad;
D) mamlakat aholisining jamg‘argan daromadi;
E) yalpi ichki mahsulot minus amortizatsiya.
2. Yalpi mahsulot tarkibiga sanab o‘tilganlardan qaysi birlari kiradi? A) Uy bekasining oiladagi bajargan xizmatlari;
V) Qarindoshdan foydalanib yurgan avtomobilini sotib olish;
S) Brokerdan aksiyalar sotib olish;
D) Кitob magazinidan sotib olingan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligi;
E) Yashirin sexda tayyorlangan makaron mahsulotlari.
3. Agar real yalpi ichki mahsulot hajmi 6%ga, aholi soni 3% ga qisqarsa A) aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulot qisqargan;
V) aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulot o‘sgan;
S) real yalpi ichki mahsulot o‘sgan, nominal YaIM qisqargan;
D) nominal yalpi ichki mahsulot o‘zgarmagan;