Kazus
A ismli shaxs 2018-yil 11-aprel kuni B ismli shaxsga tegishli davlat raqami
01 W 114 HA bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashinani notarial idora orqali
tuzilgan ijara shartnomasiga asosan rasmiylashtirib, ushbu avtomashinani 2020-yil
fevral oyiga qadar boshqarib yurgan va 2020-yil fevral oyida M.Ulug‘bek tumani,
Qorasuv-1 dahasi, 1-uy oldiga olib kelib, mulkka qasddan zarar yetkazish
maqsadida ushbu avtomashinaning ehtiyot qismlarini boshqa shaxslarga sotib, pul
mablag‘larini o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. A.ning sodir qilgan harakati xarakteriga qarab uning harakatidagi ayb
shaklini aniqlang.
Javob
O‘zbekiston Respublikasi JK Umumiy qism 14-moddasida jinoyatga
quyidagicha ta’rif berilgan: “Ushbu kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli
qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb
topiladi”
13
. Ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb baholash uchun zarur bo‘lgan
obyektiv va subyektiv belgilarning minimal yig‘indisi esa jinoyat tarkibi
hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu kazusga bevosita aloqador bo‘lgan “jinoyat
tarkibining elementlari” tushunchasi ham mavjud bo‘lib, bu elementlarni jinoyat
11
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi – T.: 2019. 79-modda, 1-qism.
12
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi – T.: 2019. 79-modda, 3-qism.
13
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi – T.: 2019. 14-modda.
tarkibining obyektiv va subyektiv tomonlarining zaruriy va fakultativ belgilari
tashkil etadi.
Yuqoridagi kazusda sodir etilgan qilmish ijtimoiy xavfli, huquqqa xilof,
jazoga sazovor hisoblanadi va qilmishda ayb mavjuddir. Shunday qilib, ushbu
qilmishda jinoyat belgilarining barchasi mavjudligini inobatga olgan holda, uni
jinoyat deb baholash mumkin. Jinoyat tarkibi elementlari (jinoyat obyekti,
obyektiv tomoni, subyekti, subyektiv tomoni) ni quyida birma-bir tahlil qilamiz:
Mazkur kazusda jinoyat tarkibining obyekti o‘zga shaxsning mulk huquqi
hisoblanadi. Chunki ijtimoiy xavfli tajovuz to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zga shaxsning mulk
huquqiga qaratilgandir. Jinoyat predmeti esa “Neksiya” rusumli avtomashina
sanaladi. Negaki predmetga tajovuz qilish orqali jinoyat obyekti (jabrlanuvchining
mulk huquqi)ga tajovuz qilingan.
Ushbu kazusdagi jinoyat tarkibining obyektiv tomoni quyidagilardir:
Jinoyat sodit etilgan joy – Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-1 dahasi,
1-uy oldi;
Jinoyat sodir qilish vaqti – 2020-yil fevral oyi.
Do'stlaringiz bilan baham: |