Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar tarkibiga qasddan sodir etilib, qonunda
uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan
mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir
etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi
jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
R.Kabulov va A.Otajonovning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat kodeksining 124, 133 va 127-moddaning 2-qismi uncha og‘ir bo‘lmagan
jinoyatlar tarkibiga misol bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |