Kandidozli stomatit. Kasallik ko‘proq ko‘krak yoshidagi bolalarda
uchraydi.
Og‘iz shilliq pardasida, tanglayda, milkda, lunjda oson tilinadigan
karashlar paydo bo‘ladi (28-rasm).Bu karashlarni tilganimizdan keyin
tekis, qisman shishli qizargan yuzani ko‘ramiz. Karashlar fibrini so‘ri-
ladi, natijada oq ko‘kish rangdagi qo‘pol qatlam hosil bo‘lib, u tubdan
shilliq parda bilan qattiq birikadi.
Kandidozni profilaktika qilish maqsadida og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi
qoidalariga rioya qilish va antibiotiklar bilan davolaganda nistatinni
yoki levorinni kuniga 1500000 ED dan qabul qilish kerak boladi.
Qo‘zg‘atuvchiga ta’sir qilish, umumiy yo‘ldosh kasallikni davo-
lash, organizmni kasalliklarga qarshiligini oshirish, og‘iz bo‘shli g‘ini
28-rasm. Kondidoz.
98
sanatsiya qilish. Zamburug‘ qo‘zg‘atuvchiga ta’sir qilish uchun 20 % li
natriy boratning glitserinli, lyugolning glitserinli eritma lari ishlatiladi.
5% li levorin, 0,5% li depolin surtmalaridan foyda laniladi.