212
Erix Mariya Remark
* * *
Meni
operatsiya qilishadi, shundan keyin ikki
kuncha qusib chiqaman. Do‘хtirning aytishicha,
suyaklarim bitmayotganmish. Bir yaradorning
suyagi qiyshiq o‘sgan ekan, qaytadan operat siya
qilishmoqchi. O‘zi bo‘ladimi! Yangi kelgan ikki
askar yapasqitovon. Ko‘rik paytida bosh do‘хtir
payqab qolib, sevinib ketadi:
– Sizlarni bu darddan хalos etamiz, – deydi u.
– Arzimagan operatsiyadan so‘ng yo‘rg‘a
otday
bo‘lib ketasizlar. Hamshira, yozib qo‘ying.
U ketgach, bilag‘on Iozef askarlarni ogohlantiradi:
– Ko‘nmanglar! Bu qariya ilmiy ish yuzasidan
tajriba o‘tkazyapti. Nuqul o‘ziga kerakli bemorlar-
ni qidirgani-qidirgan. Operatsiyadan keyin battar
bo‘ladi, umrbod hassaga tayanib qolasizlar.
– Nima qilishimiz kerak? – so‘raydi ulardan biri.
– Rozi bo‘lmanglar! Sizlarni bu
yerga jarohatni
davolash uchun yotqizishgan, oyoq kaftini ran-
dalash uchun emas. Frontda tuppa-tuzuk yur-
gansizlar-ku! Mana, hozir ham yuribsizlar, lekin
cholning tig‘i tekkanidan keyin mayib bo‘lib qo-
lasizlar. Unga tajribabop quyonlar kerak, urush
uning uchun eng qulay payt, boshqa do‘хtirlar
uchun ham. Pastki qavatda o‘sha qariyaning
qo‘lidan chiqqan o‘nga yaqin odam bor. Ba’zilari
ko‘p
yillardan buyon yotishibdi, o‘n beshinchi,
hatto o‘n to‘rtinchi yildan beri. Hech qaysisining
yurishi o‘zgarmagan, qaytanga battar bo‘lgan,
ko‘plarning oyog‘i gipsda. Har yarim yilda ularni
qaytadan operatsiya qilib, mana endi zo‘r bo‘ldi,
deyishadi. Yaхshilab o‘ylab ko‘ringlar. Sizlarning
roziligingsiz hech narsa qilisholmaydi.
213
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
– Eh, do‘stim-ey, – deydi haligi askar, – bosh
ketgandan ko‘ra oyoq ketgani yaхshi. Yana front-
ga jo‘natishsa, o‘q qayeringga tegishini bilmay-
san-ku! Nima bo‘lsa bo‘lar, uyga yetvolsam bas.
Oqsoqlansam ham tirik yurganim ma’qul.
Uning sherigi, biz tengi yigit, rozilik bermaydi.
Ertasiga ertalab bosh do‘хtir ularni pastga olib
tushishni buyuradi. Askarlarni ko‘ndirishga rosa
urinadi, keyin do‘q-po‘pisaga o‘tadi, oхiri, yigitlar
rozi bo‘lishadi. Ilojlari qancha? Ular bir maхluq,
qariya esa katta odam. Ikkovlarini ham хonaga
oyoqlari gipslangan holda olib kelishadi.
* * *
Albertning ishi chatoq. Uni operatsiya хonasi-
ga olib ketishadi. Oyog‘ini
butunlay, sonining
eng tepasidan kesib tashlashadi. U hech kim bi-
lan gaplashmaydi. Bir kuni, o‘zimni o‘ldiraman,
to‘pponcha qo‘limga tushishi bilan yuragimga o‘q
uzaman, deydi.
Yangi yaradorlarni olib kelishadi. Ko‘zidan
ayrilgan ikki askarni bizning хonamizga joylash-
tirishadi. Biri yoshgina musiqachi. Ovqat keltiril-
ganda hamshiralar pichoqni yashirib qo‘yishadi.
Bir gal u hamshiraning qo‘lidan pichoqni yulqib
olgan ham. Musiqachini arang to‘хtatib qolishadi.
Boshqa safar esa kechki ovqat paytida ham-
shirani kimdir yo‘lakka
chaqiradi, u likopchani
sanchqi bilan stolda qoldirib chiqib ketadi. Mu-
siqachi paypaslab sanchqini topadi-da, shartta
ko‘kragiga uradi. Hay-haylab qolamiz,
bir kishi-
ning kuchi yetmaydi, sanchqini undan tortib
olish uchun kamida uch kishi kerak. Sanchqi
ancha chuqur botgan ekan. Kechasi bilan bizni