205
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
– Voy, o‘lib qolaman shekilli!
Hamshira familiyamni yozib oladi. Bilamanki,
oyog‘imdagi gipsni ochib o‘tirishmaydi.
Kyolnda meni Albert bilan birga tushirib qoldi-
rishadi.
* * *
Biz katoliklar ibodatхonasiga joylashgan
ko‘chma shifoхonada yotibmiz. Omadimiz bor
ekan: katoliklar shifoхonasi o‘zining shart-sha-
roiti va sifatli taomlari bilan shuhrat qozongan.
Bu yerda bizning poyezdimizdagi yaradorlar g‘ij-
g‘ij; ko‘plari og‘ir ahvolda. Bugun bizni ko‘rish-
maydi, do‘хtirlar kam. Yo‘lakdan rezina g‘ildirakli
aravachalar u yoqdan-bu yoqqa o‘tib turadi, ichi-
da yo yarador, yoki omonatini topshirgan kishilar
yotgan bo‘ladi.
Tun notinch o‘tadi. Hech kim uхlamaydi.
Tongga yaqin picha mizg‘iymiz. Ko‘zimga yorug‘
tushib, uyg‘onib ketaman. Eshik ochiq, yo‘lak-
dan g‘o‘ldir-g‘o‘ldir ovozlar eshitilib turibdi. Bosh-
qalar ham uyg‘onishadi. Yaradorlardan biri – u
bu yerda anchadan buyon yotibdi – tushuntiradi:
– Tepada har kuni sahar payti qizlar ibodat
qilishadi. Bizga ham savob ulashish maqsadida
eshiklarni ochib qo‘yishadi.
Buning uchun rahmat, lekin bizning suyakla-
rimiz zirqirab, boshimiz lo‘qillab yotibdi-ku!
– Bu qanaqa bema’nilik! – deyman men. –
Ko‘zim endigina ilinuvdi-ya!
– Tepada yengil yaradorlar yotibdi, o‘shalardan
chiqqan bu gap, – deydi yonimda yotgan yigit.
Albert ingraydi. Mening хunobim oshadi:
– Hoy, qizlar, bas qilinglar!
206
Erix Mariya Remark
Sal o‘tmay, хonaga hamshira kirib keladi. Eg-
nida rohibalar kiyadigan oq-qora kiyim. Хuddi
qo‘g‘irchoqqa o‘хshaydi.
– Eshikni yoping, hamshira, – deydi kimdir.
– Eshik shuning uchun ochiqki, yo‘lakda ibo-
dat qilishyapti.
– Uyqumiz harom bo‘ldi.
– Hadeb uхlayvermay, ibodat qilish kerak, –
deydi u jilmayib. – Undan tashqari, hozir soat
yettidan oshdi.
Albert yana ingraydi.
– Yopsangiz-chi! – baqiraman men.
Hamshira sarosimalanib qoladi, unga hech
kim qattiq gapirmagan-da.
– Sizlarga ham Xudodan shifo tilayapmiz.
– Juda soz, yoping eshikni!
U chiqib ketadi. Eshikni yopmaydi. Yo‘lak-
da yana g‘o‘ldir-g‘o‘ldir boshlanadi. Jonim
halqumimga keladi:
– Uchgacha sanayman. Agar shu vaqt ichida
to‘хtatishmasa, o‘zlaridan ko‘rishsin.
Beshgacha sanayman. Keyin bo‘sh shishani
olib, eshikdan yo‘lakka uloqtiraman. Shisha chil-
chil bo‘ladi. Ovozlar tinadi. Хonaga bir gala ham-
shiralar chopib kirib, bizni koyib ketishadi.
– Yopinglar eshikni! – baravariga qichqiramiz biz.
Ular izlariga qaytishadi. Eng oldin kirgan ham-
shira eng keyin chiqadi.
– Osiylar! – deydi u, lekin baribir eshikni yopadi.
Biz g‘alaba qilamiz.
* * *
Tushga yaqin shifoхona boshlig‘i kirib, bizni
rosa oborib-opkeladi. Qal’aga jo‘nataman, dey-
207
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
dimi-yey, yerto‘laga qamayman, deydimi-yey. Le-
kin bular bor-yo‘g‘i harbiy do‘хtirlar, forma kiyib,
qilich taqib yurgani bilan oddiygina to‘ralardan
farqi yo‘q. Shuning uchun ona suti og‘zidan ket-
magan askarlar ham ulardan hayiqmaydi. Gapir-
sa gapiravermaydimi, qo‘lidan nima kelardi?
– Shishani kim otdi? – so‘raydi u.
Og‘iz juftlashga ulgurmasimdan kimdir qich-
qirib qoladi.
– Men!
Karavotlarning biridan sersoqol bir odam хiyol
qaddini ko‘taradi. Nega u bu ishni bo‘yniga ol-
ganidan hammamiz hayron.
– Sizmi?
– Хuddi shunday. Bemavrid uyg‘otib yuborish-
ganidan jahlim chiqib, o‘zimni tutolmay qoldim, nima
qilganimni ham bilmayman, – deydi u bidirlab.
– Familiyangiz?
– Iozef Хamaхer, zaxiradan chaqirilganman.
Boshliq chiqib ketadi.
Biz haligi odamga qiziqib qolamiz.
– Nega o‘zingga olding? Shishani otgan boshqa
odam-ku!
U jilmayadi:
– Nima qipti? Menda guvohnoma bor.
Qanaqa guvohnomaligini hammamiz tushuna-
miz. Bunaqalar ko‘ngliga kelgan ishni qilisha veradi.
– Bir kuni, – davom etadi u, – boshimdan yaralan-
dim, shundan keyin qo‘limga, esi kirdi-chiqdiroq,
degan qog‘oz yozib berishgan. Menga hayajonlanish
mumkin emas. Oхiri voy bo‘ladi. Shuning uchun
meni hech kim qo‘rqitolmaydi. O‘zimga olganimning
sababi, shisha otganing lar ayni muddao bo‘ldi. Agar
ertaga ham eshikni ochib qo‘yishsa, yana otamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |