Yuvinayotganda...
Inson ertalab uyg‘onganda vujudida bo‘ladigan turli o‘zgarishlarning ham o‘ziga yarasha
hikmatlari bor. Uyqudan turganingizda sochlaringiz to‘zg‘igan, yuzlaringiz biroz shishgan,
og‘zingizdan bilinar-bilinmas noxush hidlar keladi. Oynadagi aksingiz har kungidan ham horg‘inroq,
yuzingizdagi ajinlaringiz yana ham ko‘paygandek, sochlaringiz ham asl rangini yo‘qotgandek tuyuladi.
Bu sizning oddiygina, ojiz odamligingizni bildiradi. Har bir odam, u kim bo‘lishidan qat’i nazar, ertalab
turganda yuz-qo‘lini yuvadi, tishlarini tozalaydi, bu qariyb hamma uchun odat tusiga kirgan. Qur’on
axloqiga moslashib yashagan inson o‘zining bu holatiga ham ibrat nazari bilan qaraydi. U o‘zining
boshqalardan ustun qo‘yadigan hech narsasi yo‘qligini, o‘zgarmaslik faqat Allohgagina xosligini bilib,
Yaratuvchisi oldida o‘zini ojiz his etadi. O‘zini katta tutishga, kibrlanishga arzigulik hech narsasi
yo‘qligini bilgan mo‘min Allohning quyidagi so‘zini esga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |