О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 Maxsus maktabda ta’lim-tarbiyaviy ishlar tizimida sinf



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/36
Sana22.07.2021
Hajmi1,35 Mb.
#126034
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
maxsus maktabda sinf rahbarining ish tizimi

3. Maxsus maktabda ta’lim-tarbiyaviy ishlar tizimida sinf 
rahbarining о‘rni va roli 
Umumiy  о‘rta  ta’lim  muassasalarida  sinf  rahbari  faoliyati  О‘zbekiston 
Respublikasining  «Ta’lim  tо‘g‘risida»gi  Qonuni,  «Kadrlar  tayyorlash  milliy 
dasturi»,  О‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  ta’lim  sohasidagi 
qarorlari,  Xalq  ta’limi  Vazirligi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  tegishli  meyoriy 
hujjatlar  va  nizom  asosida  tashkil  etiladi.  Sinf  rahbari  ta’lim  muassasasining 
tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bо‘lib, о‘ziga biriktirilgan sinf 
о‘quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi. 
Sinfda  tarbiyaviy  ishlarni  asosiy  yо‘lga  qо‘yuvchi,  о‘quvchilarning 
birinchi tarbiyachisi va murabbiysi sinf rahbaridir. Maktab direktori tajribali va 
obrо‘li  о‘qituvchilardan  sinf  rahbari  tayinlaydi.  Uniga  bolalar  hayotini  yо‘lga 
qо‘yish,  jamoani  uyushtirish  va  uni  tarbiyalash  mas’uliyati,  sinfdagi  о‘quv  –
tarbiya ishlariga javobgarlik yuklanadi. 
Sinf  о‘quvchilarining  ma’naviy  va  ma’rifiy  tarbiyasini  tashkil  etishda 
о‘qituvchilar,  bolalar  yetakchisi,  psixolog,  ota-onalar,  shuningdek  ta’lim 
muassasasi rahbariyati orqali voyaga yetmaganlar ishlari bо‘yicha komissiyalar, 
mahalla,  huquq-tartibot  idoralari,  xomiylik  va  vasiylik  komissiyalari,  tegishli 
davlat va nodavlat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda ish tashkil 
etadi.  Sinf  rahbari  ta’lim  muassasasida  va  keng  jamoatchilik  orasida  sinf 
о‘quvchilarining  (ota-onalari  bilan  birgalikda)  tarbiyalanganlik  darajasiga 
javobgar  shaxs  hisoblanadi.  Uning  maqsadi  har  tomonlama  yetuk,  barkamol  – 
ma’naviy,  aqliy,  jismoniy  rivojlangan  Shaxs  tarbiyasini  amalga  oshirish,  sinf 
о‘quvchilarining qobiliyatlarini tо‘liq namoyon etishlari uchun yetarli pedagogik 
sharoit  yaratishdir.  Bu  borada  ta’lim  muassasalari  pedogogik  va  о‘quvchilar 
jamoasi  hamkorligida  tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etishda  har  bir  о‘quvchining 
о‘ziga hos xususiyatlariga qarab yondashishni yо‘lga qо‘yadi. Boshlang‘ich sinf 
о‘qituvchilari о‘ziga biriktirilgan sinfga rahbar hisoblanadilar. 5-9-sinflarda sinf 
rahbarlari  tajribali  о‘qituvchilar  orasidan  ta’lim  muassasasi  ma’muriyati 


31 
 
tomonidan  tanlab  olinib,  tayinlanadi.  Bir  о‘qituvchiga  faqatgina  bitta  sinf 
rahbarligi  topshiriladi.  Sinf  rahbarlari  faoliyatini  ma’naviy-ma’rifiy  tarbiya 
ishlari bо‘yicha direktor о‘rinbosari nazorat etadi va muvofiqlashtiradi.  
Sinf  rahbarlari  о‘quvchilariga  mehribon  bо‘lishi,  ularning  о‘sib-
ulg‘ayishlarini  pedagogik  kuzatuvlar  asosida  nazorat  etishi,  yordamga  muhtoj 
о‘quvchilarga yakka holda yondosha olishi lozim. Shu asosda ular qalbida milliy 
g‘urur, 
vatanparvarlik, 
mehr-muruvvat, 
mas’uliyat, 
tashabbuskorlik, 
ishbilarmonlik kabi xislatlarni uyg‘otadi. 
Sinf  rahbari  ishini  о‘quvchilarning  yosh  hususiyatlarini  va  umumiy 
rivojlanish  darajalarini,  qobiliyatlarini  hisobga  olgan  holda,  keng  qamrovli 
tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi. 
Aqli  zaif  о‘quvchilarga  milliy  istiqlol  ruhida  tarbiya  berishning  umumiy 
rejasida  sinf  rahbarining  shu  sinfda  dars  beradigan  barcha  о‘qituvchilar  bilan 
hamkorlikda olib boradigan tarbiyaviy ishlari markaziy о‘rinni egallaydi. 
Har  bir  zamonaviy  о‘qituvchilarni  о‘qitibgina  qolmasdan,  balki  ularga 
ta’lim  ham  beradi,  ularning  ilmiy  dunyoqarashini  va  ma’naviy  qiyofasini 
shakllantiradi. U tarbiya berish vazifasini asosan ta’lim berish jarayonida darsda 
xal etadi. Shu bilan birga, u darsdan (sinfdan) tanqari tarbiyaviy ishlarni yо‘lga 
qо‘yishda  ham  ishtirok  etadi.  Masalan,  о‘qituvchilar  о‘quvchilarga  ma’naviy 
siyosiy  tarbiya  berishda  sinf  rahbarlariga  yordam  beradilar,  о‘qituvchilar 
madaniy dunyoqarashini boyitishda, ularga estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi 
berishda kо‘maklashadilar. 
U  tarbiyachi  sifatida  о‘qituvchilarni  har  tomonlama  kamol  topishi 
tо‘g‘risida,  ularni  mehnatsevarlik,  jamoalik,  e’tiqod  ruhida  tarbiyalash 
tо‘g‘risida,  о‘quvchilar  bilimini  oshirish  va  sinfda  tartib  intizomni 
mustahkamlash  tо‘g‘risida  g‘amhо‘rlik  qiladi.  Sinf  rahbari  bu  ishlarning 
hammasini  havaskor  kishi  sifatida  emas,  balki  rasmiy,  mas’ul  shaxs  sifatida 
bajaradi.  U  maktab  rahbarlari  oldida,  xalq  maorifi  organlari  oldida  о‘ziga 


32 
 
topshirilgan  sinfda  g‘oyaviy  –siyosiy  ishlarning  ahvoli  uchun,  tarbiyaviy 
ishlarning mazmuni va yо‘lga qо‘yilishi uchun javobgardir. 
Sinf  rahbarining  asosiy  vazifasi-о‘quvchilarga  tarbiya  berish  va  ularni 
dо‘stona  bir  jamoa  qilib  jipslashtirishdan  iborat.  Albatta,  о‘z  sinfidagi  о‘quv 
ishlari, о‘quvchilar bilim darajasini oshirish masalalari ham uning e’tiborini jalb 
etadi. Ammo bu masalalarni hal etishga u avvalo tarbiyachi sifatida yondashadi. 
 
Sinf rahbarining yana bir asosiy vazifasi-о‘quvchilarning tahlil guruhlarni, 
aniq maqsadga yо‘naltirilgan ishchan jamoani tashkil qila olish va ularni ta’lim-
tarbiyali shaxslar, kelajagi buyuk davlatning haqiqiy egalari,komil insonlar etib 
voyaga yetkazishdir. 
U  eng  asosan  tarbiya  berish  vositalari  orqali(о‘quvchilardaо‘quv 
vazifasiga nisbatan ongli va mas’uliyat bilan munosabatda bо‘lishni tarbiyalash, 
о‘qitishda  о‘quvchilarning  о‘zaro  yordamini  yо‘lga  qо‘yish,  ularni  maktab 
kundalik  tartibga  rioya  qilishga  о‘rgatish  va  shu  kabilar)  ta’lim  berish  sifatini 
oshirishda shu sinfda dars beradigan barcha о‘qituvchilarga yordam beradi. 
Har  qaysi  sinfda  muayyan  о‘qituvchilar  jamoasi  ish  olib  boradiki,  bu 
jamoa  о‘quvchilarga  qо‘yiladigan  yagona  talabga  amal  qilishi,  ular  bilan 
individual  ish  olib  borishni  amalga  oshirish  ta’minlashning  aniq  yо‘llarini 
belgilab  chiqadi.  О‘qituvchilarning  sinflar  bо‘yicha  bо‘ladigan  kengashlarida 
sinfda  va  sinfdan  tashqarida  о‘tkaziladigan  tarbiyaviy  ishlarini  yо‘lga  quyish 
masalalari  kelishib  olinadi.Sinf  rahbari  о‘z  sinfidagi  о‘quvchilar  bilan  boshqa 
о‘qituvchilarga qaraganda kо‘proq muomala qilishi kerak. 
Odatda  jamoaning  tashkilotchisi  va  yetakchisi  sinf  rahbari  bо‘ladi.  U 
Sinfida  dars  beradigan  о‘qutuvchilar  olib  boradigan  о‘quv  –tarbiya  ishlarining 
xususiyatlarini  о‘rganadi,  ularning  о‘quvchilarga  qо‘yadigan  talablari  hamda 
о‘quvchilar bilan  о‘zaro  aloqalarini о‘rganadi,  ayrim  о‘quvchilar xulq –  atvori 
haqida, ularga ta’sir kо‘rsatish metolari haqida о‘qituvchilar xulq atvori haqida, 
ularga  ta’sir  kо‘rsatish  metodlari  haqida  о‘qituvchilar  bilan  fikrlashib  turadi. 


33 
 
Uning muhim vazifasi о‘qituvchilarning tarbiyaviy ish faoliyatlarini birlashtirib 
yо‘naltirib borishdan iborat. 
Sinf  rahbari  maktab  pedagogik  jamoasi  va  pedagogika  kengashi 
a’zosidadir.  U  barcha  tashkilotchilik  va  tarbiyaviy  ishlarni  faqat  yolg‘iz  о‘zi 
emas,  balki  maktab  derektori  va  uning  yordamchilari  rahbarligida,  о‘z  sinfida 
dars beradigan boshqa о‘qituvchilar bilan mustahkam hamkorligida olib boradi. 
О‘qituvchilar  unga  о‘quvchilar  va  ota-onalar  majlislarini  о‘tkazishda,  sinfda 
ijtimoiy  foydali  ishlarini  tashkil  etishda,  ekskursiya  hamda  sayrlarga 
tayyorlanish  va  ularni  о‘tkazishda,  kitobxonlar,  konferensiyalari,  yig‘ilishlar 
kechalarni о‘tkazishda yordam beradilar. 
Sinf rahbari ish rejasini tuzib chiqib, direktorga tasdiqlanadi. 
Uning  о‘quvchilar  bilan  muomalasini  tanafus  qо‘ng‘iroqlari  cheklab 
qо‘ymaydi. U darsdan keyin ham tarbiyachi, sinf jamoasi hayoti va faoliyatini 
yо‘lga qо‘yuvchi sifatida ish olib boradi. 
Shuningdek,  sinf  rahbari  tarbiyaviy  faoliyatining  muvaffaqiyatli  bо‘lishi 
uning о‘quvchilar ota-onalari bilan mustahkam hamkorligiga ham bog‘liqdir. Bu 
hamkorlik  maktab  tarbiyasi  bilan  oila  tarbiyasi  birligini  ta’minlash  imkonini 
beradi. 
Direktor  va  uning  о‘rinbosarlari  sinf  rahbari  ish  faoliyatini  boshqarib 
turadi.  Sinf  rahbarining  burch  va  vazifalari  «Sinf  rahbari  tо‘g‘isida  »  Nizomda 
yoritib berilgan. 
Sinf  rahbarining  burchi  juda  keng  va  kо‘p  tomonlamadir.  Ammo  undan 
direktor  о‘rinbosari  qilinishi  kerak  bо‘lgan  ishlarni  talab  qilmaslik  lozim. 
Afsuski, ba’zi maktablarda bu hol sodir bо‘lib turibdi. Ba’zan maktab rahbarlari 
sinfdagi  tarbiya  va  talimning  ahvoli  uchun  barcha  mas’uliyatni  sinf  rahbarlari 
zimmasiga yuklashga moyil bо‘ladilar. Ishga bunday yondashish notо‘g‘ri. Sinf 
rahbari  ma’muriy  shaxs  emas,  balki  tarbiyachidir,  u  sinfdan  va  maktabdan 


34 
 
tashqari  tarbiyaviy  ishlar  tashkilotchisi  bо‘la  olmaydi.  Sinfda  о‘quv  tarbiya 
ishlarining  ahvoliga  uning  mas’uliyati  juda  katta,  lekin  bu  mas’uliyatni  boshqa 
о‘qituvchilardan  olib  qо‘ymaslik  zarur.  Har  qaysi  о‘qituvchi  о‘z  sinfidagi 
tarbiya hamda ta’lim sifati uchun, tartib –intizom uchun javob beradi, u noshud 
va intizomsiz bolalarni tо‘g‘ri yо‘lga solishga qatnashmay tura olmaydi. 
 Maktabning  tarbiyaviy  roli  kо‘p  darajada  oshib  borayotgan  hozirgi 
sharoitda  sinf  rahbarlari  barcha  о‘qituvchilar  bilan  birgalikda  maktabda  juda 
muhim  va  mas’uliyatli  vazifalarni  ado  etmoqdalar.  Ular  faol  va  ongli,  har 
tomonlama  barkamol  quruvchisini  tarbiyalab  yetishtirishga  katta  yordam 
bermoqdalar.  О‘quvchilarga  tarbiya  va  ta’lim  berishning,  о‘z-о‘zini 
tarbiyalashni  yо‘lga  qо‘yishning  muvaffaqiyatli  bо‘lishi  kо‘p  jihatdan  ularning 
ishiga bog‘liq.
 
 
Sinf rahbari о‘quvchilar bilimi sifatini oshirishda yordam beradi. U bо‘sh 
о‘zlashtiruvchi va о‘zlashtirmovchi о‘quvchilar bilan о‘tkaziladigan qо‘shimcha 
mashg‘ulotlarni tashkil etishda ishtirok etadi, predmet tо‘garaklari tuzishda, fan 
va  texnika  kechalari,  ayrim  о‘quv  predmetlaridan  konkurslar  va  olimpiadalar 
о‘tkazishda  yordam  beradi.  Madaniy  ommaviy  ishlar  uchun  mas’ul  a’zo.  Sinf 
rahbari va sinfda ish olib boradigan о‘qituvchilar bilan birgalikda bо‘sh vaqtdan 
madaniy  va  oqilona  foydalanish  tо‘g‘risida,  о‘quvchilarni  badiiy  havaskorlik 
tо‘garaklariga  jalb  etish  tо‘g‘risida  g‘amxо‘rlik  qiladi.  Sanitariya,  о‘quvchilar 
sog‘lig‘ini  mustahkamlash  tо‘g‘risida,  ularning  mehnat  qilishlari  va  dam 
olishlarini oqilona almashtirib borish tо‘g‘risida g‘amxо‘rlik qiladi. Sinf rahbari 
hamda  sinf  faoli  bilan  birgalikda  navbatchilik  tashkil  etadi,  sinfda  tozalik  va 
tartib  bо‘lishiga  erishadi.  О‘quvchilarning  ishga  joylashishi  va  ta’lim  olishni 
davom  ettirishlari  tо‘g‘risida g‘amxо‘rlik qiladi.  Sinf  rahbari  kuni о‘zaytirilgan 
gruppalar tashkil etishda kо‘maklashadi. 
Sinf  rahbari  о‘quvchilar  bilan  sinfdan  tashqari  ishlarni  tashkil  etishda 
maktabga katta yordam kо‘rsatadilar. U «Mohir Qо‘llar», qо‘l hunari, bichish - 
tikish  tо‘garaklarini,  avtomobil  chilangarligini  о‘rganish  tо‘garagi,  ekologiya, 


35 
 
ona  yurtni  о‘rganish  bо‘yicha  о‘tkaziladigan  ekskursiya  va  sayohatlar 
о‘tkazishda,  badiiy  havaskorlik  tashkil  etishda  rahbarlik  qiladi.  Ayniqsa,  ular 
о‘quvchilarga  mehnat  tarbiyasi  berishda  va  ularni  ishlab  chiqarish  mehnatiga 
jalb  etishda  katta  yordam  beradilar.  Sinf  rahbari  kо‘pincha  ota-onalarni  turli 
bayramlar  hamda  xotira  kunlariga  bag‘ishlangan  ertaliklar  va  kechalarga  taqlif 
qilib  turadilar.  Ular  о‘z  xotiralarini  gapirib  berishlari,  bolalar  oilani  oldingi  va 
hozirgi  hayoti  tо‘g‘risida,  о‘zlarining  ishlab  chiqarishdagi  ishlari  tо‘g‘risida 
suhbatlar  о‘tkazishlari  mumkin.  Kо‘pgina  ota-onalar  mamlakatimizda  yangi 
sanoatni  va  qishloq  xо‘jaligini  qaytadan  barpo  etish  borasida  olib  borilgan 
qahramonona ishlarning shohidi va bevosita ishtirokchilari bо‘lganlar. Ularning 
hikoyalari  о‘quvchilarni  mehnatga  mehr-muhabbat  va  hurmat  ruhida 
tarbiyalashda, ularning kasb tanlashlarida amaliy ta’sir kо‘rsatadi. 
Sinf  rahbari  ota-onalarga  tayanib,  ayniqsa  pedagogik  yordamga  muhtoj 
bо‘lgan  oilalar  bilan  tarbiyaviy  ish  olib  boradilar.  Sinf  rahbari  ota-onalar  о‘z 
bolalari  tarbiyasiga  mas’uliyatsizlik  bilan  qaraydigan  ayrim  otalar  va  onalarga 
nisbatan  jamoat  ta’siri  о‘tkazishlari  mumkin.  Masalan,  biron-bir  о‘quvchining 
otasi  kо‘pincha  uyga  mast  holda  kelib,  janjal  kо‘tarishini,  bolalari  oldida 
sо‘kinib  beodoblik  qilishini  bilgach,  sinf  rahbari  mazkur  oilaga  borib,  bu  ota 
bilan  gaplashadi.  Agar  bunday  suhbatlar  kor  qilmasa,  bu  ota-onalarning  ish 
joylaridagi  jamoat  tashkilotlariga  bunday  ota-onalarga  ta’sir  etishni  sо‘rab 
murojaat qilish mumkin bо‘ladi. 
Jamoatchilikni  bolalar  tarbiyasiga  jalb  etish.  Keyingi  yillarda  bolalar 
tarbiyasiga jamoatchilik keng jalb etilib kelinmoqda. Ayniqsa mahalla va boshqa 
jamoat  tashkilotlari  maktabga  hamda  oilaga  bolalar  tarbiyasida  juda  katta 
yordam kо‘rsatmoqdalar. 
Sinf  rahbarining  jamoatchilikni  о‘quvchilar  tarbiyasiga  jalb  etishda 
sinfdan  va  maktabdan  tashqari  ishlar  tashkilotchisi  sifatida  roli  kattadir. 
Tashkilotchi  maktabning  о‘ziga  qarashli  tumanda  bolalar  bilan  tarbiyaviy  ish 
olib  borishni  tashkil  etuvchi  markaz  bо‘lib  qolmog‘i  uchun  chora-tadbirlar 
kо‘radi.  Shu  maqsadda  u  о‘quvchilar  ota-onalari  ishlaydigan  korxona  va 


36 
 
muassasalar  jamoat  tashkilotlari  bilan  mustahkam  aloqa  о‘rnatadi,  maktabni 
otaliqqa olgan tashkilot va uy boshqarmalari bilan bolalarning yashash joylarida 
ular bilan tarbiyavni ishlar olib borish tо‘g‘risida suhbatlashadi. 
Sinf  rahbari  jamoat  tashkilotlari  bilan  mustahkam  aloqada  bо‘lib,  ularga 
mumkin qadar kо‘proq yordam berishlari va qо‘llab-quvvatlashlari uchun ularga 
murojaat qilib turmog‘i zarur.  
Tarbiyasi  qiyin  bolalarni  о‘z  nazoratiga  olib,  ularni  turli  sport 
tо‘garaklariga  jalb  qilindi.  Kо‘pgina  tarbiyasi  qiyin  bolalar  о‘zlarining  sang‘ib 
«yurishlarini»  va  poyezdlarda,  avtobuslarda,  bozorlardagi  «sayohatlarini» 
tashlab, foydali ishlar bilan shug‘ullanadigan bо‘lishdi. 
Sinf rahbarining ish rejasi oldindan о‘quv choragi boshlanishidan bir hafta 
oldin maktab ma’muriyatiga tasdiq uchun beriladi. Maxsus maktablarda direktor 
sinf  rahbarlari  rejalarini  tasdiqlaydi,  о‘zining  о‘quv-tarbiya  ishlar  bо‘yicha 
о‘rinbosariga  yoki  sinfdan  va  maktabdan  tashqari  tarbiyaviy  ishlar 
tashkilotchisiga ijro nazoratini topshirishi mumkin. 
Tarbiyaning  umumiy  vazifalari  bolalar  jamoasining  kundalik  hayoti  va 
faoliyatidan  kelib  chiqadigan  xususiy  vazifalarga  hamda  ayrim-ayrim 
о‘quvchilar  oldiga  qо‘yiladigan  vazifalarga  hamisha  ham  mos  kelavermay 
qoladi. 
Ayniqsa maxsus maktab yuqori sinflarida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish 
qiyin.  Aqli  zaif  о‘quvchilarni  ma’naviy  hayotlari  boyib,  ularning  hayotiy 
tajribalari,  dunyoqarashlari  kengayib  boradi.  Reja  tuzishdan  oldin  о‘quvchilar 
individual о‘rganib chiqib, (yoppasiga, gurux-guruxga bо‘lib va yakka tartibda) 
«Sinfimiz  hayoti  va  ish-faoliyatini  qanday  tashkil  qilsa  bо‘ladi»,  «Sinfimiz 
dо‘stona  jamoa  bо‘lishi  uchun  nimalar  qilmoq  kerak»  va  shu  kabi  temalarda 
suhbat о‘tkazilsa, yana yaxshi bо‘ladi. 
 Barcha  xususiy  tarbiyaviy  vazifalar  maxsus  maktab  oldiga  qо‘yilgan 
asosiy maqsadni— aqli zaif о‘quvchilarni har tomonlama kamol toptirish, ularni 
hayotga, yangi jamiyat qurilishiga faol qatnashishga tayorlash, uz –uziga xizmat 
kursata  olish  maqsadini  amalga  oshirishga  qaratilmog‘i  darkor.  U  eng  avvalo 


37 
 
reja mazmunining g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy- foydali yо‘nalishini ta’minlamog‘i 
lozimki, bunda ijtimoiy-foydali mehnat ishlari markaziy о‘rinni ishg‘ol qilmog‘i 
kerak.  Ba’zan  ayrim  sinf  rahbarlarida  kо‘ngil  ochish  о‘yinlarini  kо‘proq 
о‘tkazish  tendensiyasi  nazarga  tashlanadi.  Ularning  rejalarida  quvnoqlik  va 
topqirlik  klubi,  kо‘p  о‘rin  ishg‘ol  qiladi.  Tarbiyaviy  ishlar  rejasida,  ayniqsa 
yuqori  sinflar  tarbiyaviy  ishlar  rejasida  jamoat  ishlarining  g‘oyaviy-siyosiy, 
mehnat qilish mazmuni, ma’naviy-siyosiy tarbiya mazmuni yanada ochiq-oydin 
va tо‘la aks ettirilmog‘i zarur.  


38 
 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish