22
2. Maxsus maktab о‘quvchilarining о‘ziga hos xususiyatlari
Intellektida nuqsoni bо‘lgan bolalar jumlasiga aqli zaif bolalar hamda
psixik rivojlanishi sust bolalar kiritiladi. Aqliy zaiflik yunoncha «oligos» —
kam, oz « fren»— aql sо‘zlaridan olingan bо‘lib, esi past, aqli past demakdir.
Aqli zaif bolalar markaziy nerv sistemasining organiq kasalliklari natijasida
bilish faoliyati pasayib ketishi va bu nuqsonlar umrbod saqlanib qolishi bilan
boshqa aqli zaif bolalardan farq qiladilar.
Amaliyotda "aqlan zaif", "oligofren", "demensiya" degan atamalar kо‘p
ishlatiladi. "Aqlan zaiflik" - bu yig‘ma tushuncha bо‘lib, aqliy jihatdan
qoloqlikning sodir bо‘lgan vaqti, boshidan kechirilgan kasallikning harakteri,
patologik о‘zgarishlarning о‘tishi, darajasi bilan bog‘liq bо‘lgan masalalarni
kо‘zda tutadi.
Aqliy qoloqlikni belgilashda klinik, psixologik va pedagogik mezonlarni
tafovut qilmoq kerak. Klinik mezon - aqliy qoloqlik va bu markaziy nerv
sistemasining qanday organiq kasalliklariga aloqadorligini, psixologik mezon-
bilish faoliyatining turg‘un buzilganligini; pedagogik mezon - о‘zlashtirish
qobiliyati past bо‘lib, bolaning dastur materiallarini о‘zlashtira olmasligini
ifodalaydi.
Aqliy zaiflik bola markaziy nerv sistemasining ona qornidaligi davrida,
tug‘ilish vaqtida va tug‘ilgandan to uch yoshgacha bо‘lgan davr ichida
shikastlanishi, kasallanishi natijasida kelib chiqadi. Agarda, turli sabablarga
kо‘ra, aqlan zaiflik bolaning uch yoshidan keyingi davrida paydo bо‘lsa, buni
endi orttirilgan aqliy zaiflik - demensiya deb yuritiladi. Demensiya progressiv,
ya’ni kuchayib boradigan bо‘ladi. Aqliy zaiflikda esa nuqsonning kuchayib
borishi kuzatilmaydi.
Y.Daulenskene ma’lumotlariga kо‘ra, xomiladorlik davridagi salbiy
omillar, tug‘ilishdagi patologik о‘zgarishlar, ilk yoshdagi kasalliklar 68% ni
tashkil etadi. G.Grossman, V.Shmidt ma’lumotlariga kо‘ra, intellektual
nuqsonlarning 70% xomiladorlik davridagi patologik о‘zgarishlar natijasida
kuzatiladi, va 30% ilk yoshdagi kasalliklar natijasida kelib chiqadi.
23
L.Tarnopolning kо‘rsatishicha aqli zaiflikning kelib chiqishi negizida 39%
yuqumli kasalliklar, 33% tug‘ilish vaqtida yoki ilk yoshdagi patologik
о‘zgarishlar, 14%ni xomiladorlik davridagi asablashish sabab bо‘lar ekan.
Pedagogik va psixologik adabiyotlarda olimlardan L.S.Vigotskiy
M.S.Pevzner, G.YE.Suhareva, T.A.Vlasova, D.N.Isayev, K.S.Lebedinskaya,
L.Tarnopol, P.X.Venger va boshqalarning kо‘rsatishicha, onaning xomiladorlik
davrida turli kasalliklar bilan kasallanishi (og‘ir toksikoz, infeksiyalar,
intoksikatsiya va jaroxatlar, ona va xomila qonining rezus omil bо‘yicha tо‘g‘ri
kelmasligi, tug‘ma zaxm, muddatidan oldin tug‘ilish, asfiksiya va jaroxatlar
bilan tug‘ilish, ilk yoshdagi neyroinfeksiyalar, turli boshqa kasalliklar tashkil
etadi.
Aqli zaif bolalar aqliy, hissiy jihatdan orqada qolish bilan birga, jismoniy
jihatdan ham orqada qolishi kuzatiladi. Bu esa skelet muskullarining
rivojlanishida, bolaning vaznida, bо‘yida о‘z aksini topadi. Ular kо‘pincha
oshqozon, ichak va nafas olish a’zolari kasalliklariga moil bо‘ladilar. Bu bolalar
meyorda rivojlangan, sog‘lom tengdoshlariga nisbatan ilk yoshdan kechroq
rivojlana boshlaydilar.
Aqli zaif chaqaloqning ilk davrida boshini tuta bilishi, tik turishi, yurib
ketishi, birinchi sо‘zlarining paydo bо‘lishi, nutqning rivojlanishi kechikadi.
Turli shamollash va yuqumli kasalliklarga moyil bо‘ladilar. Aqli zaif
bolalarning ruhiy taraqqiyotida asosiy kamchilik-bilish faoliyatining turg‘un
buzilishi bо‘lsa, psixik rivojlanishi sust bolalarda intellekt birmuncha yuzaki
zararlangan bо‘lib, tiklanish harakteriga ega. Ularda ruhiy rivojlanish tezligi,
sur’ati sekinlashgan bо‘ladi. Shu bilan birga, hissiyot buzilishlari yetakchi о‘rin
tutadi. Bu buzilishlar ruxiy yoki jismoniy infantilizm kо‘rinishlarida namoyon
bо‘ladi.
Kelib chiqish sabablariga kо‘ra aqliy zaiflik tug‘ma, hamda orttirilgan
bо‘lishi mumkin.
Rezus
faktorning
tо‘g‘ri
kelmasligi,
xromosom
kasalliklari,
fenilketonuriya va shu kabilar tug‘ma aqliy zaiflikka olib kelishi mumkin.
24
Masalan, aqliy zaiflikning, Daun kasalligi deb ataladigan bir turli
xromosomalar nisbatining buzilishi natijasida 46 ta yoki 23 juft xromosoma
о‘rniga bitta ortiqcha xromosomaning vujudga kelish natijasida paydo bо‘ladi.
Shunisi qiziqki, irsiy hujayralardagi patologik о‘zgarishlar Daun kasalligi bilan
kasallangan barcha oligofren bolalarning tashqi kо‘rinishini bir xil qilib qо‘yadi.
Ular kam harakat, besо‘naqay, kо‘zlari qisiq, bо‘rni puchuq, tili katta, lablari
qalin, shalpang quloq, barmoqlari kalta bо‘ladi va hokazo. Millatidan qat’i
nazar, ular bir ota-onaning bolasiga о‘xshab ketishadi.
Onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar — og‘ir virusli gripp, tif,
qizilcha bilan kasallanishi, ona organizmidagi turli parazitlarning homilaga
yuqishi, xomilaning shikastlanishi, ota-onalarning alkogolizmi ham aqliy
zaiflikga sabab bо‘lishi mumkin.
Fransuz olimlari alkogolizmga giriftor oilalarda tug‘ilgan 57 nafar bolani
uzoq muddat kuzatib borib, ularning 25 nafari 1 yoshga tо‘lmasdan nobud
bо‘lganini, 5 nafari tutqanoq, 5 nafari gidrotsefaliya (bosh miyada istisnosi)
kasalligi bilan og‘riganini, 12 nafari aqlan zaif bо‘lgani va faqat 10 nafar bola
meyorda rivojlanganligini aniqlagan.
Orttirilgan aqliy zaiflik bola uch yoshgacha bо‘lgan davr ichida turli xil
og‘ir kasalliklar bilan kasallanishi (meningit, meningoensefalit, markaziy nerv
sistemasining shikastlanishi) natijasida ham vujudga keladi.
Xozirgi davrda aqliy (intellektual) rivojlanishiga kо‘ra aqliy zaiflik tо‘rt
darajada namoyon bо‘lishi kо‘rsatilmoqda: yengil, о‘rta, og‘ir, chuqur. Maxsus
oligofrenopedagogika, oligofrenopsixologiya fanlarida olimlardan Dulnev G.M.,
Zamskiy X.S., Pevzner M.S.,Petrova V.G., Rubinshteyn S.Y. Yeryomenko V.A.
ilgari aqliy (intellektual) rivojlanishiga kо‘ra aqliy zaiflik oligofreniya uch
darajada namoyon bо‘lishini ta’kidlanganlar: 1) debil - yengil darajadagi aqli
zaiflik; 2) imbetsillik – og‘ir daraja; 3) idiotiya – chuqur aqli zaiflik. Aqliy
zaiflikning eng yengil darajasida bolalarni tashqi kо‘rinishiga qarab meyorda
rivojlangan tengdoshlaridan ajratib bо‘lmaydi. Ular kо‘pincha о‘qishni
ommaviy maktabning birinchi sinfidan boshlaydilar-u, lekin qisqa muddat
25
ichida ulgurmovchi о‘quvchilar orasiga qо‘shilib qoladilar. Umuman, zehn va
fahm-farosatga bog‘liq ishlarda yengil darajadagi aqli zaif bolalar ancha
qiynaladi, biroq ular maxsus maktabga о‘tib, dastо‘rini о‘zlashtirib chiqishsa,
sanoat va hamda qishloq xо‘jalik ishlab chiqarishida, maishiy xizmat sohasida
oddiy turdagi mehnat bilan shug‘ullana oladi. Tarbiyachi va о‘qituvchilar yengil
darajadagi aqli zaif bolalarni boshqa bolalardan ajratib olib, ularning maxsus
bog‘cha va maktablarda tarbiyalanishi va ta’lim olishini ta’minlashlari yoki
integratsiyalashgan ta’limga jalb etishlari lozim.
Aqli zaiflikning uchala darajasida ham tarbiyachi va о‘qituvchilar aqli zaif
о‘quvchilarni meyorda rivojlangan tengdoshlari hamda о‘xshash tarzdagi
boshqa kamchiliklari bor bolalardan ajrata olishlari lozim. Yengil darajadagi aqli
zaiflikni boshqa о‘xshash anomaliyalardan va meyorda rivojlangan bolalardan
ajratib olish amalda ancha qiyin bо‘ladi.
Yengil darajadagi aqli zaif bola nutqida qо‘pol, uni tushunib
bо‘lmaydigan nuqsonlar kuzatilmasa ham, kо‘p tovushlar notо‘g‘ri talaffuz
etiladi, bunday bola lug‘ati kambag‘al, chegaralangan bо‘ladi. Yengil darajadagi
aqli zaif bolalar uchun bir qator fahm-farosat yetishmasligi harakterlidir.
Ularning kuzatish, taqqoslash, idrok qilayotgan narsalarning, voqea-
hodisalarning muhim tomonlarini ajratib kо‘rsatish, bular о‘rtasidagi eng oddiy
sabab-natija bog‘lanishlarini fahmlab olish qobiliyatlari rivojlanmay qoladi.
Yengil darajadagi aqli zaif bolalning tafakkuri, diqqati, sezgi va idroklari,
xotirasi, analiz va sintez qilish qobiliyatlari ham yaxshi rivojlanmagan bо‘ladi.
Yengil darajadagi aqli zaif bolalarning bilish faoliyatidagi kamchiliklar
matematika darslarda ayniqsa yakqol namoyon bо‘ladi, negaki, eng oddiy
hisoblash amallari ham abstrakt hisoblashni talab etadi. Yengil darajadagi aqli
zaif bolalar tartib sonlarni о‘zlashtira oladilar, lekin qо‘shish va ayrish, teskari
sanash, eng oddiy masalalarni, misollarni yechishda juda qiynaladilar. Ular
misolni mohiyatini, masalaning mazmunini va raqamli ma’lumotlarni
tushunolmaydilar.
26
Qо‘zg‘alish va tormozlanish о‘rtasidagi muvozanat buzilganligi tufayli
ayrim oligofren bolalar haddan tashqari jonsarak, serharakat, shо‘x bо‘ladilar va
tormozlanish jarayoni ustun turgan bolalarda esa, aksincha, passivlik,
bо‘shanglik, beparvolik, hech narsaga qiziqmaslik kuzatiladi va hokazo.
Aqli zaif bolalar vaziyatni yetarli darajada anglay olmaydilar, hatti-
harakatlarni vaziyatga qarab, о‘zgartira olmaydilar. Ularda о‘z-о‘ziga va
atrofdagilarga nisbatan tanqidiy munosabat birmuncha sust bо‘ladi. Yuqorida
kо‘rsatilgan bir qator kamchiliklarga qaramay, oligofren bolalar bilan tо‘g‘ri
tashkil etilgan maxsus ta’lim-tarbiya ishlari natijasida defektologlar ularni
mustaqil hayotga tayyorlash, kasb-hunarga о‘rgatish borasida katta yutuqlarga
erishmoqdalar.
«Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi»ga
16
binoan yaratilgan uzluksiz
ta’lim tizimida yengil va о‘rta darajadagi aqlan zaif bolalar uchun maxsus
maktabgacha tarbiya muassasi, о‘rta umumta’lim beruvchi 9 yillik maxsus
mehnat ta’limi maktabi yoki maktab-internat, 2 yillik maxsus mehnat maktabi,
bu maktab xozirda maxsus maxsus maktabda maktab nomi bilan nomlanmoqda
yoki kasb-xunar kollejida tashkil etilgan maxsus guruhlar faoliyat kо‘rsatib
kelmoqdalar.О‘quv kuni о‘zaytirilgan Maxsus maktab yoki maktab-internatlarda
maxsus ta’lim standartlariga muvofiq aqlan zaif bolalarga 9 yil ichida
umumta’lim bilimlar beriladi hamda kasb-hunar о‘rgatiladi va maxsus mehnat
maktabi yoki maxsus maktabda imkoniyati cheklangan yoshlar uchun kasb-
xunar kolejlarining maxsus guruhlarida ta’limni davom ettirishga tayyorgarlik
kо‘riladi. Majburiy-ixtiyoriy ta’limni amalga oshiruvchi muassasa aqli zaif
bolalar uchun oxirgi ta’lim maskani bо‘lib xizmat qiladi, unda mustaqil hayotga
tayyorlash –ijtimoiy-maishiy moslashuvi-adaptatsiya ishlarini amalga oshirish-
asosiy о‘rin egallaydi.
Mamlakatimizda barcha turdagi nuqsonli bolalar uchun alohida
tabaqalashtirilgan ta’lim muassasalari mavjud bо‘lib, 89 ta maktab-internatda
16
О‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi - 1997 yil 27 avgust.- 10-11betlar
27
26000 dan ziyod о‘quvchilar ta’lim-tarbiya olmoqdalar. Oligofreniyaning debil
darajasidagi bolalar Maxsus maktabgacha tarbiya muassasi va Maxsus mehnat
ta’limi maktabida yoki maktab- internatlarda ta’lim olmoqdalar. Tо‘qqiz yillik
umumta’lim maxsus Maxsus maktabni tugagach, debil bolalar yana uch yil
kasb-xunar maktablarida yoki ular uchun kasb-xunar kolejlari qoshida tashkil
etilgan maxsus guruxlarda taxsil olib, sо‘ngra mustaqil hayot kechirish
imkoniyatlariga egadirlar. Maxsus mehnat ta’limi maktabida aqli zaif bolalar
о‘qitiladi, tarbiyalanadi, ular bilan alohida davolash, korreksiya, tо‘zatish ishlari
olib boriladi.
Umumta’lim fanlarini о‘qitish xajmi va mazmuni aqli zaif bolalarni
rivojlanish xususiyatlari va ularning о‘quv materiallarini о‘zlashtirish
imkoniyatlari darajasi bilan belgilanadi.
Tо‘qqiz yilik о‘quv muddat ichida о‘quvchilarga elementar umumta’lim
tayyorgarligi beriladi. О‘smirlarni kasbga tayyorlashning dastlabki bosqichi
amalga oshiriladi.
Maxsus maktabning maxsus vazifasi eng avvalo, maktab о‘quvchilarining
bilish faoliyatini rivojlantirish, psixik va jismoniy taraqqiyotidagi kamchiliklarni
tо‘g‘rilashdan iborat. Rivojlanishdagi nuqsonlar о‘qitish jarayonida maxsus
pedagogik vositalar bilan tо‘zatiladi. О‘quv jarayoni maxsus tо‘zilgan о‘quv
reja, dasturlar asosida amalga oshiriladi. Aqli zaif bolalarning nutqdagi nuqson
va harakat a’zolari nuqsonlarini tо‘zatish uchun logopediya, ritmika, jismoniy
davolash gimnastikasi kabi korreksion mashg‘ulotlar uyushtiriladi.
Maxsus maktabda bolalar va о‘smirlarni mustaqil hayotga tayyorlash
katta ahamiyatga ega.
Maxsus maktabda ta’lim ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1-4 sinflar –
birinchi bosqich;
5-9 sinflar – ikkinchi bosqich.
1 sinfga 7-8 yoshdagi bolalar qabul qilinadi. Bu sinfda darslar,
mashg‘ulotlar 40-45 daqiqani tashkil etadi. 1 sinfda uy vazifasi berilmaydi.
28
Maxsus maktab о‘quv fanlari tarkibida mehnat ta’limi, kasb-xunarga
о‘rgatishga, ijtimoiy maishiy hayotga yо‘naltirish darslariga katta ahamiyat
beriladi
Maxsus mehnat ta’limi maktablarida barcha ishlar korreksion yо‘nalishda
amalga oshiriladi. Ushbu maktabning о‘quv rejasida mehnat darslariga eng kо‘p
vaqt ajratilgan bо‘lib, mehnatning sodda turlari bо‘yicha о‘quvchilarga malaka
beriladi. (duradgorlik, slesarlik, tikuvchilik, chorvadorchilik, kartonaj ishlari
bо‘yicha mutaxassis va x.k.)
Mehnat darslarida 8-10 bola, boshqa predmetlarda esa sinfda 12-16
boladan oshmasligi kerak. Maktabda barcha ishlar maxsus tо‘zilgan reja, dastur
va darsliklar asosida olib boriladi.
Maxsus maktabda ta’lim jarayonida aqli zaif о‘quvchilarning bilish
faoliyatidagi kamchiliklarini bartaraf etish, korreksiyalash hamda nutq о‘stirish
ishlarining nazariy asoslarini ishlab chiqqan olimlardan VigotskiyL.S.,
Gnezdilov M.F., Dulnev G.M.,Pevzner M.S., Vlasova T.A., Aksyonova A.K..
Petrova V.G., Smirnova Z.N., Aytmetova S.SH., Raxmanova V.S., Gordiyenko
D.A., Sosedova N.V., Hamidova M. kabi va boshqa olimlarning fikricha,
maxsus maktabda barcha predmetlarda nutq о‘stirish ishlari korreksion ish
sifatida amalga oshirilishi lozim.
Aqli zaif bolalar о‘zlarining meyorda rivojlangan tengdoshlariga
karaganda birmuncha kech tilga kiradilar, birinchi sо‘zni aytish muddati uch
ba’zan esa besh yoshigacha kechikadi.
Aqli zaif о‘kuvchilarning gap tuzishida ham qiyinchiliklar kuzatiladi.
Tuzgan gaplari sodda, yirik bо‘lib, sо‘zlarning о‘zaro moslashuvida kо‘plab
xatolar uchraydi, murakkab bog‘lonishli gaplar juda kam kо‘llaniladi. Aqli zaif
bolalar og‘zaki nutqidagi barcha nuqsonlar ularni о‘kitish jarayonida qiyinchilik
tug‘diradi.
Hozirgi vaqtda maxsus maktablarimizda asosan aqli zaiflikning yenil
darajasi diagnozi bо‘lgan bolalar ta’lim oladilar.
Tez-tez bо‘lib turadigan bosh og‘rig‘i, nevroz harakterdagi buzilishlar,
29
aqliy faoliyat jarayonlariga о‘zining salbiy ta’sirini о‘tkazadi. Bu toifaga apatik-
dinamik buzilishlari bо‘lgan oligofrenlarni ham kiritish mumkin. Xulqi psixopat
mazmun kasb etuvchi oligofrenlarda jinsiy intilishlarning buzilishi, daydib
yurishga moyillik, о‘g‘rilikka ruju qо‘yish holatlari kо‘rinib turadi. Bunday
nuqsonlar asosan meningoensefalit, meningit, bosh miyasi jarohat olgan
bolalarga hosdir.
Maxsus maktablarda asosan ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni
bо‘lgan bolalarga ijtimoiy muhit ta’sir etadi.
Yuqorida
keltirilgan
ma’lumotlarning tahlili aqli zaif bolalar
rivojlanishining ba’zi tomonlarini yoritib beradi.
О‘zbekiston
Respublikasi
«Ta’lim
tо‘g‘risida»gi
О‘zbekiston
Respublikasining Qonuning 23-24-moddasiga kо‘ra «rivojlanishida jismoniy
yoki psixik kamchiliklari bо‘lgan anomal bolalar ta’lim olish xuquqiga ega»
17
.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, intellektida nuqsoni bо‘lgan bolalar
psixo-fiziologik rivojlanishining hamma tomonlari о‘rganilishi lozim, ular ham
sog‘lom tengdoshlari qatori ta’lim olish va yashash huquqiga ega va bu aytib
о‘tilganlar qonun asosida kafolatlangan. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib aqli
zaif bolalar maxsus ta’lim-tarbiyaga muhtoj. Maxsus maktab aqli zaif
о‘quvchilarda korreksion ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda sinf rahbari
faoliyati muhim rol yо‘naydi degan fikrni bildiramiz.
17
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyul karoriga asosan «Ta’lim tо‘g‘risida» gi О‘zbekiston Respublikasining
Qonuni 1997 yil 8 dekabr- 23-24- moddalar -7 bet
30
Do'stlaringiz bilan baham: |