О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Ilmiy  tadqiqot  ishimizning  tuzilishi



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/36
Sana22.07.2021
Hajmi1,35 Mb.
#126034
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
maxsus maktabda sinf rahbarining ish tizimi

Ilmiy  tadqiqot  ishimizning  tuzilishi:  Mazkur  dissertatsiya  kirish,  uch 
bob,  har  bir  bob  yuzasidan  xulosalar,  umumiy  xulosa  va  foydalanilgan 
adabiyotlar rо‘yxatidan iborat. 



 
I Bob. Maxsus maktabda sinf rahbari ish masalalari pedagogik muammo 
sifatida
 
1.Maxsus maktab о‘quvchilari ta’lim-tarbiya muammolari 
Mustaqil  О‘zbekistonning  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy-madaniy  hayotida 
amalga  oshirilayotgan  tub  islohotlar  jamiyatimiz  oldiga  davlat  siyosatining 
ustuvor  yо‘nalishlaridan  hisoblangan  ta’lim  mazmunini  yangilash  va  yosh 
avlodni  zamon  talablariga  javob bera oladigan xolda о‘qitish va  tarbiyalashdek 
muhim vazifalarni qо‘ymoqda. 
Tarbiya nihoyatda noziq ish, unda bolaning kо‘p jihatlarini inobatga olish 
kerak bо‘ladi. Tarbiyada nogiron bolalarning induvidual xususiyatlarini hisobga 
olish  zarur.  V.G.Belinskiy:  «Tarbiya  -  buyuk  ish,  u  bilan  inson  taqdiri  hal 
qilinadi»,  -  degan  edi.  Darhaqiqat,  tarbiya  nihoyatda  murakkab,  lekin  har  bir 
holatda  induvidual  va  ijodiy  ishdir.  Boy  hayotiy  tajribaga  ega  bо‘lgan  ota-
onalar,  pedagoglar,  olimlaru,  mutaxassislar,  tarbiyada  bolalarning  induvidual 
xususiyatlarini hisobga olish tо‘g‘risida о‘z fikrlarini bildirishgan.  
Oligofrenopedagogikaning  boshlang‘ich  davri  buyuk  vrach  pedagog  Jan 
Demor  (1871-1932)  faoliyati  bilan  bog‘liq.  J.Demor  maxsus  pedagogikada  о‘z 
xizmatlari bilan alohida о‘rin tutadi. U yuqori darajada e’tiborga molik bо‘lgan 
«Nuqsonli  bolalar,  ularning  uyda  va  maktabdagi  tarbiyasi»  deb  nomlangan 
asarida  (1909  yilda  chop  etilgan)  aqli  zaiflikning  klinikasini  о‘rganishga  juda 
katta  xissa  qо‘shdi.  U  bolalardagi  aqli  zaiflikning  sabablarini  batafsil  о‘rgandi. 
Demorning  fikricha  markaziy  nerv  sistemasining  organiq  buzilishi  asosida  aqli 
zaiflik kelib chiqadi.
 
Shif  J.I  bir  qator  mashqlar  yordamida  aqli  zaif  bolalarning  diqqatini, 
sezish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkinligini aytadi. Bundan tashqari Shif J.I 
«Aqli  zaiflar  uchun  ritmik  mashqlarni  alohida  tarbiya  yashashga,  mehnat 
qilishga  о‘rgatishdir»
6
-deb  yozadi.  Xozirgi  kunda  «reabilitatsiya»  -  bu  bolani 
yashashga, mehnat qilishga о‘rgatishdir. 
                                                 
6
 Шиф Ж.И. Особенности умственного развития учащихся вопомогательной школы. М, 1965, 20-33-бетлар. 


10 
 
V.I.Pinskiy  «agar  sinalayotgan  katta  kishilarda  harakatlantiruvchi 
malakaning shakllanishi yaxshi natijalar berishga kо‘maklashuvi oriyentirovkali 
tanqidiy  faoliyat  bilan  birlikda  sodir  bо‘lsa,  aqli  zaif  о‘quvchilarda  bunday 
oriyentirovka  bо‘lmaydi»
7
-deb,  eksperiment  orqali  kо‘rsatib  berdi.  Normada 
rivaojlanayotgan о‘quvchilarning hamda katta kishilarning mashqlari о‘z ichiga 
analiz, sintez va harakatning ratsionalroq usuli bilan kо‘maklashadigan fikrlash 
faoliyatining  boshqa  turlarini  oladi.  Aqli  zaif  bolalar  amalning  (harakatning) 
ratsional  usullarini  kо‘p  marta  mashq  qilganlaridan  sо‘ng,  yо‘l  qо‘yilgan 
xatolar,  noaniqliklar,  ularni  keltirib  chiqargan  sabablarni  kо‘rish  va  muhokama 
qilgandan sо‘ngina natijaga erishganlar va topshiriqni eplay olganlar . 
Kо‘pgina  avtorlar  xususan,  G.M.Dulnev  «Aqli  zaif  bolalarda 
harakatlantiruvchi  malakalarning,  xususan  ish  malakalarining  sekinlik  bilan 
avtomatlashuvi»ni qayd etadilar.
8
 
Sport  kо‘nikmalari  natijasida  sodir  bо‘lgan  kuch-quvvat,  fazoviy  va 
vaqtinchalik  xususiyatlarning  normal  va  aqli  zaif  bolalar  о‘rtasida  keskin 
farqlarni V.M.Mozgovoy ham о‘z tadqiqotlarida aynan aqli zaif о‘quvchilarning 
fazoviy  va  vaqtinchalik  xususiyatlari  haqida  о‘z  fikrlarini  bildirgan.  U  fikrini 
davom ettirib, aqli zaif о‘quvchilarning о‘zlarining ehtiyoj va qiziqishlari tufayli 
tug‘ilgan  motivlarni  tarbiyalash  lozim.  Buning  uchun  idrok  etilayotgan 
materialni  aqli  zaif  bola  psixik  faoliyatining  motivlashgan  konteksiga  kiritish, 
unga  mehnat  natijdalaridan  qayerda  va  qanday  foydalanishni  tushuntirish 
maqsadga  muvofiq  ekanligini  aytgan.  Vazifani  hamda  maqsadni  anglamaslik 
о‘qishni mexaniq ishga, me’daga tegadigan yumushga aylantiradi. 
G.N.Merenyanova  о‘quvchilarni  rejalashtirishga  о‘rgatishning  quyidagi 
usullaridan foydalanadi: bajarilgan ishning rejasini tuzish, о‘qituvchi tomonidan 
berilgan  reja  bо‘yicha  doska  daftarlarga  о‘quvchining  yozib  bajargan  ishi. 
I.G.Yeremenko mehnat maxsulotlarining u yoki bu bosqichda amalga oshirilish 
xolatini  aks  ettiruvchi  rejalarning  sxematik  suratlarini  taklif  etadi.  Amaliyotda 
                                                 
7
 Пинский Б.И.Психология трудовой деятельности учащихся вспомогательной школы . –М., 1969 165-182-бетлар 
8
 
ДульневГ.М.Учебно-воспитательная работа во вспомогательной школе. М.1982 -159бетлар 


11 
 
maxsulotni  tayyorlash  bilan  bog‘liq  barcha  operatsiyalar  izchil  bayon  etilgan 
instruktiv  jadvallar  qо‘llaniladi.  Tabiiy  materiallar  bilan,  ishlab  chiqarish 
jarayonini  boshdan-oxirigacha  aks  ettiruvchi  jadvallardan  foydalaniladi.  Jadval 
mazkur  narsa  nima,  u  qanday  detallardan  tashkil  topgan,  uni  tayyorlash  uchun 
zarur operatsiyalar, qurollar tо‘g‘risida tasavvur beradi.
9
 
Aqli  zaif  о‘quvchilar  о‘quv  vazifalarini  bajarishda  normal  о‘quvchilarga 
qaraganda  boshqacha  motivlarga  amal  qilishadi.  Vazifalarni  о‘ziga  hos 
bajarishlari  ular  faoliyatining  qisqa  motivatsiyasidan  dalolat  beradi.  Bajarilishi 
zarur  bо‘lgan  vazifani  (buni  aqli  zaif  bola  anglash  holatida  bо‘lmaydi)  u 
о‘qituvchining  talabini  qanday  bо‘lmasin  qondirish  maqsadida  nomigagina 
bajaradi.  Bunda  vazifa  yaxlit  tarzda  emas,  balki  alohida-alohida  harakatlar  va 
operatsiyalar  bilan  bajariladi.  Aqli  zaif  о‘quvchilarni  doimiy  suratda  harakatga 
da’vat etish, ularga vazifaning oraliq xalqalarini anglab olishlari uchun yordam 
berishi kerak. 
Harakatlantiruvchi  kо‘nikmalarning  amalga  oshirilishida  sezgi,  idrok 
etish, tasavvurlar, fikrlash jarayonlari, idrok etiluvchi obyekt, о‘z-о‘zini kontrol 
qilish uchun signallar bо‘lib qoladi.  
Aqli  zaif  о‘quvchilar  xatto  о‘qituvchining  talabi  bо‘yicha  о‘z-о‘zini 
nazorat  qilishning  о‘zlariga  ma’lum  bо‘lgan  misollaridan  foydalanishgan 
taqdirda ham, buni nomigagina amalga oshirishadi, ya’ni tekshirish uchun zarur 
harakatni bajarishmasdan, notо‘g‘ri natijani mexaniq tarzda bajarishadi. Maxsus 
maktab  о‘quvchilarida  intizomlilikni  shakllantirishda  ularga  sabab  va  oqibat 
qonuniyatlarini  ongli  anglatish,  har  qanday  qilingan  harakatga  о‘zlari  javob 
berishlari  lozimligi,  intizomlilik  har  ishning  boshi  ekanligini  ongli  anglatish 
kutilgan  natijalarni  beradi.  Bularni  esa  qiziqtirish,  takrorlash,  nazorat  qilishni 
tizimli  va  uzviy  holda  amalga  oshirilgandagina  maqsadga  erishish  mumkin 
bо‘ladi. 
50-yillardan keyin I.Pavlov ta’limotini chuqurroq ijodiy о‘rganish asosida 
aqli zaiflikni tor tushunishga chek qо‘yildi. Bu ta’limot asosida «ximoyalovchi - 
                                                 
9
 Ерменко.И.Г. Олегофренопедагогика – К: 1989г. 


12 
 
saqlovchi»  jarayoning  mohiyati  ochib  berildi.  Psixikaning  reflektor  nazariyasi 
markaziy  asab  tizimining  kasallanishida  ish  qilish  qobilyatining  buzilishini 
oydinlashtirishtirib berdi. 
 Mashhur  psixolog,  oligofrenopedagogikaning  asoschisi  L.S.Vigotskiy 
ta’limoti juda katta nazariy, amaliy ahamiyat kasb etdi. L.S.Vigotskiy ta’limoti 
yanada dolzarblashib bormoqda. Turli etiologik omillar asosida kelib chiqadigan 
aqli  zaif  nogiron  bolalarni  differensiyalashgan  holda  ta’limga  jalb  etish  ishlari 
ishlab chiqilmoqda. 
 
20-60-yillarda  L.S.Vigotskiy  oliy  psixik  jarayonlarning  rivojlanmay 
qolishi xolati ikkilamchi bо‘lganligi tufayli, «... ular bir zanjirni eslatadi ... shu 
zanjirning  eng  zaif  joyiga  tarbiyaning  butun  kuch-  qudratini  qaratib,  uni 
parchalab yuborish lozim»
10
, -deb kо‘rsatadi. 
L.S.Vigotskiy,  N.L.Kolominskiy  tomonidan  aqli  zaif  bolalar  shaxsiy 
sifatlarining  shakllanishi  Maxsus  maktablarda  qanday  kechishi  qator  tajriba 
ishlari  bilan  tekshiriladi.  Bunda  aqli  zaif  bolalarga  sinf  jamoasini  ta’siri 
masalalari  ochib  berildi.  L.S.Vigotskiyning  bu  fikri  aniq  dalillar  bilan 
isbotlangan.  Sog‘lom  avlodning  rivojlanishi  uchun  kritik  jarayonlarda 
shikastlantiruvchi  omillar  bо‘lmasligi  kerakligi  isbotlangan.  Sezish  va  bilish 
bevosita  faoliyatining  aks  etishidir.  Sezish  va  bilish  analizatorlarga  ta’sir  etish 
mumkin. Shartli reflekslarning yig‘ilishi bilish jarayonining asosini tashkil etadi. 
Sog‘lom  bolada  bu  jarayon  tez  va  jonli  harakter  kasb  etadi.  Markaziy  nerv 
sistemasi  organiq  jarohatlangan  bolalarda  esa  bilish  va  sezish  sekin,  kо‘pgina 
о‘ziga hosliklar bilan shakllanadi. 
L.S.Vigotskiy  «Aqli  zaif  bolaning  psixik  taraqqiy  topishi,  asosiy 
farqlanuvchi  belgisi,  har  ikki  holda  taraqqiy  topishning  mos  kelmasligi, 
farqlanishidir»
11
, deb yozgan. 
                                                 
10
 
Выготский Л.С. Проблемы дефектологII . - М.: Просвещение,  1995. - 527с.  
 
11
Выготский Л.С. Основы дефектологII  // Собр. соч.: В 6 т. - М.:  Педагогика,    1983. - Т 5. - 368 с. 
 
 


13 
 
Bolaning  biologik  jihatdan  tо‘laqonli  bо‘lmasligi  uni  о‘z  vaqtida,  ya’ni 
gо‘daklik  yoshidan,  insoniy  madaniyatlarni  egallash  imkoniyatlaridan  maxrum 
etadi.  Bu  xolat  esa,  sog‘lom  bolaga  mо‘ljallangan  odatdagi  usul  va  metodlar 
shaklida  о‘zlashtiriladi.  Bolaning  bosh  miyasini  organiq  jarohatlanishi 
natijadasida (oligofreniya kasalligi) natijasida psixik jarayonlarning о‘zgarishiga 
olib keladi. Bu aqliy jihatdan aqli zaif bolaning о‘ziga hos bо‘lishiga olib keladi.
 
Psixologlardan  L.D.Zankov,  P.YE.Suhareva,  G.M.Dulnev,  P.A.Vlasova 
va boshqalar tomonidan ta’kidlanishicha, aqli zaiflarda ruhiy nuqson murakkab 
tuzilishga  ega  ekan.  Ularning  kо‘rsatishicha  bir  tomondan  birlamchi  nuqson 
ta’sirida  oddiy  aqliy  jarayonlar  buzilsa,  ikkilamchi  nuqson  sifatida  ruhiyatning 
oliy shakllari buzilar ekan. 
 
T.A.Vlasova  nuqsonli  bolalarning  differensial  ta’lim  muammosini  keng 
yoritib  bergan.  Maxsus  maktabda  differensial  ta’limning  samarali  yо‘llarini 
izlash ishlarini uning shogirdlari davom ettirdilar. 
A.N.Smirnova  о‘zining  kо‘p  yillik  pedagogik  faoliyati  natijasida 
«Korreksionno-vospitatelnaya  rabota  uchitelya  vspomogatelnoy  shkoli»  nomli 
kitobini  yozdi.  Bu  kitobda  maxsus  maktab  о‘qituvchilari  uchun  aqli  zaif 
bolalarni  ta’lim-tarbiyasida  korreksion  tarbiyaviy  ish  tizimini  yaratib, 
о‘quvchilarda  faollikni  oshirish,  biror-bir  faoliyatga  tayyorgarlik  qо‘rish,  bir 
maqsadga  yо‘naltirilgan  faoliyat  bilan  doimo  mashg‘ul  bо‘lishni  tavsiya  etgan. 
A.N.Smirnova  о‘z  pedagogik  ish  faoliyatida  ta’lim  va  tarbiyaning  har  bir 
bosqichida  aqli zaif о‘quvchilarning individual  imkoniyatlarini,  ularning о‘ziga 
hos xususiyatlarini hisobga olish zarurligini kо‘rsatib о‘tadi.  
Muammoning  psixologik  asoslari  D.V.Elkonin,  S.Y.Rubinshteyn, 
L.R.Luriya,  Petrova  V.G.,  I.V.Belyakova  kabi  va  boshqa  olimlarning  ilmiy 
izlanishlarida ham о‘zining aniq ifodasini topgan. 
Ularning  fikricha,  aqliy  rivojlanishida  kamchiliklari  bо‘lgan  bolalarning 
о‘ziga  hos  xususiyatlarini  hisobga  olgan  xolda  ta’lim  tarbiya  ishlarini  tashkil 
etish, takomillashtirish mumkin. Aqli zaif о‘quvchilarning bilish faoliyati о‘ziga 
hos bо‘lsada, uning potensial imkoniyati baland. 


14 
 
Tо‘g‘ri  tashkil  etilgan  korreksion  rivojlantiruvchi  ta’lim-tarbiya 
jarayonida  Maxsus  maktab  о‘quvchilariga  mustaqil  hayotda  zarur  bо‘lgan 
xajmdagi bilim, kо‘nikma, va malakalarni о‘rgatish mumkin. 
Maxsus  sharoitda  va  maxsus  usullar  bilan  olib  boriladigan  ta’lim  tarbiya 
ishlari  orqali  aqli  zaif  bolalarning  bilish  faoliyatidagi  kamchiliklari  bartaraf 
etiladi va ijodiy tafakkuri korreksiyalanadi. 
Aqli  zaiflik–  bu  bolaning  psixik  holatining  buzilishiga  bog‘liq  xolda 
rivojlanishning  boshqa  funksiyalarini  ham  buzilishiga  sabab  bо‘luvchi  og‘ir 
jarayon bо‘lib, nuqsonli rivojlanishning bir kо‘rinishidir.  
Aqli zaif bolalar oliy asab faoliyatining xususiyalari borasida A.R.Luriya, 
M.S.Pevzner  tomonidan  amalga  oshirilgan  ilmiy  ishlar  juda  katta  nazariy 
ahamiyatga ega bо‘ldi.  
A.R.Luriya aqli zaif bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini tavsiflab, 
ularning  «nutqiy  faoliyatining  murakkab  shakllari  mavsumlashtirish  va 
umumlashtirish bilan bog‘langan bilish jarayonlari rivojlanmay qoladi»
12
. - deb 
ta’kidlaydi. Meyoridagi bolaning ham, nogiron aqli zaif bolaning ham rivojlanib 
borishidagi  yetakchi  omil  bu  -  ta’lim  -  tarbiyadir.  Tarbiya  g‘oyat  murakkab 
jarayon bо‘lib, har davrning ijtimoiy - siyosiy hayotini о‘zida aks ettiradi. Uning 
usullari, vositalari va omillari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, о‘zini 
urf-odatlar  an’anasiga  aylanatiradi.  Binobarin,  tarbiyada  har  bir  xalqning  о‘z 
udumi,  usuli  tarixan  shakllangan  va  tajribada  sinalgan  dunyoqarashi  tarbiya 
vositalari bо‘ladi. Shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi 
kerak.
 
Aqli 
zaif 
nogiron 
bolalarning 
nuqsonlari 
korreksiyalanishi, 
kompensatsiyalanishi  mumkin.  Ammo  buning  uchun  ta’lim  va  tarbiyalashning 
barcha harakatlari, eng avvalo, birlamchi nuqsonni bartaraf etish xususiyatidir. 
О‘quv materialini idrok qilish va anglashning о‘ziga hos xususiyatlari aqli 
zaif  о‘quvchilarning  xotiralari  bilan  bog‘liq.  Xotiraning  asosiy  jarayonlaridan 
                                                 
12
 Лурия А.Р. Умственно отсталый ребёнок.-М.,1969 -134-с 
 


15 
 
esda  qolish,  esga  tushurish  ulardan  о‘ziga  hos  tarzda  rivojlanadi.  L.Z.Zankov, 
V.G.Petrovalar kо‘rsatganlaridek, aqli zaif bolalar xotirasining sustligi ularning 
ma’lumotlar olish va esda saqlashdagi qiyinchiliklari tufayligina emas, balki shu 
ma’lumotlarni esga tushishi qiyinchiliklari bilan bog‘liqdir.  
Maxsus  maktabdagi  dars,  uning  tuzilishi,  tiplari,  olib  borilishi  haqida 
G.M.Dulnev, 
L.V.Zankov, 
A.R.Luriya, 
M.M.Nudelman, 
V.G.Petrova, 
B.I.Pinskiy,  I.M.Solovev,  J.I.Shiflarning  asarlarida  keng  yoritilgan.  Ularning 
fikriga  kо‘ra  aqli  zaif  о‘quvchilarning  о‘z-о‘zini  boshqarishdagi  о‘ziga 
hosliklar,  bilish  jarayonidagi  nuqsonlarni  chuqur  о‘rganish,  sabablarini  bilish, 
mehnatga  о‘rgatish  jaryonida  muhim  ahamiyatga  ega.  Bolani  о‘lchashga,  о‘z-
о‘zini boshqarishga, ma’lum narsani yasashga о‘rgatish bilan birga uning bilish 
jarayonidagi nuqsonlarni korreksiyalab borish lozimligini ta’kidlab о‘tishgan.
 
О‘zbekistonda  maxsus  maktabda  ta’lim  olayotgan  aqli  zaif  о‘quvchilari 
va 
ularning 
ta’lim-tarbiyasining  ayrim  tomonlari  ustida  olimlardan 
S.SH.Aytmetova,  D.A.Gordiyenko,  K.K.Mamedov,  L.SH.Nurmuhammedova, 
P.M.Pо‘latova,  I.G.Radisheva,  V.S.Raxmanova,  N.V.Sosedova,  G.A.Sodikova, 
A.I.Sagatov, M.F.Xakimova, tomonidan tadqiq etilgan. 
A.I.Sagatov, K.X.Mamedov, P.Pulatova, о‘z ilmiy izlanishlarida aqli zaif 
bolalarning  о‘ziga  hos  xususiyatlarini  turli  vaziyatlarda  о‘rganib,  yoritib 
berganlar.
13
 
S.SH.Aytmetova  aqli  zaif  bolalarning  rivojlanishi  uchun  korreksion 
tarbiyaviy  ishlarini  tashkil  qilish  masalalari  yuzasidan  ilmiy  tadqiqot  ishlarini 
olib  borgan.  Aqli  zaif  bolalardagi  kamchilikning  murakkabligi  ontogenezda 
uning  rivojlanishini  sifat  jihatidan  о‘zgartiradi.  Aqli  zaif  bolalarning 
rivojlanishida  korreksion  ta’limiy  va  tarbiyaviy  tizimning  yо‘qligi  uning  har 
tomonlama rivojlanish imkoniyatlarini cheklab qо‘yadi.
 
Muallif  aqli  zaif  о‘quvchilarini  erta  korreksiyalash  zarurligi  birinchi 
darajali ahamiyatga ega bо‘lganligini ta’kidlab о‘tgan. S.SH.Aytmatova maxsus 
maktabda  shaxsga  ta’sir  о‘tkazish  mohiyatini,  uning  harakterli  xususiyatlarini 
                                                 
13
 Saoatov A.I., Mamedova K.X., P.Pulatova – Oligafrenopedagogika asoslari. – T.: - О‘qituvchi – 1994 y. 


16 
 
ochib  berishga  muvaffaq  bо‘lgan.  Uning  ishlarida  mehnat  faoliyatining 
psixologik  masalalari  ham  keng  kо‘lamda  yoritib  berilgan.  Korreksiya  va 
rivojlanishning о‘zaro chambarchas bog‘liqliklarini о‘z ishida ochib bergan.  
N.V.Sosedova  о‘z  izlanishlarida  «Aqli  zaif  о‘quvchilarning  о‘qish 
darslarda nutqini о‘stirish» masalasiga tо‘xtalib о‘tgan. Muallif maxsus maktab 
о‘quvchilarining о‘qish darslarida lug‘at, analiz-sintez operatsiyalariga kо‘proq 
ahamiyat  berish,  kо‘rgazmalilik  va  ularning  о‘qish  darslarida  orttirgan 
bilimlariga  tayanish  zarurligini  о‘z  ishlarida  kо‘rsatib  bergan.  Birinchilardan 
bо‘lib  N.V.Sosedova  tomonidan  о‘qish  darslarida  aqli  zaif  bolalar  nutqini 
о‘stirishning  yо‘llari,  vositalari,  faollashtirish  imkoniyatlari  ilmiy  jihatdan 
asoslab berilgan.
 
V.S.Raxmanova, 
R.SH.Shomahmudova 
va 
P.M.Pо‘latovalar 
esa 
birinchilardan  bо‘lib,  о‘zbek  aqli  zaif  bolalarini  ta’lim-tarbiya  va  korreksion 
ishlarini metodikalarini yaratganlar.
14
  
V.S.Rahmanova  maxsus  maktab  о‘quvchilarini  ona  tilida  savodga 
о‘rgatish  bо‘yicha  ilmiy  izlanishlar  olib  borgan.  U  maxsus  maktabning 
boshlang‘ich  sinf  о‘quvchilarini  ona  tilini  о‘rgash  bо‘yicha  metodikasini 
yaratgan  olimadir.  Savodga  о‘rgatish  davrida  aqli  zaif  bolalarning  о‘qish  va 
yozuv  malakalari,  о‘zlashtirish  darajalari  aniqlangan.  Savodga  о‘rgatish 
faoliyatining  turli  bosqichlarida  birinchi  sinf  о‘quvchisi  bо‘lmish  aqli  zaif 
bolalarning  о‘qishi  va  yozuvidagi  о‘ziga  hos  holatlar  aniqlanib,  ona  tilida  aqli 
zaif  о‘quvchilarining  о‘qish  va  yozuv  malakalarini  shakllantirishga  qaratilgan 
korreksion ta’limiy tizimi ishlab chiqilgan. R.Shomahmudova «2-3 sinf aqli zaif 
о‘quvchilar  nutqini  о‘stirish  bо‘yicha  korreksion  pedagogik  ish  tizimi» 
mavzusida tadqiqot ishini olib borgan (1991). U aqli zaif о‘quvchilarning rus tili 
darslarida nutqini о‘stirishning korreksion pedagogik hamda psixologik tizimini 
ishlab  chiqdi.  Rus  tili  darslarida  о‘zbek  о‘quvchilari  nutqni  о‘stirish  bо‘yicha 
korreksion  pedagogik,  psixologik  ish  tizmini  ilmiy  jihatdan  dalillab  berilgan. 
Maxsus  maktabda  о‘zbek  tilida  ta’lim  oluvchi  aqli  zaif  2-3  sinf  о‘quvchilarini 
                                                 
14
 Raxmanova V.S – Defektologiya asoslari. T.: - О‘qituvchi – 1994. 


17 
 
ikkinchi  tilni  о‘zlashtirishning  о‘ziga  hos  xususiyatlari  aniqlagan.  Maxsus 
tashkil  etilgan  ta’lim  sharoitida  maxsus  maktabning  boshlang‘ich  sinf  о‘zbek 
о‘quvchilariga rus tilini о‘rgatishning metodik asoslarini ishlab chiqqan. 
P.M.Pо‘latova  esa  «Maxsus  maktablarning  5-sinfidagi  aqli  zaif 
о‘quvchilarning  sinfdan  tashqari  о‘qish  darslarida  gazeta  materiallari  bilan 
korreksion ishlarni amalga oshirish»ga oid о‘z izlanishlarini olib borgan (1993). 
Gazeta  materiallari  bilan  mustaqil  faoliyat  kо‘rsatish  jarayonida  aqli  zaif 
о‘quvchilarning  bilishga  nisbatan  qiziqishi,  aqliy  faoliyatining  о‘ziga  hos 
xususiyatlari  va  imkoniyatlari  aniqlagan,  о‘quvchilarning  aqliy  rivojlanishida 
gazeta bilan ishlash jarayonida korreksion ta’sirning imkoniyatlari kо‘rsatilgan. 
P.M.Pulatovaning  tadqiqotida  sinfdan  tashqari  mustaqil  faoliyat  uchun  gazeta 
materiallarini  tanlash  mezonlari  asoslanadi,  hamkorlikning  ustivor  tomonlari 
ta’kidlanadi.  Gazeta  bilan  ishlashda  aqli  zaif  о‘quvchilarning  nutqini  о‘stirish, 
aqliy faoliyatini faollashtirish, shaxsini shakllantirish omillari kо‘rsatib berilgan. 
Gazeta bilan ishlash metod, usullari, vositalari tizimi yaratilgan. 
О‘zbekistonda nogiron farzandi bо‘lgan oilalarda korreksion ishlarni olib 
borish  jarayoni  haqida  L.SH.Nurmuhamedova  tadqiqot  ishlarini  olib  borgan, 
ammo bu tadqiqot shahar sharoitida nogiron bolani tarbiyalashga bag‘ishlangan 
bо‘lib,  qishloq  sharoitidagi  oilalarda  nogiron  bola  ota-onalarni  bola 
tarbiyalashga tayyorlash muammolari о‘rganilmagan. 
Maxsus  maktab  о‘qituvchilari  aqli  zaif  bolalarga  yozish,  о‘qish 
malakalarini  о‘rgatishda  kо‘p  qiyinchiliklarga  duch  keladilar.  Aqli  zaif 
bolalardagi  fonematik  ezshitishning  yomonligi,  turli  talaffuz  kamchiliklari 
bolalarning yozish va о‘qish faoliyatlariga ta’sir qilmay qolmaydi.
 
Shunday  qilib,  maxsus  maxsus  maktabida  olib  boriladigan  korreksion 
rivojlantiruvchi  ta’lim-tarbiyaviy  ishlar  jarayoni  haqidagi  adabiyotlar  tahlili 
shuni kо‘rsatdiki, ushbu muammo chet el va О‘zbekiston olimlari ishlarida keng 
yoritilgan.  Aqli  zaif  bolalar  bilan  barcha  ishlar  korreksion  yо‘nalishda  amalga 
oshirilishi maxsus maxsus maktabining asosiy vazifalaridan biridir. 


18 
 
Q.Mamedov. 
M.U.Coatov 
P.M.Pо‘latova. 
«Oligofrenopedagogika 
acoclari»  qо‘llanmada  Recpublikamizda  defektologiya  fanining  taraqiyoti 
oligofrenopedagogikaning  umumiy  macalalari  birinchi  bobida  batavsil  yoritib 
berilgan.  Ikkinchi  bob  esa  maxsus  maktablardan  ta’lim  jarayonining  mohiyati, 
prinsiplari, ta’lim mazmuni, maxcuc maktablarda о‘qitish uclubining qо‘llanish 
xucuciyatlari  darc,  darclar  tizimi,  baholash,  mehnat  ta’lim  tashkil  etadi. 
Uchinchi  bobda  maxsus  maktab  о‘quvchilarini  tarbiyalashning  maqcadi, 
vazifaci,  tarbiya  prinsiplarining  qо‘llanishi,  ucullari  ahloqiy  tarbiya,  mehnat, 
ectetik, jicmoniy tarbiya haqida yoritilgan. 
P.M.Pо‘latova «Maxcuc pedagogika» (Oligofrenopedagogika) darcliigida 
oligofrenopedagogika fanini о‘qitish uclubiyati,tarbiyaviy ahamiyati, maqcad va 
vazifalari, uni о‘qitishning о‘ziga xocligi haqida fikr yuritadi.
15
 
Oligofrenopedagogikaning  umumiy  macalalari  haqida  tо‘xtalib  о‘tilgan. 
Maxcuc  ta’lim  tizimi-maxcuc  muaccacalar,  Maxsus  maktabni  boshqarish  va 
unda  rahbarlik  qilish,  Maxsus  maktab,  uning  maqcad  va  vazifalaridan  iborat. 
Maxsus  maktablardan  ta’lim  nazariyaci  bо‘lishida  Maxsus  maktablarda  ta’lim 
jarayonining  mohiyati,  Maxsus  maktablarda  ta’lim  tamoyillarining  qо‘llanish 
xucuciyatlari, ta’lim mazmuni Maxsus maktablarda о‘qitishni tashkil qilish, darc 
va  darc  turlari,  о‘quvchilarning  bilim,  kо‘nikma  va  malakalarini  tekshirish 
haqida  baholash  darclaridan  tashkil  topgan.  Maxsus  maktablarda  tarbiya 
nazariyaci  bо‘limidir.  Unda  maxcuc  maktab  о‘quvchilarini  tarbiyalashning 
maqcadi,  vazifaci,  tamoyillari  va  ucullari,  bu  о‘quvchilar  komolati  shoiru 
mutafakkirlarining  ma’naviy-ahloqiy  tarbiya  berish  haqida  baxc  yuritildi. 
Maxsus  matablarda  mehnat  ta’limi  va  uning  о‘rni  va  roli,  kacb-hunarga 
yо‘naltirish  va  ularni  mehnatga  jalb  qilishdan  iboratdir.Tarbiya  ucullari  va 
tarbiya turlari haqida fikr yuritadi. Bolalar jamoacini о‘rganish, tashkil qilish va 
tarbiyalash  haqidagi  bо‘lim  bо‘lib  aynan  bizning  diccertatciyamizga  moc 
mavzular keltirilgan ekan. 
                                                 
15
 Pо‘latova P.M. Maxsus pedagogika. – T.: G‘.G‘ulom. 2005 y -35 bet.  


19 
 
Maxsus  maktablarda  cinfdan  va  maktabdan  tashqari  ishlar,  pedagogik 
mahorat,  Maxsus  maktabda  (maxcuc  maktab)  cinf  rahbari  va  tarbiyachici 
mavzuci  olib  borilayotgan  ilmiy  ishimizga  dahildor  hicoblanadi.  Cinf 
rahbarining acociy vazifalari, bolalar jamoacini uyushtirish, mehnat- cevarlikni, 
jamoatchilik  xiccini  tarbiyalash,  ularni  har  tomonlama  rivojlanish,  jamoat 
ishlariga faol jalb etishdan iborat. 
Maxsus  maktabda  о‘quvchilarni  о‘rganish  vazifalari  va ularga individual 
yondashishning  zarur  sharoitlarini  amalga  oshirish  korreksion  ta’lim-tarbiya 
berish tamoyillaridan biridir. 
Jamiyatni  rivojlantirishning  hozirgi  bocqichida  bolalarni  tarbiyalashda 
oilaning  roli  kattadir.  Bu  bobda  oila  haqida  Maxsus  maktab  aqli  zaif 
о‘quvchilarni  oilaga  tayyorlash,  turmushga  tayyorlash  ishlari  olib  boriladi. 
Bundan  tashqari  о‘quvchilarni  tarbiyalashda  maxallaning  о‘rni,  ularning 
ma’naviy-ahloqiy  tarbiyalash,  qiz  va  о‘g‘il  bolalar  tarbiyacining  о‘ziga  xoc 
tomonlari haqida baxc yuritiladi. 
Cinf rahbar о‘quvchilarni har birini pcixologik jihatdan о‘rganishi, bilishi 
va shunga qarab munocabat, muomala qilish uchun zarur hicoblanadi. 
V.Maqulova, S.Sadiyeva umumta’lim maktablar uchun «Sinfdan tashqari 
о‘qish  mashg‘ulotlari»  metodik  qо‘llanmasida  sinfdan  tashqari  о‘qish 
bolalarning  darsda  olgan  bilimlarini  mustahkamlash  va  boyitishga  yordam 
beradi. Bu qо‘llanmada sinfdan tashqari о‘qish mashg‘ulotlari uchun 16 ta о‘quv 
ishlanmasi  berilgan  har  bir  mashg‘ulot  о‘ziga  hos  ravishda  tashkil  qilingan. 
Qо‘shiqlar, hikoyalar, milliy kiyim va milliy an’analar haqida hikoya va ertaklar 
asosida  tuzilgan.  Bu  qо‘llanma  sinf  rahbari  uchun  ham  kerakli  manba  bо‘lib 
xizmat qiladi. 
 M.Asqarova  M.Xayitboyev  M.S.Nishonovalar  «Pedagogika»darsligida 
didaktika  ta’lim  nazariyasi,  ta’lim  mazmuni,  ta’lim  qonuniyatlari  va  qoidalari, 
о‘qitish  metodlari  va  vositalari,  ta’limni  tashkil  etish  shakllaridan  iboratdir. 
Tarbiya  nazariyasi  о‘z  ichiga  tarbiya  jarayoni,  tarbiya  qoidalari,  tarbiyaning 
umumiy  metodlari  va  vositalarini  oladi.  О‘quvchilarda  ilmiy  dunyoqarashni 


20 
 
shakllantirishni,  milliy  istiqlol  g‘oyasi  va  fuqarolik  tarbiyasi,  ahloqiy  tarbiya, 
jinsiy,  huquqiy,  estetik,  iqtisodiy,  mehnat  va  kasbga  yо‘naltirish,  ekologik, 
jismoniy  tarbiya,  о‘quvchilar  jamiyatini  shakllantirish,  oilaviy  tarbiya  asoslari, 
sinf rahbari, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlardan tashkil 
topgan. Mana shu bо‘limda bizning ilmiy ishimizga oid sinf rahbarligi, sinfdan 
tashqari  maktabdan  tashqari  ishlar  tо‘planayotgan  manbalarimizni  boyitmoqda. 
Bu  mavzuda  sinf  rahbarining  va  vazifalari,  jamoatchi,  tashkilotchi,  yetakchi 
hisoblanadi.  Darsdan  tashqari  ish  usullari,  sinfdan  va  maktabdan  tashqari 
tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish maktabda о‘quvchilar о‘rtasida turli mavzularda 
anjumanlar,  kechalar,  ekskursiyalar  о‘tkazish,  kino  va  teatrlarga  jamoa  bо‘lib 
borish, uchrashuvlar tashkil qilish, devoriy gazetalar chiqarishni yо‘lga qо‘yish 
kabi  ishlar  belgilanadi.  Ta’lim  tizimini  boshqarish,  maktabga  rahbarlik, 
pedagogik  jarayonda  maktab,  oila  va  maxalla  hamkorligidan  juda  muhim 
hisoblanadi.  Sinf  rahbari  о‘quvchisini  ota-onasi,  (oila)  maxallasi  bilan 
birgalikdagi hamkorligi ham muhim hisoblanadi. 
Har  bir  sinf  rahbari  aqli  zaif  bolalarni  psixologiyasini  bilmasdan,  ularni 
о‘ziga  hos  xususiyatlarini,  bilish  jarayonlari  va  shaxs  sifatlarini  о‘rganmasdan 
turib ular bilan samarali ish olib borib bо‘lmaydi. 
 «Tarbiyaviy  ishlar  maxsus  metodikasi»  о‘quv  qо‘llanmada  maxsus 
maktabda tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari, tarbiyaviy ish metodikasi, 
fanni  korreksion  yо‘nalganligi  haqida,  maxsus  maktablarda  ertaliklarni 
о‘tkazish,  ekalogik  tarbiya  berish,  darsdan  tashqari  vaqtda  tarbiyaviy  ishlarni 
tashkil  etish,  tarbiyada  oila  va  jamoat  hamkorligi  borasida  о‘quvchilarni  har 
tomonlama rivojlanishda darsdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning 
ahamiyati,  ota-onalar  bilan  о‘tkazilgan  suhbatlarning  ahamiyati  haqida  yoritib 
berilgan.  Maxsus  maktablarda  ijtimoiy  foydali  ishlarning  ahamiyati  va  ularni 
tashkil etishda ishlarni turlari, ijtimoiy foydali mehnatni tashkil etish metodikasi 
bularga-  tо‘garaklar,  tarbiyaviy  ishlar  bilan  turli  xil  doimiy  navbatchiliklarni 
tashkil etish: oshxonada, sinfda, yotoqxona, bog‘  maydonchasida va xokazolar. 
Mehnat bilan shug‘ullanish bu ishlar sinf rahbari yoki mehnat о‘qituvchisi olib 


21 
 
boradi.  Kasbga  yо‘naltirish  yuzasidan  ota-onalar  bilan  olib  boriladigan  ishlar, 
kasblar  bilan  tanishtirish,  qiziqishlarini  rivojlantirish,  aniqlash  ishlari  olib 
borilgan.  Bu  ma’lumotlar,  yuqorida  keltirilgan  tahlillar  ilmiy  ishimizni  yanada 
boyitib boradi 
Ba’zi mualliflarning fikricha, aqli zaiflikning kelib chiqishida irsiy omillar 
ham  yetakchi  rol  о‘ynaydi.  L.Ternopolning  kо‘rsatishicha,  aqli  zaiflikning 
14%da  miyaning  minimal  disfunksiyasi  irsiy  kelib  chiqishga  ega.  Bu  о‘rinda 
turli  giyoxvandlik  moddalarini  ite’mol  qilish,  qonning  yaqinlashishi, 
qarindoshlar  orasida  nikoh  qurish,  qishloq  xо‘jaligidagi  turli  gerbetsid,  dori-
darmonlar, ekologiya ham salbiy ta’sir kо‘rsatadi.  
M.S.Pevzner,  aqli  zaiflikning  kelib  chiqishida  bosh  miya  peshona 
qismidagi  nerv  xо‘jayralarining  yetuksizligini  ta’kidlagan.  Uning  fikricha  bu 
nuqson nerv xо‘jayralarining о‘z vaqtida «pishib» yetilmaganligidadir.  
Maxcuc  maktablarda  cinfdan  va  maktabdan  tashqari  ishlar,  maxcuc 
maktab  о‘qituvchici  cinf  rahbari  sifatida  faoliyatiga  bag‘ishlangan  ilmiy 
tadqiqotlar  respublikamizda  defektolog  olimlari  tomonidan  olib  borilmaganligi 
aniqlandi va bizning tanlagan tadqiqot mavzuimizning dolzarbligi isbotlandi. 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish