Xatlab xarakatlanish :
to‘g‘ri (bukilgan) oyoqlarni navbatlashtirib oldinga,
orqaga yon tomonga chiqarib, sakrashlar bilan qadam qo‘yish.
Raqs qadamlari : galop, polka, vals, ruscha.
Bular polda ham, oldinga bir tekisda nafis.
Burilishlar – tik turish va yarim o‘tirib, bir va ikki oyoqda tayanib o‘tirish va
tizzalarga tayanib o‘tirish holatlarida oyoq uchida bajariladi; bu elementlarga
o‘rganish poldan boshlanadi, keyin esa ko‘tarilgan tayanchlarga o‘tiladi. Burilishlar
aniq bajarilishi uchun mo‘ljallar belgilanadi, masalan:
XODA
bo‘ylab oldinga oyoqda
siltanish. Boshning holati katta ahamiyatga ega: chapga (o‘ngga) va orqaga
burilishlarda bosh tana bilan to‘g‘ri holatni saqlab qoladi; 360˚ ga va undan ko‘proq
burilishlarda bosh tanadan biroz orqada qoladi, keyin tezda elkani oshib o‘tib
buriladi. Qo‘llar harakati burilishga va muvozanatni saqlashga imkon beradi. CHapga
(o‘ngga) va orqaga burilishlarda qo‘llar yonda, yuqorida, belda bo‘lishi mumkin,
ancha murakkab burilishlarda esa ular aylanma harakatlanishga yordam beradi.
Ikki oyoqda turish holatida burilishlar o‘ngga (chapga) va orqaga bajariladi;
ko‘ndalang turishdan, ko‘ndalang turish, uzunasiga turishdan oyoqlarni krest qilib
turishga va aksincha.
Bir oyoqda turish holatida burilishlar oldinga yoki orqaga, bukilgan yoki
to‘g‘ri oyoqlarda siltanib bajariladi. Aylanish yo‘nalishiga qarab, (
TAYANCH
OYOQ TOMONGA
) va (
TAYACHN OYOQDAN QARSHI TOMONGA
) burilishlarga
ajratiladi.
Ikki oyoqda o‘tirib burilishlarni, tik turishdan orqaga burilib o‘tirish va
aksincha; o‘tirib orqaga burilish; turishdan orqaga burilib o‘tirish va turish; shuning
o‘zi sakrash bilan bajarilishi mumkin.
Bir oyoqda o‘tirib burilishlar: o‘ng oyoqqa uzunasiga o‘tirib, chap oyoq yon
tomonga oyoq uchida, bir vaqtda o‘ngga yoki orqaga burilish va shunday D.H.; o‘ng
oyoqda ko‘ndalang o‘tirishdan, chap oldinga yarim bukilib oyoq uchida, chap oyoqni
pastga tushirib, orqaga siltanish, orqaga burilish huddi shunday dastlabki holat.
Tayanchlarda tayanib o‘tirish, tizzalarda tayanib o‘tirish, o‘tirishlardan
burilishlar, sakrab chiqishlar bilan, siltanib o‘tishlar bilan uyg‘unlashadi. Ular
asosan qo‘llarga tayanish bilan bajariladi: tayanchdan burilib songa o‘tirish;
tayanchdan bir oyoqda siltanib o‘tib burilib oyoqlarni ochib o‘tirish; sonda o‘tirib
orqaga burilib boshqa songa o‘tirish; oyoqlarni ochib (
VNE
) tayanib, o‘ngga
(chapga) yoki orqaga burilish; tizzalarda turishdan orqaga burilib yarimshpagat; bitta
tizzada turishdan, boshqasi orqaga, orqaga burilish shunday D.H. egallash;
yarimshpagatdan orqaga burilib bitta tizzada turish, boshqa oyoq oldinga bukilgan;
qorinda tayanib yotib chapga (o‘ngga) yoki orqaga burilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |