- o‘quvchi biladigan harakatlar ichidan yangi harakatga o‘xshashlarini belgilab
chiqadi;
- o‘quvchining zaif va kuchli tomonlarini ko‘rsatib beradi;
- mashqni uzlashtirish rejani belgilaydi.
4. O‘quvchi bilan o‘quvchining bundan keyingi ishlari o‘rganilayotgan mashq
texnikasi asoslari haqida o‘rgatishning: ko‘rsatib berish, tushuntirish, modellarda
harakat konstruksiyasini ko‘rsatish va boshqa shu kabi tegishli usullar yordamida
tasavvur hosil kilishga qaratilgan bo‘ladi.
O‘qituvchi bilan o‘quvchining shu tariqa tayyorgarlik ko‘rishi harakat
topshiriqlarining bundan keyin amalda bajarilishi uchun zamin hozirlaydi.
2. SHundan keyin o‘qituvchi o‘quvchiga mashqni, jumladan, qo‘yidagicha
bajarishni taklif qiladi:
Harakatni yoki alohida holatni taqlid kilib ko‘rsatish;
Mashqni harakatning ayrim fazalarini ajratib ko‘rstaish uchun ko‘maklashib
turib past sur’at bilan bajarish;
Harakatni maksimal oson sharoitda, masalan, trenajyorda takrorlash.
Bunday faoliyat ayrim muskul sezgilar bilan (harakat axboroti yordamida)
mashq qilish texnikasi haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirishga yordam beradi.
3. O‘quvchining mashk bajarish jarayonida o‘qituvchi:
Harakatlar bajarilishini kuzatib turishi, turli usul va priyomlardan foydalanib,
yordamlashib turishi, topshiriqning bajarilishi natijalarini taxlil qilib borishi va
zarurat bo‘lganda o‘quvchi harakatlarini ijro etish davomida tuzata borishi yoki
keyingi topshirikka oid yul-yuriqlar berib borishi kerak.
Bu davrdagi asosiy vazifa harakat ijro etilayotganda yuz beradigan
xatolarni vaqtida tuzatishdan iborat. Xatolarning yuz berishiga quyidagilar sabab
bulishi
mumkin:
harakat
texnikasi
haqida
tasavvurning
aniq
emasligi;
o‘quvchilarning harakat sezgilari bilan o‘z harakatlariga bergan sub’ektiv
baholarining mos kelmasligi; harakat topshirigining murakkabligi bilan o‘quvchi
imkoniyatining mos kelmasligi; o‘zlashtirib bo‘lingan mashqlarning yangi mashqga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi; harakat faoliyati paytida etarlicha dadilik va kat’iylik
ko‘rsatmaslik va hokazolar.
Asosiy xatolarni, keyin esa ikkinchi darajalarini ham to‘xatish uchun
konkret
vaziyatga
karab
urgatishdagi
xilma-xil
usullarning
hammasidan
foydalaniladi.
Mashqni chuqur o‘rganishga qaratilgan faoliyat asosiy texnik haraktlarni
avtomatlashtirilgan darajaga etkazish imkonini beradiki, bu hol mashqni mustaqil
ravishda va texnik jihatdan to‘g‘ri bajarishda namoyon buladi.
4. Mashqni texnikasini mustahkamlash va takomillashtirish uchun o‘quvchi
o‘qituvchi raxbarligida harakatni mustakil bajarishni davom ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: