To‘pni ikki qo‘llab pastdan uzatish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
1. Qo‘llarni gorizontal va vertikal yo‘nalishlar bo‘yicha chalkashtirib
harakatlantirish.
2. Juftlikda. SHerigining qarshiligi bilan qo‘llarni oldinga-yuqoriga va
yondan-yuqoriga ko‘tarish mashqlari.
3. Rezinalar va prujinali amortizatorlar bilan qo‘llarni oldinga-yuqoriga,
yonga-yuqoriga ko‘tarish mashqlari.
Tayyorlov mashqlari
1. Turgan joydan va oldinga tashlanib, to‘ldirma to‘pni ikki qo‘llab pastdan
oldinga-yuqoriga irg‘itish. Xuddi shunday yon tomonga tashlanib bajarish.
2. Xuddi shunday, faqat qadam bilan; yugurib; ikki qadam qilib; sakrab.
Do'stlaringiz bilan baham: |