18
bir vaqtda 7 xil razmerdagi andazalar tayyorlanadi. Bir kunlik ishlab chiqarish unumdorligi 250 do-
na andaza. Texnik ko`paytirishni qo`lda bajarish uchun 18-24 soat kerak bo`ladi, mashinada esa 3
soat. "Trud" stanogida esa bir necha operasiyani bajarish mumkin: bir necha qavat kartonni bir biri-
ga biriktirish, andazalarni belgilangan chiziqlar bo`yicha kesish va andazalarga osib qo`yish uchun
teshiklar o`yish.
Bundan tashqari andazalarga figurali teshiklar hosil qilish uchun VLO-1, rulondan karton
kesib olish uchun RLZ-2, karton varaklarini bir biriga biriktirish uchun 266 kl. mashinalari, an-
dazalarga tamg`a qo`yish uchun KLS-1 stanogi, andazalar tashqi konturlarini kesish uchun VLN-2,
ichki konturlarini kesish uchun VLV-1 mashinalarini qo`llash mumkin.
Andazalar 3 xil bo`ladi:
etalon andazalar, ishchi andazalar va yordamchi andazalar.
Etalon andazalar model namunasini tayyorlash uchun ishlatiladi. Ish andazalar 5 to`la kom-
plektda tayyorlanadi. 2 tasi eksperimental sexiga gazlama sarfini aniqlash uchun, 1 tasi tayyorlov
sexiga bo`rlama tayyorlash uchun, 2 tasi bichish sexiga berilib, ulardan biri nuqsonli gazlamalarni
bo`rlash, yana biri to`shama ustiga qo`yilib, bo`rlamaning o`chib ketgan joylarini bo`rlash uchun
ishlatiladi, lentali bichuv mashinasiga detallarni qirqish uchun beriladi.
Yordamchi andazalar tikuvchilik sexida kiyim detallaridagi bort burchaklari, cho`ntak
o`rinlari, vitachkalar va izmalar o`rnini belgilash uchun ishlatiladi.
Andazalar qalinligi 0,9-1,2 mm. qattiq pressshpat kartondan tayyorlanib, atrofiga tunuka
qoplanishi mumkin.
Andazalar chetiga tunuqa qoplanmagan bo`lsa ish andazalar sinchiklab tekshirilgandan
keyin, ularning cheti aylantirilib tamg`alab chiqiladi. Hamma andazalarga modelning nomeri,
razmeri, rosti yoziladi. Ish va yordamchi andazalar oyda bir yoki ikki marta etalon andaza bilan
solishtirib, tekshirib turiladi. Etalon andazalarning o`zi ham yilning har choragida bir marta tabelda
ko`rsatilgan o`lchamlarga solishtirib tekshiriladi, chunki karton qo`rishi natijasida kirishishi mum-
kin. Ular harorati 18-20
0
S, namligi 60-70 % bo`lgan joyda kronshteynlarda osig`lik tarzda saqlani-
shi lozim.
Tikuvchilik mahsuloti tannarxining 80-90 foizni ularni tikishga sarf bo`lgan materiallar
qiymati tashkil qiladi. Shuning uchun mahsulot tannarxini kamaytirishning, ishlab chiqarish renta-
belligini oshirishning yeng samarali yo`li mahsulot sifatini yomonlashtirmay turib chiqindilarni ka-
maytirish, rezervlarni topish va materiallarni tejashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: