Mavzu: Diagnostik pedagogik fikrlash Reja



Download 21,95 Kb.
bet1/2
Sana13.11.2022
Hajmi21,95 Kb.
#865397
  1   2
Bog'liq
Mavzu Diagnostik pedagogik fikrlash Reja Pedagogik faoliyatda r


Mavzu: Diagnostik pedagogik fikrlash
Reja
1. Pedagogik faoliyatda refleksiv jarayonlar
2. Pedagogik tashxislash
3. О‘qituvchining ijtimoiy-psixologik shakllanishida о‘z ustida ishlashi

Jahonda ayni vaqtda xalqaro ilg‘or tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarida bо‘lajak о‘qituvchilar pedagogik diagnostik fikrlashini rivojlantirishning amaliy texnologik tizimi va pedagogik jarayonlarini takomillashtirish; pedagogik mahoratni rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirish; kasbiy refleksiya, о‘z-о‘zini faollashtirish, nostandart pedagogik yechimlar, pedagogik mahorat bо‘yicha tanlovlar hamda kо‘p darajali ta’lim tizimlarida pedagogik mahoratni rivojlantirish dolzarb muammo sifatida e’tirof etilmoqda.


Pedagogik faoliyatda refleksiv jarayonlarni о‘rganib, ta’kidlash mumkinki, pedagogik diagnostik fikrlashnafaqat pedagogik faoliyatni rejalashtirish bilan bog‘liq hodisa, balki refleksiya asosida kasbiy faoliyatni optimallashtirish maqsadida ham qо‘llanadi. Refleksiya asrlar davomida о‘qituvchining kasbiy faoliyatida tо‘planib kelingan tajribalarni tashxislab, uning xulq-atvori, muloqot madaniyati, tafakkurida yig‘ilgan eski andazalarni, kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyatini beradi.
Refleksiyaning kasbiy qiyinchiliklarni yengishdagi rolini о‘rgangan V. A. Metayevaning ishlari hozirgi kunning eng dolzarb tadqiqotlaridan biri sanaladi. Olima refleksiyaning rivojlanganlik darajasi “о‘qituvchining kasbiy faoliyatidagi qiyinchiliklarni tashxislash asosida samarali hal qilishi pedagogik mahorat natijasida muvaffaqiyatlarga erishishiga bog‘liq”, – degan xulosaga keladi1 . Ilmiy adabiyotlar tahlili va kasbiy refleksiyani о‘qituvchi pedagogik faoliyatining tarkibiy qismi va uning pedagogik mahoratini rivojlantirish asoslari sifatida qarashadi hamda qayd qiluvchi eksperiment natijalari kasbiy refleksiyani rivojlantirish usullarini izlash zaruriyati mavjudligini kо‘rsatadi. Shu sababli fanda tashxis (diagnostika) va tashxislash (diagnozlash) tо‘g‘risida ham munozaralar qilinadi.
Tashxislashga, ya’ni diagnostikaga bilishning alohida usuli sifatida qarash qabul qilingan (grekchadan tarjima qilganda, diagnosis – tanib olish demakdir). Biz pedagogik tashxislash sо‘zining о‘rniga pedagogik diagnostika sо‘zini ishlatishni lozim topdik.
Pedagogik diagnostika mazmun va mohiyatiga qarab kо‘plab funksiyalarni bajaradi:
1. Pedagogik diagnostikaning tahliliy funksiyasi.
2. Pedagogik diagnostik funksiyalar.
3. Pedagogik diagnostikaning baholash funksiyasi.
4. Pedagogik diagnostikaning korreksion funksiyasi.
5. Pedagogik diagnostikaning oriyentatsion funksiyasi.
Pedagogik diagnostikaning tahliliy vazifasi о‘quv-tarbiya jarayonidagi yutuq va kamchiliklarning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini, ularning о‘zaro bog‘lanishlarini aniqlash va chora tadbirlar ishlab chiqishga qaratilgan. Pedagogik diagnostik funksiyalar о‘quvchining ta’lim olganligi, tarbiyalanganligi va rivojlanganligini aniqlash uchun qо‘llaniladi, shuningdek, о‘qituvchining ham kasbiy komponentlik darajasini о‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik diagnostikaning baholash funksiyasi ma’muriyat tomonidan olib borilib, alohida о‘qituvchi yoki alohida о‘quvchi faoliyatida erishgan yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan sifat kо‘rsatkichlarni miqdor jihatdan baholaydi. Pedagogik diagnostikaning korreksion vazifasi о‘quv-tarbiyaviy jarayonni о‘qituvchining pedagogik faoliyati yuzasidan korreksiyalash (tо‘g‘ri yо‘naltirish)ni ta’minlaydi va о‘qituvchining kasbiy jihatdan о‘z-о‘zini rivojlantirish hamda pedagogik mahoratini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Pedagogik diagnostikaning oriyentatsion (yо‘nalishni aniqlash) funksiyasining maqsadi pedagogik jamoa va alohida о‘qituvchilar faoliyatida mavjud bо‘lgan muammolarni uzluksiz hal etishni muvofiqlashtirib borishdir. Pedagogik diagnostikaning oriyentatsion vazifasi natijalari haqidagi doimiy xabarlar tashxislanib informatsion (axborot) vazifa ta’minlanadi.
Pedagogik tashxislash deganda, pedagogik tizimni, shuningdek, uning alohida tarkibiy qismlarini tadqiq qilish metodlarining jamlanmasini tushunamiz, ulardan foydalanish samaradorligi ma’lum tashkiliy – pedagogik shart-sharoitlar bilan bog‘liq holda shakllanadi. Pedagogik tashxislashning yaxlitligi uning nafaqat о‘qituvchi pedagogik faoliyatini о‘rganishning diagnostik jihatlarini, balki aniqlangan sabab va oqibatlarning bir-biri bilan о‘zaro bog‘lanishi asosida har bir о‘qituvchining pedagogik qiyinchiliklarni bartaraf etishning optimal yо‘llari va vositalarini topish imkoniyatini berdi.
Konstruktiv – prognostik nuqtayi nazardan ta’minladi, о‘qituvchi pedagogik mahoratining rivojlanish istiqbollarini belgilab, uning faoliyat yuritish dinamikasini kuzatish orqali tanlangan mehnat shakllari samaradorligini baholash imkoniyatini yaratdi. О‘qituvchi pedagogik faoliyatini tashxislashning turli aspektlarini о‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarining soni kо‘p. Pedagogik faoliyatni tadqiq etish mantig‘i, pedagogik tashxislashning turli metodikalarini birlashtirish zaruriyati N. V. Kuzminaning ishlarida keng yoritilgan. Tadqiqotning sо‘rov, kuzatish, baholash (reyting), о‘z-о‘zini baholash, juft qiyoslash, sotsiometriya va eksperiment kabi metodlarini о‘rganar ekan, u aynan “о‘z-о‘zini baholash, о‘z-о‘zini anglash usullaridan biri sifatida shaxsning barcha imkoniyatlarini namoyon qilishga, uning xulqiga, xarakteriga, faoliyat sur’atiga ta’sir etishini” ta’kidlaydi. О‘qituvchining pedagogik bilim va malakalari tizimini tavsiflab, N. V. Kuzmina о‘qituvchining bilish va о‘rganish malakalari ichidan uning pedagogik faoliyati uchun zarur bо‘lgan afzalliklarni va nuqsonlarni ongli ravishda bilib tuzatish yoki takomillashtirish maqsadida tashxis qila olish qobiliyatini ajratib kо‘rsatadi1 .
О‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishning asosiy yо‘li – bevosita ta’lim muassasasida ilmiy asosda tashkil qilingan tadqiqotchilik ishi, deb hisoblagan V. P. Simonov mohir о‘qituvchi shaxsi va faoliyati samaradorligini tashxislash uchun asosiy kasbiy ahamiyatli kо‘rsatkichlarning tizimini va taxminiy mazmunini ishlab chiqdi. U taklif qilgan metodikalar, muallifning fikricha, nafaqat о‘qituvchining ta’lim faoliyati, balki u bilan о‘zaro faoliyat olib boradigan о‘quvchilarning о‘quv faoliyati samaradorligini ham aniqlash imkoniyatini beradi.
О‘qituvchining ahamiyatga molik bо‘lgan kasbiy sifatlarini tashxislash natijalarini olim uch xil yо‘nalishda baholaydi: optimal; yо‘l qо‘yiladigan; tanqidiy daraja bо‘yicha.
Olim har bir о‘qituvchida о‘z pedagogik faoliyatini “ishonchli va isbotli” natijalar bilan baholash va uning natijalari hamda samaradorligi haqida gapirish malakasini rivojlantirish zarurligini aytadi . Kasbiy pedagogik faoliyatni tahlil qilish va о‘z-о‘zini tahlil qilishni о‘qituvchi faoliyati va refleksiv pozitsiyasi nuqtayi nazaridan tuzatish, takomillashtirish maqsadida pedagogik vazifalarni hal qilishga qaratilgan pedagogik malakalar yig‘indisi sifatida qarab, A. V. Xristeva kasbiy pedagogik faoliyat va о‘z-о‘zini tahlil qilishning quyidagi bosqichlarini ajratib kо‘rsatadi:  mazmunli – diagnostik (tayyorlov - moslashuv) bosqich;  maqsadli loyihalashtirish (tahlil va о‘z-о‘zini tahlil qilishdan maqsadni aniqlashtirish) bosqichi;  texnologik (kasbiy pedagogik faoliyat jarayonini va о‘z-о‘zini tahlil qilish) bosqich;  tahlil va о‘z-о‘zini tahlil qilishning nazariy (pedagogik faoliyatning mohiyati, natijalari bilan pedagogik faoliyat jarayoni о‘rtasidagi aloqalarning sabab va oqibatlarini nazariy anglash) bosqichi;  faoliyatni refleksiv baholash (faoliyatni baholash va refleksiv tahlil) bosqichi;  korreksiyalash (ijodiy bosqich bо‘lib, о‘z pedagogik faoliyatini nazariy jihatdan anglash, baholash asosida takomillashtirish, hamkasblarining samarali pedagogik tajribalaridan ijodiy foydalanish yо‘llari va usullari belgilanadi) bosqichi .
О‘qituvchining ijtimoiy-psixologik shakllanishida о‘z ustida ishlashi murakkab tizimga ega. Bunda о‘qituvchi ekstensiv, taxminiy, metodologik, kommunikativ, psixologik hamkorlikda ijodkorlik vazifalarini bajaradi. Olimlarning pedagogik mahorat tahliliga bu kabi chuqur yondashuvida barcha о‘zaro bog‘langan tizimlarni birdaniga qamrab olish amalda mumkin emas. Natijalar haddan ziyod katta hajmda, tarqoq bо‘ladi, eng asosiysi, bu holda pedagogik mehnatning alohida bо‘g‘inlari tahliliga chuqur yondashib bо‘lmaydi. Umuman, pedagogik faoliyat doimiy ravishda о‘z-о‘zini tahlil etish, о‘qituvchi refleksiyasi rivojlanishining tashabbuskori bо‘la oladigan о‘ziga xos “tezlashtiruvchi” rolini о‘ynamog‘i kerak.
I.G.Taturning ishi endigina о‘z faoliyatini boshlayotgan о‘qituvchilar duch keladigan tipik didaktik qiyinchiliklarga bag‘ishlangan. U didaktik qiyinchiliklarga shunday ta’rif beradi: “Didaktik qiyinchiliklar – о‘qituvchining ta’lim jarayonidagi qiyinchiligi bо‘lib, uni hal qilish uchun shart-sharoitlar yо‘qligi, keskinlik, beparvolik, о‘z ishidan qoniqmaganlikning psixologik holati yoki aksincha, uni bartaraf qilish uchun sharoitlar ta’minlangani holda pedagogik mahoratni takomillashtirish, pedagogik “fikrlashni”, malaka va kо‘nikmalarni rivojlantirishni ta’minlaydigan tetiklik, mobilizatsion tayyorgarlik, emotsional kо‘tarinkilik holatining mavjud emasligi” . Qiyinchiliklarning pozitiv roli uning indikatorlik (hisoblovchi) vazifasi bilan ham belgilanadi. “Indikatorlik vazifasi pedagogik mahoratning shakllanish jarayonini tormozlovchi obyektiv omillarni ajratadi, biroq u о‘z-о‘zini baholash tarzida subyektiv namoyon bо‘lishi, shaxs uchun faoliyatning tobora qiyin jihatlarini aniqlab berishi mumkin”.
Demak, о‘z pedagogik faoliyatini endigina boshlagan yosh о‘qituvchi aslo jismonan va ruhan bо‘shashishi, butunlay osoyishtalikka berilishi mumkin emas. Bu tuyg‘u psixologiya fanida relaksatsiya deb atalib, kishilarning ish faoliyatida salbiy holatlariga beriladigan baho sifatida e’tirof etiladi. Y. S. Turbovskiyning fikricha, kasbiy takomillashuvning salbiy “energetik asosi” bо‘lgan qoniqmaslik hissi, rivojlanishdan tо‘xtab qolganlikni chin kо‘ngildan his etish sanaladi. “Buyruq, chaqiriq va nazorat emas, balki aynan о‘qituvchining о‘z faoliyatidan qoniqmaslik hissi, yuzaga kelgan pedagogik ziddiyatni boshqacha qilishga, buning uchun yangi vositalarni izlab topishga va uni о‘zlashtirishga ongli ravishda intilishini ta’minlaydi, qiyinchilik va ziddiyatlarni bartaraf etishdan, shaxsan о‘zi hal qilgan tadqiqotchilik vazifasidan ijodiy quvonish, qoniqish hissi – о‘qituvchi kasbiy komponentining asosiy manbasiga aylanadi, aniqrog‘i, aylanishi mumkin”.
Y.S.Turbovskiy tomonidan ishlab chiqilgan, pedagogik tajribani diagnostik о‘rganish nazariyasi va metodikasi har bir pedagogik jamoada va jamoaning har bir a’zosida pedagogik kasbiy faoliyat xususiyatlarini о‘rganishda yagona maqsad uchun harakatlanishga imkoniyat beradi, bu о‘z navbatida о‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirish mexanizmini yaratish uchun zamin hozirlaydi. Shu munosabat bilan pedagogik tashxis pedagogik faoliyatda erishiladigan yutuqlarni belgilovchi xarakter kasb etganida samarali bо‘lishini ta’kidlamoqchimiz. Olimlar tomonidan olib borilgan tajriba ishlari jarayonida shu narsa aniqlandiki, pedagogik mahoratni tadqiq qilishning belgilovchi xarakteri bevosita о‘qituvchining kasbiy refleksiyasiga tayanadi.
О‘qituvchining о‘z ichki imkoniyatlarini baholash diagnostika davomida har qanday holatda ham e’tiborga olinishi lozim, – deb ta’kidlaydi A. K. Markova, – unga ishonch bildirish kerak, uning kasbiy faoliyatiga bahoni oshirib yoki pasaytirib qо‘yish о‘qituvchi kasbiy rivojlanishini tо‘xtatib qо‘yishi mumkin. Ushbu о‘qituvchining individual rivojlanish mantig‘ini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. О‘qituvchining yutuqlarini boshqa о‘qituvchilarning yutuqlari bilan emas, balki о‘zining oldingi yutuqlari bilan ham taqqoslash kerak .
Shaxsiy pedagogik faoliyatni о‘z-о‘zida tahlil qilish jarayonida о‘qituvchi о‘zining ta’lim-tarbiyaviy faoliyati natijalari va xususiyatlarining holatini о‘rganadi, pedagogik ziddiyatlar о‘rtasidagi sabab va oqibatli bog‘lanishlarni aniqlaydi, о‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berishni yanada takomillashtirish yо‘llarini belgilaydi, – deb ta’kidlaydi L. Y. Pleskach. Olimning fikriga kо‘ra, “Refleksiya – о‘z-о‘zini tahlil qilish bо‘lib, о‘z-о‘zicha belgilangan maqsadga erishish emas, balki bilim olish, tajriba orttirish usuli, ijodga, kasbiy jihatdan takomillashishga nisbatan rag‘batlantirishdir” .
Ta’kidlamoqchimizki, pedagogik tashxislash qayd qiluvchi emas, balki maqsad hosil qilishni belgilovchi (prognostik) xarakterga ega bо‘lganligida samarali bо‘ladi, bu о‘qituvchining kasbiy refleksiyasi rivojlanishi asosida amalga oshiriladi. Ayni paytda aynan ta’lim-tarbiya jarayonida maqsad hosil qiluvchi tashxislash uning rivojlanish qobiliyatini ta’minlaydi. Xulosa qilib aytilganda, о‘qituvchi tomonidan о‘z kasbiy faoliyati natijalarini anglab yetishi uning pedagogik faoliyatni amalga oshirishini yanada takomillashgan usullarini izlash va ularni о‘zlashtirish zaruriyatini ta’minlaydi. Faoliyatni о‘zgartirish esa, faoliyat subyektining о‘zgarishiga olib keladi. О‘qituvchining analitik (tahlil qilish) qobiliyatlari rivojlanishi jarayonida uning kasbiy refleksiyasi ham rivojlanadi, bu о‘z navbatida, о‘qituvchining о‘z-о‘zini rivojlantirish jarayonini ma’lum bir yо‘nalishga solib, uning shaxsiy ijodiy faolligini oshiradi.



Download 21,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish