15
Qirqma va chokdagi cho`ntaklarning chetiga ishlov berish uchun mag`izlar, cho`ntak xal-
talarini ko`rinmaydigan qilish uchun esa ko`rinmalar ishlatiladi. Jun va yarim jun gazlamadan ti-
kiladigan kiyimlar qoplama cho`ntaklarini kiyib yurganda cho`zilmasligi uchun ular astarli qilib
tayyorlanadi.
Ichki cho`ntaklar erkaklar va o`g`il bolalar ustki kiyimining astarida tikiladi. Ular listochkali
qirqma va ikki mag`izli qirqma ramkali bo`ladi. Ayollar paltolarida esa ichki cho`ntak palto adibin-
ing astarga ulanadigan chokida ishlov beriladi.
Bortlarning tikilishi yeng murrakab bo`lib, ularning adiplarining uchlari uchburchak va
dumaloq shakllarda bo`ladi. Konstruksiyasiga qarab pidjaklar adip qaytarmasi yoki yoqasigacha 1-3
tugmaga, paltolarda 3-4 tugmaga qadaladi.
Ustki kiyimlar yashirin taqilmali ham bo`lishi mumkin bo`lib, izmalari adiplarida
yo`rmalangan bo`ladi. Adiplar old bo`lak bilan yaxlit bichilgan ham bo`lishi mumkin. Yеngil ki-
yimlar old bo`lagiga qotirma qo`yilmaydi.
Shimlarning yuqori qirqimi astarli yoki korsaj lentali, belbog`li bo`ladi. Taqilmalari esa
"molniya" tasmali yoki tugma va izmali bo`ladi. Shim pochalarining ziyi yeyilmasligi uchun ularga
maxsus tasma qo`yiladi.
Astar ustki kiyim avrasining teskari
tomonini yopib, uning chidamliligini oshiradi va iplarin-
ing titilishidan saqlaydi. Kiyimni kiyib sug`urish qulay bo`lishi uchun astar sirg`anchiq gazlamadan
tayyorlanadi.
Kiyimning turi qanday bo`lishidan qat`iy nazar uning astari ikkita old bo`lak, ikkita yengdan
iborat bo`ladi. Astarni avraga ulashdan oldin uning ort bo`lagining o`rta choki, yelka choklari ti-
kiladi, qishgi kiyimlarda esa isituvchi qatlami ulanadi.
Erkaklar shimining belbog`i astarli yoki korsaj lenta bilan ishlov beriladi. Taqilmasi tugma
va izmali yoki "molniya" tasmali qilib ishlov beriladi.
Ayollar yubkasining yuqori qirqimi ulanma belbog`li qilib tikilib, taqilmasi ilgak va izma
yoki "molniya" tasmali qilib ishlov beriladi.
Detallar turg`unligini oshirish uchun yelimli yoki yelimsiz qotirmalik materiallar ishlatiladi.
qotirma sifatida yelimli noto`qima mato hamrr ishlatilishi mumkin. Ular kiyimning old bo`laklariga,
yoqasiga, yyenglari uchiga, cho`ntak qopqoqlariga, kesim uchlariga qo`yiladi.
Qishgi kiyimlarda vatindan, sintepondan isituvchi qatlamlar ishlatiladi.
Bezak detallarga volanlar, beykalar, cho`ntak qopqoqlar, xlyastiklar, listochkalar, yyenglar
manjetlari, pagonlar kiradi.
Detallarga ishlov
berish va ulash uchun ip, yelim va payvandlash usullari qo`llaniladi.
Detallarni ip yordamida ulash yeng ko`p tarqalgan bo`lib, ular qo`l va mashinalar yordamida
ulanadi.
16
Kiyim konstruksiyasi texnologiyabop bo`lsa, uni muqammal texnologiyadan foydalanib
tikish mumkin. Natijada mehnat unumdorligi usadi va mahsulot sifati yaxshilanadi. Hozir bitta
konstruksiya asosida bir necha xil kiyim modeli bo`lishiga katta ahamiyat berilmoqda. Ya`ni ki-
yimning old bo`lagi, ort bo`lagi, yyenglari kabi asosiy detallari umumiy bo`lib, uning tashqi
ko`rinishi xilma-xil bo`ladi. Buning uchun yoqa, cho`ntak shakllari turli xil bo`ladi, har xil bezaklar
ishlatiladi. Cho`ntaklar qopqog`i, yoqa, belbog` kabi mayda detallarnigina emas, balki yirik detal-
larni umumlashtirish va tipaviylashtirish, mexanizatsiyalashtirish, yarim avtomat va avtomat
mashinalardan ko`proq foydalanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: