7-ilovasiga muvofiq shaklda tanishtirish bilan yakunlanadi.
36. Xodim lavozim yo‘riqnomasi, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal normativ
hujjatlar bilan tanishganligini xodimlarni lokal normativ hujjatlar bilan tanishtirish jurnalida imzo
bilan tasdiqlaydi.
3-bob. Mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish
37. Mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
tomonidan amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
38. Mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar zarur
bo‘ladi:
xodimning tashabbusi bilan bekor qilinganda shaxsan yozgan arizasi (qolgan holatlarda
mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari);
mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq;
aylanma varaqa (zaruriyatga ko‘ra);
shaxsiy varaqa (T-2 shakl);
mehnat daftarchasi (asosiy shtatdagilar uchun);
shaxsiy yig‘ma jild.
39. Mehnat shartnomasi taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinganda (Mehnat
kodeksining 97-moddasi 1-bandi) mehnat shartnomasini shu asosga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risida
kelishuv tuziladi va uni har ikki tomon imzolaydi, ish beruvchining imzosi tashkilot muhri bilan
tasdiqlanadi.
40. Xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida arizada
ishdan bo‘shash sabablari (o‘z xohishiga ko‘ra, kasalligi, nogironligi, yoshga doir pensiyaga
chiqishi, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurti yoxud tayanch doktoranturaga yoki
doktoranturaga qabul qilinishi va h.k) yoziladi.
41. Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinayotganda, xodim
Mehnat kodeksining 102-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda yozma shaklda ogohlantirilishi
kerak.
42. Buyruqda mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari Mehnat kodeksining
87, 89, 97, 100, 105, 106-moddalari ta’rifiga yoki mehnat shartnomasini bekor qilishning
qo‘shimcha asoslarini nazarda tutuvchi boshqa normativ hujjatlar ta’rifiga to‘la muvofiq holda
yozilib, Kodeksning yoxud boshqa normativ hujjatlarning tegishli moddasi (bandi) dalil qilib
ko‘rsatiladi.
Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan uning kasalligi, nogironligi, yoshga doir
pensiyaga chiqishi, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurti yoxud tayanch doktoranturaga
yoki doktoranturaga qabul qilinishi va qonun hujjatlariga ko‘ra muayyan imtiyozlar va afzalliklar
beriladigan boshqa sabablar tufayli bekor qilinganda, mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi
buyruqda shu sabablar ko‘rsatiladi.
43. Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqlar kadrlar xizmati rahbari
(mas’ul xodim) tomonidan kiritilib, tashkilot rahbari o‘rinbosari, yuriskonsulti va bosh hisobchisi
bilan, zaruriyatga ko‘ra ishdan bo‘shayotgan xodimning bevosita rahbari (tarkibiy bo‘linma
boshlig‘i) bilan kelishilgandan so‘ng imzolash uchun tashkilot rahbariga kiritiladi.
Moddiy javobgar shaxs bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq
qo‘shimcha ravishda boshqa tegishli xodimlar bilan kelishiladi.
44. Ishdan bo‘shayotgan xodimning foydalanish uchun o‘ziga topshirilgan mebel, xona
jihozlari, kompyuter, tashkiliy va maishiy texnika vositalari, uning yurituvidagi hujjatlarni
mas’ullarga topshirilishini ta’minlash maqsadida zarur hollarda aylanma varaqa to‘ldirilishi
mumkin.
Kadrlar xizmati vakili ishdan bo‘shayotgan xodimga mansabdor shaxslarning imzolarini
mustaqil ravishda to‘plash uchun aylanma varaqa beradi.
45. Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq asosida xodim ishdan
bo‘shatilgan kuni uning mehnat daftarchasiga (mavjud bo‘lsa) kadrlar xizmati mas’ul xodimi
tomonidan tegishli yozuvlar kiritiladi.
46. Mehnat daftarchasiga mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risida yozuvlar
tashkilot rahbari yoki mas’ul xodimning imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
47. Mehnat daftarchasini topshirishdan oldin kadrlar xizmati xodimi aylanma varaqadagi
(zaruriyatga ko‘ra) mansabdor shaxslarning imzolari to‘liq mavjudligini tekshiradi.
48. Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat
daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi
shart.
49. Mehnat daftarchasini olib ketish uchun xodim shaxsan o‘zi kelishi yoki mehnat
daftarchasini pochta orqali jo‘natishga yozma roziligini berishi zarur. Faqatgina xodim vafot etgan
bo‘lsa, mehnat daftarchasi uning yaqin qarindoshlariga tilxat yozdirib olish yo‘li bilan topshiriladi
yoki ularga tegishli arizaga asosan pochta orqali jo‘natiladi (Mehnat kodeksining 108-moddasi,
Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan ro‘yxatga olingan Mehnat
daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnomaning 3.1, 3.3, 3.4-bandlari).
Agar xodim ish beruvchining mehnat daftarchasini olib ketish to‘g‘risida ogohlantiruvchi
xabarnomasidan keyin kelmagan va mazkur hujjatni pochta orqali jo‘natishga yozma rozilik
bermagan taqdirda, tashkilot mehnat daftarchasini o‘zida saqlashni ta’minlashi kerak.
50. Xodim ishdan bo‘shaganda mehnat daftarchasini olganligi to‘g‘risida shaxsiy
varaqasiga (T-2 shakl) va Mehnat daftarchalari hisobini olib borish kitobiga imzo chekadi.
51. Xodimning shaxsiy yig‘ma jildiga mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi
buyruqning nusxasi va aylanma varaqa tikiladi hamda hujjatlar arxivlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |