8-bob. Intizomiy jazoni rasmiylashtirish tartibi
96. Tashkilotda mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning
boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan
belgilanadi.
Xodim o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi,
ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini o‘z vaqtida va aniq bajarishi, mehnat muhofazasi,
texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilishi, ish beruvchining
mol-mulkini avaylab asrashi shart.
97. Xodimning mehnat vazifalari ichki tartib qoidalarida, korxonada qabul qilinadigan
lokal
hujjatlarda
(jamoa
shartnomalarida,
lavozim
yo‘riqnomalari
va hokazolarda), mehnat shartnomasida aniq belgilab qo‘yiladi.
98. Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi Mehnat kodeksining
181-moddasiga muvofiq intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli.
Intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan
qo‘llaniladi.
99. Intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab
qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan
nojo‘ya xatti-harakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi. Xodim tushuntirish xati
bermagan taqdirda, bu haqida tegishli dalolatnoma tuziladi.
Intizomiy jazoni qo‘llanishda sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning qay darajada og‘ir
ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga
olinadi.
100. Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin.
101. Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo
bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga
olmasdan, uzog‘i bilan bir oy ichida qo‘llaniladi.
Nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oy o‘tganidan, moliya-xo‘jalik
faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa, — sodir etilgan kundan boshlab
ikki yil o‘tganidan keyin jazoni qo‘llab bo‘lmaydi. Jinoiy ish bo‘yicha ish yuritilgan davr
bu muddatga kirmaydi.
102. Intizomiy jazo choralari qo‘llash to‘g‘risidagi buyruq kadrlar xizmati boshlig‘i
(mas’ul xodim) tomonidan kiritilib, rahbar o‘rinbosari va yuriskonsult bilan kelishilgandan so‘ng
imzolash uchun tashkilot rahbariga kiritiladi.
103. Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.
Xodim buyruq bilan tanishganligi haqida tilxat yozishni rad etsa, u holda tegishli
dalolatnoma tuziladi.
104. Xodimga intizomiy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi buyruq tegishli buyruqlarni ro‘yxatga
olish jurnalida ro‘yxatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |