Xalq ta’limi tizimida kadrlarga oid ish yuritish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma 1-bob. Umumiy qoidalar



Download 192,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana21.07.2021
Hajmi192,09 Kb.
#125504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Xalq ta’limi tizimida kadrlarga oid ish yuritish bo‘yicha namuna

7-ilovasiga muvofiq shaklda tanishtirish bilan yakunlanadi. 

36. Xodim lavozim yo‘riqnomasi, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal normativ 

hujjatlar bilan tanishganligini xodimlarni lokal normativ hujjatlar bilan tanishtirish jurnalida imzo 

bilan tasdiqlaydi. 



3-bob. Mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish  

37. Mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar 

tomonidan amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi. 

38. Mehnat  shartnomasini  bekor  qilishni  rasmiylashtirish  uchun  quyidagi  hujjatlar  zarur 

bo‘ladi: 

xodimning  tashabbusi  bilan  bekor  qilinganda  shaxsan  yozgan  arizasi  (qolgan  holatlarda 

mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari);  

mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq; 

aylanma varaqa (zaruriyatga ko‘ra); 

shaxsiy varaqa (T-2 shakl); 

mehnat daftarchasi (asosiy shtatdagilar uchun); 

shaxsiy yig‘ma jild. 

39. Mehnat  shartnomasi  taraflarning  kelishuviga  ko‘ra  bekor  qilinganda  (Mehnat 

kodeksining 97-moddasi 1-bandi) mehnat shartnomasini shu asosga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risida 

kelishuv tuziladi va uni har ikki tomon imzolaydi, ish beruvchining imzosi tashkilot muhri bilan 

tasdiqlanadi. 

40. Xodimning  tashabbusi  bilan  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  to‘g‘risida  arizada 

ishdan  bo‘shash  sabablari  (o‘z  xohishiga  ko‘ra,  kasalligi,  nogironligi,  yoshga  doir  pensiyaga 

chiqishi,  oliy  yoki  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  o‘quv  yurti  yoxud  tayanch  doktoranturaga  yoki 

doktoranturaga qabul qilinishi va h.k) yoziladi. 

41. Mehnat  shartnomasi  ish  beruvchining  tashabbusi  bilan  bekor  qilinayotganda,  xodim 

Mehnat kodeksining 102-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda yozma shaklda ogohlantirilishi 

kerak. 

42. Buyruqda  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  asoslari  Mehnat  kodeksining  

87, 89, 97, 100, 105, 106-moddalari  ta’rifiga  yoki  mehnat  shartnomasini  bekor  qilishning 

qo‘shimcha  asoslarini  nazarda  tutuvchi  boshqa  normativ  hujjatlar  ta’rifiga  to‘la  muvofiq  holda 

yozilib,  Kodeksning  yoxud  boshqa  normativ  hujjatlarning  tegishli  moddasi  (bandi)  dalil  qilib 

ko‘rsatiladi. 

Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan uning kasalligi, nogironligi, yoshga doir 

pensiyaga chiqishi, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurti yoxud tayanch doktoranturaga 

yoki doktoranturaga qabul qilinishi va qonun hujjatlariga ko‘ra muayyan imtiyozlar va afzalliklar 

beriladigan boshqa sabablar tufayli bekor qilinganda, mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi 

buyruqda shu sabablar ko‘rsatiladi. 



43. Mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  buyruqlar  kadrlar  xizmati  rahbari 

(mas’ul xodim) tomonidan kiritilib, tashkilot rahbari o‘rinbosari, yuriskonsulti va bosh hisobchisi 

bilan,  zaruriyatga  ko‘ra  ishdan  bo‘shayotgan  xodimning  bevosita  rahbari  (tarkibiy  bo‘linma 

boshlig‘i) bilan kelishilgandan so‘ng imzolash uchun tashkilot rahbariga kiritiladi. 

Moddiy  javobgar  shaxs  bilan  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  buyruq 

qo‘shimcha ravishda boshqa tegishli xodimlar bilan kelishiladi.  

44. Ishdan  bo‘shayotgan  xodimning  foydalanish  uchun  o‘ziga  topshirilgan  mebel,  xona 

jihozlari,  kompyuter,  tashkiliy  va  maishiy  texnika  vositalari,  uning  yurituvidagi  hujjatlarni 

mas’ullarga  topshirilishini  ta’minlash  maqsadida  zarur  hollarda  aylanma  varaqa  to‘ldirilishi 

mumkin.  

Kadrlar xizmati vakili ishdan bo‘shayotgan xodimga mansabdor shaxslarning imzolarini 

mustaqil ravishda to‘plash uchun aylanma varaqa beradi. 

45.  Mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  buyruq  asosida  xodim  ishdan 

bo‘shatilgan  kuni  uning  mehnat  daftarchasiga  (mavjud  bo‘lsa)  kadrlar  xizmati  mas’ul  xodimi 

tomonidan tegishli yozuvlar kiritiladi. 

46. Mehnat  daftarchasiga  mehnat  shartnomasi  bekor  qilinganligi  to‘g‘risida  yozuvlar 

tashkilot rahbari yoki mas’ul xodimning imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.  

47. Mehnat daftarchasini topshirishdan oldin kadrlar xizmati xodimi aylanma varaqadagi 

(zaruriyatga ko‘ra) mansabdor shaxslarning imzolari to‘liq mavjudligini tekshiradi. 

48. Mehnat  shartnomasi  bekor  qilingan  kuni  ish  beruvchi  xodimga  uning  mehnat 

daftarchasini  va  mehnat  shartnomasining  bekor  qilinishi  haqidagi  buyruqning  nusxasini  berishi 

shart. 


49.  Mehnat  daftarchasini  olib  ketish  uchun  xodim  shaxsan  o‘zi  kelishi  yoki  mehnat 

daftarchasini pochta orqali jo‘natishga yozma roziligini berishi zarur. Faqatgina xodim vafot etgan 

bo‘lsa, mehnat daftarchasi uning yaqin qarindoshlariga tilxat yozdirib olish yo‘li bilan topshiriladi 

yoki  ularga tegishli arizaga asosan  pochta  orqali  jo‘natiladi  (Mehnat  kodeksining 108-moddasi, 

Adliya  vazirligi  tomonidan  1998-yil  29-yanvarda  402-son  bilan  ro‘yxatga  olingan  Mehnat 

daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnomaning  3.1, 3.3, 3.4-bandlari). 

Agar xodim ish beruvchining mehnat daftarchasini olib ketish to‘g‘risida ogohlantiruvchi 

xabarnomasidan  keyin  kelmagan  va  mazkur  hujjatni  pochta  orqali  jo‘natishga  yozma  rozilik 

bermagan taqdirda, tashkilot mehnat daftarchasini o‘zida saqlashni ta’minlashi kerak. 

50. Xodim  ishdan  bo‘shaganda  mehnat  daftarchasini  olganligi  to‘g‘risida  shaxsiy 

varaqasiga (T-2 shakl) va Mehnat daftarchalari hisobini olib borish kitobiga imzo chekadi. 

51. Xodimning shaxsiy yig‘ma jildiga mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi 

buyruqning nusxasi va aylanma varaqa tikiladi hamda hujjatlar arxivlashtiriladi. 


Download 192,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish