www.ziyouz.com kutubxonasi
326
Alloh taolo ham aytadi: “Bandamga uning jonini olgunimcha yoki shifo bergunimcha
sog‘ligida qilgan amallari kabi(ajr) yozinglar”.
857. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kim kasal ko‘rgani borsa, u rahmat hovuzida
suzadi. Agar kasalning oldida o‘tirsa, uning ichiga cho‘kadi”.
858. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim kasalni ziyorat
qilsa, go‘yoki Alloh yo‘lida bir kun ro‘za tutgandekdir. Bir kuni yetti yuz kunga teng”.
Rivoyat qilinishicha, bir kishi Ummu Dardoning oldida keldi va qalbining qattiqligidan
shikoyat qildi. Aytdilar: “Uning eng katta davosi kasallarni borib ko‘rish, janozaga
qatnashish va qabristonga chiqib turish”. U keyin shunday qildi va ichida bir
xursandchilik tuydi, so‘ng uning oldiga kelib: “Sizni Alloh mukofotlasin”, dedi.
________________
Do'stlaringiz bilan baham: |