www.ziyouz.com kutubxonasi
325
Payg‘ambarga (s.a.v.) yetdi. Keyin duo qildilar, Alloh ulardan isitmani ko‘tardi. Shundan
so‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) ularni ko‘rgan vaqtlarida: “Xush kelibsizlar, ey Alloh taolo
pok qilib qo‘ygan qavm” der edilar.
850. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Kasallaringizni
taom va suvga majburlamang. Chunki Alloh taolo ularni ovqatlantirib sug‘oradi”.
851. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kasalning ingrashi – tasbeh, ohi – tahlil, nafasi –
sadaqa, uyqusi – ibodatdir, bir tomondan ikkinchi tomonga ag‘darilishi – Alloh yo‘lida
jihoddir. Unga sog‘liq vaqtidagi amalidan yaxshiroq amal yoziladi” (Bu hadisni Vahabiy
botil degan).
852. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “To‘rt kishi hayotni qayta boshlaydi: kasaldan
turgan kishi, Islomga kirgan mushrik, mo‘min holatida savob umidida juma o‘qib
qaytgan kishi va halol kasbdan haj qiluvchi”.
853. Payg‘ambar (s.a.v.) yana aytadilar: “Uchta narsa yaxshilik xazinasidandir:
kasallikni yashirish, sadaqani maxfiy qilish va musibatini berkitish”.
854. Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Solmon Forsiyning oldlariga kirdilar.
U kishi kasal edilar. Shunda Nabiy: “Sening bu yotishingda uchta xislat bordir:
Robbingdan eslatma, poklik va oldingi gunohlaringga kafforat, kasal kishining duosi
mustajobdir, qodir bo‘lganingcha, Allohga duo qil”, dedilar.
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Kasallikka ajr yozilmaydi. Ajr amaldadir. U xatolarga
kafforat qilinadi”.
Faqih aytadilar: “Ajr kasallik uchun yozilmaydi. Lekin sog‘lom bo‘lganida qiladigan amali
mislicha ajr yoziladi, chunki hozir bundan ojiz, agar salomat bo‘lganida, oldin amal
qilganidek amal qilishini Alloh taolo biladi va unga o‘sha amallarning savobi yozadi.
Kasalligi uning gunohlari uchun kafforatdir. Ya’ni, qilgan gunohlariga tavba qilsa,
kafforat, agar tavba qilmay sog‘aysa, oldingi yomon amallariga qaytishni niyat qilsa,
unga kafforat bo‘lmaydi”.
855. Hasan Basriydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Isitma har bir
mo‘minning do‘zaxdan (bo‘lgan) nasibasidir”.
856. Abu Said Xudriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Rabbiingiz: “
Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, rahm qilishni hohlagan bandamni hamma xato amallari
uchun jasadiga yoki yashashiga bir tanglik berish bilan uni poklamagunimcha dunyodan
chiqarmayman. O‘shalardan ham qolsa, unga o‘limini qattiq qilaman, toki Mening
oldimga onadan yangi tug‘ilgandek keladi. Agar azob berishni xohlasam, hamma
yaxshiliklarning ajrini jasadini sog‘lom qilish yoki rizqini keng qilish bilan
bermagunimcha dunyodan chiqarmayman. Shunda ham qolsa, unga o‘limni yengil
qilaman, hattoki mening oldimga yaxshiligi yo‘q holda keladi”, dedi”.
Osim ibn Ahval Abul Oliyaning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Bizlar ellik yildan
beri, bir kishi kasal bo‘lsa, onadan yangi tug‘ilgandek, gunohlardan pok bo‘ladi, der edik.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |