Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
324
YETMISH YETTINCHI BOB
KASALLIK VA KASALNI KO‘RISHLIK FAZILATI
846. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Ato ibn Yasor
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shunday deganlarini naql qilganlar: “Agar banda kasal
bo‘lsa, Alloh: “Bandam kelib ketguvchilarga nima deyapti ekan?” deb unga ikki farishatni
yuboradi. Agar u ziyoratchilar kelganida Allohga hamd aytsa,
hamdini farishtalar Allohga
yetkazishadi, holbuki, Alloh o‘zi bilib turibdi”. So‘ng: “Bandamga aytinglar, agar Men uni
vafot ettirsam, jannatga kirgizaman,
agar shifo bersam, uning go‘shtidan yaxshiroq
go‘shtni beraman (ya’ni kasal bo‘lmaydigan) va qonini yaxshiroq qonga almashtiraman
hamda gunohlarini kechiraman”.
Said ibn Vahb aytadilar: ”Salmon Forsiy bilan birga u kishining do‘stinikiga kirdik.
Salmon aytdilar: “Albatta, Alloh taolo mo‘min bandaga bir kasallik bersa, so‘ng unga
salomatlik beradi. U kasallik o‘tgan ayblariga kafforat, keyingilariga rozilik bo‘ladi.
Alloh
fojir bandani bir kasallikka duchor qilib, so‘ng salomatlik beradi. U kasallik bog‘lab
qo‘yilgan tuyaga o‘xshaydi. So‘ng uni qo‘yib yuborishadi. Ular nimaga bog‘lashdi,
nimaga qo‘yib yuborishdi, bilmaydi”, dedilar.
847. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: ”Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga kirdim. U kishi
darmonsizlikdan xasta edilar. Shunda qo‘llaridan tutib: “Sizga darmonsizlik va lohaslik
qattiq tegibdi”, dedim. “Ha, – dedilar, – sizlardan ikki kishining kasali bilan kasallandim”.
“Sizga ikki baravar ajr bor”, dedim. U zot: “Jonim qo‘lida bo‘lgan
Zotga qasamki, yer
yuzida qaysi muslimga kasallik yetsa, Alloh taolo uning xatolarini daraxt barglari
to‘kilganidek to‘kadi”, dedilar.
848. Payg‘ambar (s.a.v) aytadilar: “Agar mo‘min nafsga isitma qelsa, nafsning ichidan
ruh nido qiladi: “Ey isitma, bo‘ mo‘min nafsdan nima xohlaysan?” Isitma: “Ey
yaxshi
ruh, bu nafsing pok edi. Uni gunohlar va xatolar iflos qildi. Men uni o‘shalardan
poklayman”, deb javob beradi. Shunda ruh aytadi: “Unday bo‘lsa, yaqin kel, yaqin kel,
yaqin kel va uni pokla”.
Ibn Ashja’ aytadilar: “Muhojirlardan bittasi kasal bo‘ldi. Shunda: “Menga yetdiki,
kasalning kasalligida to‘rtta xislat bordir: undan qalam ko‘tariladi, ajr sog‘ paytida amal
qilganidek oqib kelaveradi va hamma xatolari bo‘g‘imlaridan ketadi, agar vafot etsa,
kechirilgan
holda vafot etadi, agar yashab ketsa, kechirilgan holda yashaydi”.
Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: ”Agar Alloh taolo mo‘min bandani kasallikka duchor
qilsa, chap tomon farishtasiga: “Undan qalamni ko‘tar”, deb, o‘ng tomon farishtasiga:
“Bandamga sog‘liq vaqtidagi amalidan ham yaxshirog‘ini yoz”, deb buyuriladi.
849. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: “Isitma Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga qora ayolga
o‘xshab keldi. Undan: “Sen kimsan?” deb so‘radilar. “Maldamning onasiman”, dedi.
“Nima ish bilan shug‘ullanasan, ey Maldamni onasi?” deb so‘radilar so‘ng. “Go‘sht
yeyman, qon hidlayman, issiqligim jahannam issig‘idandir”, deb javob qildi. Payg‘ambar
(s.a.v) uning isitma ekanini bildilar.
So‘ng isitma aytdi: “Ey
Rasululloh, meni o‘zingiz yaxshi ko‘rgan ahlingizga yuboring”.
Nabiy (s.a.v.) uni ansorlarga yubordilar. Ularni yetti kun isitma oldi. Oh-vohlari