“Payg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi”,
dedi. Men: “Ha, Rabbim, senga iymon keltirdim”,
“va mo‘minlar (ham iymon keltirdilar)”. Yahudiy va nasorolar Muso bilan Isoni
(alayhissalom) ajratdi. “Allohga, farishtalariga, kitoblariga va
payg‘ambarlariga iymon keltirgan har bir kishi: “Uning payg‘ambaridan
birontasini ajratib qo‘ymaymiz”, dedim”.
Alloh taolo aytdi:
“Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi”, ya’ni, faqat
toqati yetsagina buyuradi”,
“(Har kimning) qilgan amali o‘zi uchundir”, ya’ni yaxshilikdan topgan savobi
o‘zigadir...”
“Va (yomon) amali ham o‘zining bo‘ynidadir”. Keyin aytdi: “So‘rang, beriladi”.
Men:
“Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat O‘zingga
qaytajakmiz”, dedim. Alloh taolo aytdi: “Sizni va ummatingizni va kim Meni bir degan
va sizga ishongan bo‘lsa, kechirdim”. Keyin yana aytdi: “Ey Muhammad (s.a.v.),
so‘rang, beriladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |