www.ziyouz.com kutubxonasi
310
YETMISH IKKINCHI BOB
MUHAMMAD (ALAYHISSALOM) UMMATLARINING FAZLI
805. Faqih Abu Lays Samarqandiy roviylar silsilasi ila Muqotil ibn Sulaymondan (r.a.)
rivoyat qiladilar: “Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Rabbim, men sahifalarda shafoat
qiluvchi va shafoat qilinuvchi bir ummat yozilganini ko‘rdim. Ularni mening ummatim
qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummati”, dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey
Alloh, sahifalarda bir ummatning gunohlariga besh vaqt namoz kafforat ekanini ko‘rdim.
Shu kishilarni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummatidir”, dedi.
Muso aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida xabar topdim. Ular
adashganlarni, hattoki, bir ko‘zli Dajjolni o‘ldiradi. Ularni mening ummatim qil”. Alloh:
“Ular Muhammad (s.a.v.) ummatidir”, dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh,
sahifalarda bir ummatni topdim. Ular suv va tuproq bilan poklanyapti. Ularni mening
ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummatidir”, dedi. Muso aytdilar: “Ey
Alloh, sahifalarda bir ummatni topdim. Ular sadaqalarni olishmoqda, vaholanki,
avvalgilar u sadaqani yondirishar edi. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular
Muhammadning ummatidir”, dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda
bir ummat haqida o‘qidim, agar ular bir yaxshilikni niyat qilishsa, garchi uni
bajarmasalar ham, ularga bitta yaxshilik yoziladi. Agar bajarsalar, o‘ntadan yetti
yuztagacha yoki undan-da ko‘paytirib yoziladi. Agar ulardan birontasi bir yomon ishni
xohlasa, lekin qilmasa, unga hech narsa yozilmaydi. Agar uni amalga oshirsa, bitta
yomonlik yoziladi. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammadning (s.a.v.)
ummatidir”, dedi.*
Mu’ammar ham Qatodadan shunga o‘xshash rivoyatni keltirgan. Faqat quyidagicha
ziyodasi bor: “Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida
xabar topdim. Ular ummatlarning yaxshisi ekan. Yaxshi amallarga buyurib,
yomonlaridan qaytaradilar. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad
(s.a.v.) ummatidir”. Muso aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim. Ular
dunyoda oxirgilar, qiyomatda oldingilar ekan. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular
Muhammadning (s.a.v.) ummati”, dedi. Musa (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh,
sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim. Ularning kitoblari qalblarida, qarab turib
o‘qiyveradilar. Ularni mening ummatim qil”. Alloh taolo: “Ular Muhammadning (s.a.v.)
ummati”, dedi. Hatto keyin Muso (alayhissalom) ham Muhammadning (s.a.v.)
ummatidan bo‘lishni orzu qilib qoldilar. Shunda Alloh u kishiga vahiy yubordi:
____________
* Bu rivoyat mavzu’-to‘qilgandir. Chunki Muqotil ibn ibn Sulaymonni muhaddislar yolg‘onchi deyishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |