www.ziyouz.com kutubxonasi
300
kechani uxlamay o‘tkazib, mag‘rurlanib tong ottirishimdan yaxshiroqdir”.
Oyishadan (r.a.) bir kishi: “Muhsin bo‘lganimni qachon bilaman?” deb so‘radi. Qachon
gunohkorligingni bilsang”, deb javob qildilar. Kishi: “Qachon gunohkorligimni bilaman?
deb savol qildi. Oyisha onamiz aytdilar: “Qachonki, o‘zingni muhsin bilsang”.
Zikr qilinadiki, Bani isroillik bir yigit dunyodan yuz o‘girdi, odamlardan uzoqlashdi, chet
joylarda ibodat qila boshladi. Bu yo‘ldan qaytarish uchun qavmining ikki ulug‘i uning
uyiga kelishdi. Keyin: “Ey yigit, sabring yetmaydigan qattiq ishni ushlading”, deyishdi.
Yigit: “Odamlarning Alloh huzurida turishi mening bu turishimdan qattiqroqdir”, deb
javob qildi. So‘ng: “Qarindoshlaring bor, ibodatingni ularning orasida qilganing afzal”,
deyishdi. Yigit aytdi: “Agar mendan Alloh rozi bo‘lsa, boshqa hamma do‘st-qarindoshlar
rozi bo‘lishadi”. Ikki shayx: “Sen hali yoshsan, ko‘p narsani bilmaysan, bizlar bu ishda
tajriba orttirganmiz va sening bu yo‘lda mag‘rurlanib ketishingdan qo‘rqamiz”, deyishgan
edi, yigit: “Kim o‘zini bilsa, mag‘rurlanish unga zarar qilmaydi”, deb javob berdi.
Shayxlar shunda bir¬-biriga qarab: “Turdik, ketamiz. Bu yigit jannatning hidini topibdi.
Endi bizning so‘zimizni qabul qilmaydi”, deyishdi.
Xabarda zikr qilinishicha, Dovud (alayhissalom) dengiz bo‘yiga chiqib, Parvardigorga
to‘la bir yil ibodat qildilar. Bir yil o‘tganidan so‘ng: “Ey Rabbim, qaddim bukildi, ko‘zlarim
zaiflashdi, diydamda yosh qolmadi. Mening bu ibodatim nima bo‘lishini bilmayman”,
dedilar. Alloh taolo qurbaqaga: “Bandam Dovudga javob bergin”, deb vahiy qildi.
Qurbaqa aytdi: “Ey Allohning payg‘ambari, siz bir yil Allohga ibodat qilganingizni minnat
qilyapsizmi? Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, men o‘ttiz-oltmish
yildan beri qamishlar orasida yashab, Unga tasbeh, hamd aytaman. Muskullarim
Allohdan qo‘rqqanimdan qaltiraydi”. Dovud (alayhissalom) bu gaplarni eshitib yig‘ladilar.
Zikr qilinishicha, ushbu holat Muso (alayhissalom) bir qibtiyni o‘ldirib qo‘yganlarida ham
yuz bergan ekan.
Faqih aytadilar: “Kim g‘ururini sindirmoqchi bo‘lsa, to‘rtta narsa qilishim kerak bo‘ladi:
1. Tavfiqni (muvaffaqiyatni) Alloh taolodan bilish. Shunda shukr qiladi, nafsiga
mag‘rurlanmaydi.
2. Alloh taolo bergan ne’matlarga ibrat ko‘zi bilan qarash. Bunda ham shukr bilan
mashg‘ul bo‘ladi, amalini kam sanaydi va qilgan ishiga mag‘rurlanmaydi.
3. Amalining qabul bo‘lmay qolishidan qo‘rqish. Shunda xavfi kuchayadi, nafsiga
mag‘rurlanmaydi.
4. Oldingi qilgan gunohlariga qarash. Agar gunohlarining yaxshiliklaridan og‘ir kelishidan
qo‘rqsa, nafsiga bo‘lgan g‘ururi sinadi. Inson qiyomat kuni nomai a’molidan nimalar
chiqishini bilmay turib, qanday g‘ururlanadi?! Albatta, g‘ururlanish va xursandchilik amal
kitobini o‘qigandan keyin aniq bo‘ladi”.
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Alloh taoloning:
Do'stlaringiz bilan baham: |