Mag‘rurlanish bobi hadislari
760-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan.
OLTMISH TO’QQIZINCHI BOB
HAJNING FAZILATI
761. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar: "Bizlar Payg‘ambar (s.a.v.)
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
302
bilan birga edik. Yamandan bir toifa kelib: "Ota-onamiz sizga fido bo‘lsin, bizga hajning
fazilatlarini aytib bering", deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Kim yurtidan haj yoki
umra qilish uchun chiqsa, har bir qadamini ko‘tarib bosganida, badanidan gunohlari
daraxg yaproqlari to‘kilgandek to‘kildi. Agar Madinaga kirib, men bilan salomlashsa,
maloikalar unga salom berishadi. Agar Zul Hulayfaga tushsa va yuvinsa, Alloh taolo uni
gunohlardan poklaydi. Qachon ikki yangi kiyim kiysa, Alloh taolo unga yaxshiliklarni
yangilaydi. "Lab-baykallohumma, labbayk", desa, Alloh taolo: "Bi-labbayka va sa’dayka.
So‘zingni eshityapman. Seni ko‘rib turibman", deydi. Agar Makkaga kirib tavof qilsa,
Safo va Marva orasida sa’y qilsa, Alloh unga yaxshiliklarni yog‘diradi. Agar hojilar
Arafotda to‘xgasalar, hojatlarini so‘rab, ovozlari ko‘tarilsa, Alloh taolo yetga osmon
farishtalariga faxrlanib aygadi: ' Farishtalarim va osmonda turuvchilar, Mening
bandalarimni ko‘rmaysizlarmi? Ular Menga turli yo‘l va daralardan o‘tib, chang-
g‘uborlarni bosib, mollarini sarflab, tanalarini charchatib kelshtsdi. Izzatim va
ulug‘llgimga qasamki, ularning yaxshilari sababli yomonlariga ham yaxshilik beraman va
ularni onasidan yangi tug‘ilganidek, gunohlaridan poklayman". Agar tosh otsalar,
sochlarini oldirsalar, Baytullohni ziyorat qilsalar, nido qiluvchi arshdan nido
"Gunoharingiz kechirilgan holda qaytib, amallaringnzni yangidan boshlanglar".
762. Ali ibn Abu Tolib (karramallohu vajhahu) aytadilar: "Allohning uyini Paygambar
(s.a.v.) bilan birga tavof qilayottan edim. Shunda u zotdan: "Ota-onam sizga fido
bo‘lsin, bu uy qanaka uy?" deb so‘radim. Nabiy (s.a.v.): "Ey Ali, Alloh taolo bu dunyo
hovlisida ummatimning gunohlariga kafforat bo‘lish uchun bino qildi", dedilar. "Ota-
onam fido bo‘lsin, Hajarul asvad nima?" deb so‘radim keyin. "Bu tosh jannatda javhar
edi. Alloh taolo uni yer yuziga quyosh shu’lasi kabi shu’lali holda tushirdi. Mushriklar
qo‘llari bilan ushlagani uchun u qorayib, rangi o‘zgarib ketdi", dedilar Rasululloh
(s.a.v.)".
763. Abbos ibn Mardos rivoyat qiladilar: "Nabiy(s.a.v.) arafa kuni oqshomida ummatga
rahmat va mag‘firat so‘rab, Alloh taologa uzoq vaqg duo qildilar. Alloh taolodan: "Men
shunday qiltanman (yabnii, rahmat va mag‘firat etganman), ammo ular bir-birlariga
zulm qiladilar", degan javob keldi. Payg’ambar (s.a.v.) aytdilar: "Ey Rabbim, sen
mazlumga zulm ko‘rgani uchun savob berishta, shuningdek, zolimni ham kechirishga
qodir zotsan". O’sha kecha Allohstaolo javob bermadi.
Ergasi kuni Nabiy (s.a.v.) Muzdalifada shu duni yana takrorladilar. Keyin Alloh: "Men
ularni kechyardim", deb javob qildi. So‘ngra Payg‘ambar (s.a.v.) tabassum qildilar.
Sahrbalarning ba’zilari: "Yo Rasulalloh, oldinlari hech tabassum qilmagan soatda
tabassum qildingiz?" deb savol so‘rashdi. Rasululloh: “Allohning dushmani shaytonga
kuldim. U mening ummatim uchun qilgan duoim mustajob bo‘lg‘anini bilib, o‘zini yerga
otdi, nafsimga vayl va halokat bo‘lsin, deb boshiga tuproq sochdi", dedilar.
764. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdal (s.a v) rivoyag qiladilar. U kishi (s.a.v.)
aytdilar: "Kim Alloh uyini hij qilsa, haj davomida yomon gaplarni gapirmasa, fosiqdik
qilmasa, (uyiga) onasidan yangi tug‘ilgandek (pok holda) qaytadi"
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Kim bu uyga Allohni xohlab kelsa va tavof qilsa,
onasidan yangi tug‘ilgandek pok bo‘ladi".
765. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Shaytonni arafa kunidagidek zaifroq, haqirroq,
g‘azablanganroq xolda hech qachon ko‘rmagan. Buning sababi faqatgina Allohning
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |