Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
294
736-hadis. Muttafaqun alayh.
737-hadis. Botil. Daylamiy “Al-firdavs”dan keltirgan.
738-hadis. Muttafaqun alayh.
739-hadis. Muttafaqun alayh.
OLTMISH OLTINCHI BOB
HAYO
740. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: “Abu Ayyub Ansoriy (r.a.) Payg‘ambardan
(s.a.v.) rivoyat qiladilar: “To‘rtta narsa payg‘ambarlarning sunnatlaridan: atr surtish,
nikoh, misvok va hayo”.
741. Uqba ibn Amr (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Avvalgi
payg‘ambarlarning so‘zlaridan odamlarga yetib kelgani shuki, uyalmasang,
xohlaganingni qilaver”, dedilar.
742. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.): “Alloh taolodan haqiqiy
hayo bilan hayo qilinglar”, dedilar. “Bizlar Alloh taolodan uyalamiz, alhamdulillah”,
deyishdi. “Bu
hayodan emas, – dedilar Nabiy (s.a.v.), – lekin kim Alloh taolodan chindan
ham hayo qilsa, boshni va uni o‘rab olgan narsalarni saqlasin, qorinni va uni o‘rab olgan
narsalarni saqlasin, o‘limni va fano bo‘lishni zikr qilsin. Kim oxiratni xohlasa,
dunyo
ziynatini tashlaydi. Kim bularni bajarsa, Allohdan haqiqiy hayo qilgan bo‘ladi”.
743. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Hayo qilish iymondandir. Iymon jannatdadir.
Behayolik jafodandir. Jafo do‘zaxdadir”.
Salmon Forsiy (r.a.) aytadilar: “O‘lmog‘im, keyin tirilmog‘im, so‘ng o‘lib, yana
tirilmog‘im birovning avratiga qarashimdan va birovning mening avratimga qarashidan
uch karra sevimliroqdir”.
Ali (karramallohu vajhah) aytadilar: “(Avratga) qaragan kishiga ham, (avratini)
ko‘rsatgan kishiga ham Allohning la’nati bo‘lsin”.
744. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Hech kimning hammomga ishtonsiz kirmog‘i halol
emas”.
Hasan Basriydan (Alloh rahmat qilsin) rivoyat qilinadi: “Hammomga ikki izor bilan
kiriladi. Birinchi izor avrat uchun, ikkinchisi ko‘z uchun, ya’ni, ko‘zini odamlarning
avratidan to‘sish uchun”.
Iso ibn Maryam (alayhis salom) aytgan ekanlar: “Qarashdan saqlaninglar.
Chunki u
qalbda shahvatd urug‘ini ekadi va u qalb egasini fitnaga solish uchun yetib ortadi”.
Hakim bir zotdan fosiq kishi haqida so‘rashdi. “Ko‘zini odamlarning eshiklaridan va
avratlaridan yummaydigan odam”, deb javob qildilar.
745. Ato (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) cho‘milayotgan kishining oldidan o‘tdilar.
Shunda: “Ey odamlar, Alloh taolo hayo qiluvchi, halim, pardali zotdir. U hayo va pardani
yaxshi ko‘radi. Agar birontalaringiz yuvinishni xohlasangizlar, odamlarning ko‘zidan
panada bo‘lsin”, dedilar”.
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
295
746. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) qazoi hojatda ko‘ylaklarini
ko‘tarmas edilar, hatto yerga tegay deb turardi”.
Faqih aytadilar: “Hayo ikki xil bo‘ladi: siz bilan odamlar orasidagi hayo,
Alloh bilan
sizning orangizdagi hayo. Odamlar bilan sizning orangizdagi hayo qarash halol
bo‘lmagan narsalardan ko‘zingizni to‘sishingizdir. Siz bilan Alloh o‘rtasidagi hayo
Allohning ne’matlarini bilmog‘ingiz, so‘ngra Unga gunoh qilishdan uyalmog‘ingizdir”.
747. Umar (r.a.) Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga kirganlarida, u kishini yig‘lab turgan
holatda ko‘rdilar. Shunda: “Ey Rasululloh, nima uchun yig‘layapsiz?” deb so‘radilar.
Nabiy (s.a.v.): “Jabroil (alayhissalom) menga Alloh taolo Islomda sochi oqargan kishini
azoblashdan uyalishi xabarini berdi. Endi Islomdan sochi oqargan kishi gunoh ishlarni
qilishga Allohdan uyalmaydimi?!” deb javob berdilar.
748. Bahz ibn Hakim bobosidan rivoyat qiladi. “Ey
Allohning elchisi, avratlarimizni
kimlarga ko‘rsatib, kimlardan bekitaylik?” deb so‘radim. “Avratingni xotining va
cho‘ringdan boshqa hammadan saqla”, dedilar. Keyin: “Ey Rasululloh, agar yakka
holatda bo‘lsak-chi?” degan edim, “Alloh hayo qilinishga haqliroq zotdir”, deb aytdilar”.
Salaflardan biri o‘g‘liga shunday nasihat qilgan ekan: “Agar nafsing katta gunohga
chaqirsa, ko‘zingni osmonga qarat va seni ko‘rib turgan Zotdan uyal.
Agar buni
qilolmasang, yerga qarat va uning ustida yurgan kimsalardan uyal. Oliy Zotdan
qo‘rqmasang, yerdagi odamlardan uyalmasang, o‘zingni hayvonlar qatorida
hisoblayver”.
Fuzayl ibn Iyoz aytadilar: “Eshigingni yopasan, pardalaringni tushirasan, odamlardan
uyalasan, ammo qalbingdagi Qur’ondan, har bir maxfiy narsani biluvchi ulug‘ Zotdan
hayo qilmaysan”.
Mansur ibn Ammor aytadilar: “Kim o‘zining
aybini bilsa, boshqa kishining aybi bilan ishi
bo‘lmay qoladi. Kim taqvo libosidan yalang‘och bo‘lsa, unga hech kim parda tutolmaydi.
Kim Allohning bergan rizqiga rozi bo‘lsa, boshqalarning qo‘lidagi narsaga xafa
bo‘lmaydi. Kim zulm qilichini sug‘ursa, shu qilichi bilan qo‘li kesiladi. Kim birodariga
choh qazisa, unga o‘zi tushadi. Kim birovning parda¬xijobini oyoqosti qilsa, o‘zining
avrati ochiladi. Kim o‘z xatosini unutsa, boshqaning xatosini katta biladi. Kim katta
ishlarga kirishsa va o‘ziga xatarli yo‘l topsa, halok bo‘ladi.
Kim aqli bilan cheklansa,
adashadi. Kim odamlarga kibr qilsa, xor bo‘ladi. Kim amalga berilsa, qiyinchilikka duchor
bo‘ladi. Kim odamlar ustidan faxrlansa, sinadi. Kim ahmoqlik qilsa, haqoratlanadi. Kim
razillar bilan suhbatdosh bo‘lsa, tubanlashadi. Kim ulamolar bilan o‘tirsa, viqorli bo‘ladi.
Kim yomonlik ko‘chasiga kirsa, tuhmatga yo‘liqadi. Kim dinda dangasalik qilsa, o‘tirib
qoladi. Kim odamlarning mollarini o‘lja olsa, faqirga aylanadi. Kim ofiyatga intizor bo‘lsa,
sabr qiladi. Kim qadamini to‘g‘ri
bosishdan adashsa, pushaymon bo‘ladi. Kim Allohdan
qo‘rqsa, muvaffaqiyatga erishadi. Kimningki, ishlarida tajribasi bo‘lmasa, aldanadi. Kim
jannatni bilsa, orzu-istaklari kamayadi. Kim ilmsizlik yo‘liga ko‘niksa, adolat yo‘lini tark
qiladi”.
________________
Do'stlaringiz bilan baham: