www.ziyouz.com kutubxonasi
292
737. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Agar sizlar egilib qolguningizgacha namoz o‘qib,
torga o‘xshab qolguningizgacha ro‘za tutsalaringiz ham, faqat taqvo bilangina ular sizga
foyda beradi”.
Faqih aytadilar: “Taqvoning alomati o‘nta narsada bilinadi:
1. Tilni g‘iybatdan saqlash. Alloh taolo aytadi:
“Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g‘iybat qilmasin” (Hujurot, 12-oyat).
2. Yomon gumondan saqlanish. Alloh taolo aytadi:
“Ko‘p gumonlardan chetlaninglar, chunki ayrim gumon(lar) gunohdir!” (Hujurot,
12-oyat).
738. Payg‘ambarning (s.a.v.) ham bu xususda so‘zlari bor: “Gumondan saqlaninglar.
Chunki u so‘zlarning eng yolg‘onidir”.
3. Masxara qilishdan saqlaninglar. Alloh taolo deydi:
“Ey mo‘minlar, (sizlardan bo‘lgan) bir qavm (boshqa) bir (mo‘min) qavmni
masxara qilib kulmasin, ehtimol, (masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq
bo‘lsalar” (Hujurot, 11-oyat).
4. Harom narsalardan ko‘zni tiyish. Alloh taolo aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |