www.ziyouz.com kutubxonasi
289
men bilan urishib, meni o‘ldirsa, shahid bo‘laman, agar uni o‘ldirsam, savobga yetgan
bo‘laman. Shayton esa, meni men uni ko‘rmagan joyda ko‘radi. So‘ngra o‘zi bilan birga
do‘zaxda bo‘lishimni xohlaydi. Uning dushmanligi bilan bo‘lib, boshqaning dushmanligini
unutdim”.
Shaqiq aytdilar: “Siz o‘ylagan narsa qanday yaxshi! Beshinchi kalima nima?” Hotam
dedilar: “Har bir insonda uy borligini ko‘rdim. Albatta, uy uchun ta’mir lozim. Men esa,
qabrni manzil bildim va uning ta’miri bilan mashg‘ul bo‘ldim”.
Shaqiq dedilar: “Siz o‘ylagan narsa qanday yaxshi. Endi oltinchi kalimani ayting”. Hotam
aytdilar: “Har bir narsaning xaridori borligini ko‘rib, xaridorimni o‘lim farishtasi deb
bildim. Ammo uning qachon kelishini bilmayman. Unga to‘y kechasi kuyov uyiga olib
ketadigan kelinchakdek tayyorlandim. Qachon kelsa, undan kechiktirishni talab
qilmayman”. Shunda
Shaqiq aytdilar:“Siz o‘ylagan narsa qanday yaxshi! Agar amal qilsak, siz ham, men ham,
albatta, najot topamiz”.
732. Abdurahmon ibn Abu Laylo aytadilar: “Bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga
kelib: “Ey Allohning elchisi, tuyamni qo‘yib yuborib tavakkul qilayinmi yoki bog‘lab
qo‘yibmi?” deb so‘radi. Nabiy (s.a.v.): “Uni bog‘lab, keyin Allohga tavakkul qil”, dedilar”.
Hakimlardan biri aytadi: “Alloh do‘stlarining xislati uchtadir: Allohga ishonch, har
narsada Allohga muhtojlik qilish va har narsada Allohga murojaat etish”.
Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: “Odamlarga odamlarning yoqimli odamlardan behojat
bo‘lgani va ulardan hech narsa so‘ramaydiganidir. Odamlarga odamlarning
yoqmaydigani ularga muhtoj bo‘lganidir. Alloh uchun odamlarning suyumlirog‘i Allohga
muhtoj bo‘lgani va undan so‘ragani, Allohga odamlarning yomonrog‘i Undan behojat
bo‘lgani va hech narsa so‘ramaganidir”.
Zikr qilinishicha, Luqmoni Hakim o‘lim mahalida o‘g‘illariga aytganlar: “Shu paytgacha
senga ko‘p nasihat qildim. Endi men senga oldingilaru oxirgilar ilmini jamlagan oltita
narsani vasiyat qilaman:
1) dunyoning keragidan ortig‘i bilan shug‘ullanib qolma;
2) Alloh taologa hojating boricha ibodat qil;
3) oxirat uchun, unda qanday maqomni ko‘zlayotgan bo‘lsang, shu miqdorda amal qil;
4) shug‘ullanishing do‘zaxning har bir jonga tegishi aniq bo‘lgan oloviga chidaming
miqdorida bo‘lsin;
5) Allohga gunoh qilishing Uning azoblariga sabr qilishing miqdoricha bo‘lsin;
6) agar Allohga gunoh qilsang, Alloh va farishtalar ko‘rmaydigan joyda qil”. (Unday
joyning esa, o‘zi yo‘q. – Muharrir.)
Bir hakimdan: “Yaqiyn (aniq ishonch) bilan tavakkulning orasida qanday farq bor?” deb
so‘rashdi. “Yaqiyn oxirat ishlarida, tavakkul dunyo ishlarida Allohni tasdiq etmog‘ingdir”,
deb javob qildi u.
Aytishlaricha, tavakkul ikki xildir: rizqdagi tavakkul, ya’ni rizqning kelishidan xotirjam
bo‘lish; amalning savobidan tavakkul, ya’ni, Allohning savob berish to‘g‘risidagi
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |