www.ziyouz.com kutubxonasi
265
yetadi, oxirat va dunyoda baland darajalarga erishadi. Unda fikr qilish ro‘zadorlikka,
muzokara qiyomga tengdir, u bilan qarindoshchilik bog‘lanadi, u bilan harom va halol
bilinadi, u imomdir, amal unga ergashadi, u saodatmandlarga ilhom beradi, baxtsizlarni
mahrum qiladi".
Hasan Basriy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Ilm olishni Alloh yo‘lida jihod qilishdan
afzal deb bilaman. Ha, ilm Alloh yo‘lida jihod qilishdan afzaldir. Kim uyidan ilmning
talabida chiqsa, uni maloikalar qanotlari bilan o‘rab oladilar, unga osmondagi qushlar,
quruqlikdagi hayvonlar, dengizdagi baliqlar salovot aytadilar. Alloh taolo unga yetmish
ikkita siddiqning ajrini beradi. Odamlar, ilmni egallanglar va ilm olish uchun sokin,
muloyim, viqorli bo‘linglar, ta’lim olayotgan va ta’lim berayotganlarga tavozu’li
bo‘linglar. Olimlik bilan faxrlanmanglar, ahmoqlar bilan tortishmanglar va ilm bilan
amirlarga aralashib ketmanglar. U bilan Allohning bandalaridan o‘zingizni baland
tutmanglar, agar unday qilsangiz, Allohning g‘azabida qolgan, jahannamga yuztuban
tashlanadigan zulmkor ulamolardan bo‘lib qolasizlar. Ilmning Allohga ibodatda xalal
bermaydiganini talab qilinglar, shuningdek, Allohga ibodat etinglar, ilmlaringizga zarar
bermaydigan bo‘lsin. Ilm foyda bermaydi, magar yuqoridagi gaplarga amal qilinsagina
foyda beradi. Ilmni tashlab, faqat ibodatga yuz tutgan qavmdek bo‘lmanglar. Ularning
terilari badanlariga yopishib ketsa ham, odamlarning oldiga qilichlari bilan chiqadilar.
Agar ular ilmni talab qilsalar edi, ilmlari qilgan ishlaridan to‘sgan bo‘lardi. Ilmsiz amal
qiluvchi yo‘ldan adashgan kishiga o‘xshaydi. U g‘ayratni kuchaytirmaydi, balki
qiyinchilikni ziyoda qiladi, islohidan fasodi ko‘p bo‘ladi". U kishidan: "Ey Abu Said, bu
gaplarni kim aytgan?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Badr urushida qatnashgan yetmishta
kishi bilan uchrashdim, ilm talabida qirq yil safar qildim".
Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Ey odamlar, sizlarning olimlaringiz ketayotganini va
johillaringiz ta’lim olmayotganini ko‘ryapman! Bas, ilm ko‘tarilib ketmasidan oldin ta’lim
olib qolinglar, chunki ilmning ko‘tarilishi olimlarning ketishi bilandir".
674. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat
qiladilar. U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo bandalaridan ilmni tortib
olish bilan ko‘tarmaydi, balki ilmni olimlarni olish bilan ko‘taradi, hattoki bironta olim
qolmaydi. Shunda odamlar johil boshliqlarni ushlaydilar, ulardan so‘raydilar, ular javob
beradilar, o‘zlari ham adashadilar, odamlarni ham adashtiradilar".
Ibn Muborakdan (r.a.): "Agar sizga Allohdan, bugun peshingacha o‘lasan, degan xabar
kelsa, o‘sha kuni nima amal qilar edingiz?" deb so‘rashdi. U zot: "Ilm talab qilardim",
deb javob berdilar.
Ibrohim Naxa’iy (r.a.): "Faqih kishi hamisha namozda bo‘ladi", dedilar. "Qanday qilib?"
deyishdi. Aytdilar: "Chunki siz u bilan uchrashgan paytingizda tilida Allohning zikri
bo‘ladi, halolni halol, haromni harom deydi".
Aytiladiki, olimlar zamonning chirog‘i. Har bir olim zamonasining chirog‘idir va u bilan
davrining ahli ziyo oldi".
Solim ibn Abu Ja’ddan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilarki: "Xo‘jayinim meni uch yuz
dirhamga sotib oldi, keyin ozod qildi, shunda o‘zimga o‘zim, qaysi kasbni qilsam ekan,
dedim, so‘ng ilmni ixtiyor etdim, ko‘p o‘tmay xalifa mening ziyoratimga keldi, men unga
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |