"Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlargina qo‘rqur" (Fotir, 28),
"Darhaqiqat, inson o‘zini boy-behojat ko‘rgach, albatta tug‘yonga tushar – haddidan oshar" (Alaq, 6–7).
Muhammad ibn Sirin hikoya qiladilar: "Basradagi masjidga kirdim. Asvad ibn Sari’
odamlarga qissa aytardilar. U kishining oldida odamlar yig‘ilgan edi. Ularning orqasida
fiqh sohiblari boshqa halqa qilib o‘tirishardi va fiqhdan muzokara qilishardi. Ikki rak’at
namoz o‘qib, forig‘ bo‘lganimdan keyin ichimda, Asvadga borsam, ularga yetgan ijobat,
rahmat ular bilan menga ham yetadi, dedim. So‘ng, faqihlarning halqasiga borsam,
shoyad ularning so‘zini eshitib, amal qilsam, deb o‘yladim. Shu holda ikkilanib, o‘tib
ketdim. Hech qaysilarining oldiga o‘tirmadim. O‘sha kecha tush ko‘rdim. Tushimda bir
kishi kelib aytdi: "Fiqh darsi bo‘layotgan halqada o‘tirganingda, Jabroilni topar eding. U
zot ular bilan birga o‘tirgan edi", dedi".
669. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
"Kim do‘zaxdan ozod qilinganlarga qarashni yaxshi ko‘rsa, ilm oluvchilarga qarasin.